🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Sizga ko'p narsa taklif qilmayman, hozir o'zbek bozorida 2–3ta | Wordpress Developers

Sizga ko'p narsa taklif qilmayman, hozir o'zbek bozorida 2–3ta rivojlanayotgan frameworklarni sanab o'taman.

Bular — Django, Laravel, va Node.js, Expresslardir.

Avval nimadan boshlay desangiz, Djangoni o'rganing va keyin Node / Express-ni o'rganishingizni maslahat bergan bo'lardim.

Nega aynan Django desangiz, yana o'sha mashhur ibora. Hayot oson, uni qiyinlashtirib nima qilasiz. O'zingizni osonroq bo'lgan texnologiyalar bilan sinab ko'ring. Eplay olyabsizmi, qolganlarini ham o'rgana olasiz.

Demak Djangodan keyin Node.js, Expressni maslahat berdim. Tariflarga, imkoniyatlarga ko'p to'xtalmadim. Shu joygacha kelgan bo'lsangiz, tepadagi barcha texnologiyalarni o'rgangan bo'lsangiz. Siz o'zingiz mustaqil ravishda savollaringizga javob topishingizga meni ko'zim yetib turibti )).

Backendga sayohat qildik. Ozmi ko'pni, mohiyatan tushungan bo'lsak. Endi navbat Frontend Frameworklariga.

7 — Frontend Frameworklari

Agar siz HTML / CSS / JS va biror bir backend texnologiyalarni bilsangiz siz veb saytlarni yaratish qobiliyatiga ega junior veb dasturchi bo'lishingizga oz qolibti. Oldinda ozroq bosib o'tadigan yo'l qoldi. Junior Full-Stack dasturchisi frontend frameworklaridan birini o'rganishi kerak bo'ladi.

Uzoq vaqt davomida Frameworklar olamida juda ko'p raqobat bo'lgan, ammo siz ushbu maqolani o'qiyotgan ekansiz, React JavaScript kutubxonasini o'rganing.

React — Foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun JavaScript kutubxonasi. React dokumentatsiyasi allaqachon o'zbek dasturchilar tomonidan, o'zbek tiliga tarjima qilindi https://uz.reactjs.org/.

Sizga Node va React / Redux texnologiyalardan foydalanib veb-saytlarini yaratishingizni maslahat beraman, chunki bu texnologiyalar sizga oson usullar bilan REST API-larini qanday yaratishni va ulardan foydalanishni tushunishga yordam beradi va barcha texnologiyalarni kuchli va foydali bir dasturda birlashtiradi.

8 — DevOps bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish (Dev) va axborot texnologiyalari operatsiyalarini (Ops) birlashtirgan amaliyotlar to'plami bo'lib, ular tizimlarni ishlab chiqish muddatini qisqartiradi va dasturiy ta'minotning yuqori sifati bilan uzluksiz yetkazib berishni maqsad qiladi.

Shunaqa gaplar )) Oxiriga yetib qoldik.

Junior dasturchi albatta DevOpsni bilishi kerak.

Hozircha, siz shunchaki veb saytlarni yaratish va joylashtirish orqali ko'p narsalarni bilib olgan bo'lishingiz mumkin. Ehtimol siz veb saytlaringizni joylashtirish uchun github va ba'zi CI vositalaridan va ularga xizmat qilish uchun Nginx-dan foydalandingiz.

Endi siz o'rganishingiz kerak bo'lgan eng katta narsa bu Docker. Docker — bu veb ilovalarni joylashtirish uchun sanoat standarti bo'lib, u butun jarayonni tez, oson va qulay boshqara olish imkoniyatlarini beradi.

Nihoya

Ushbu maqola siz uchun foydali bo'ldi deb umid qilaman. Shubhasiz, ushbu chuqur, murakkab va tez rivojlanayotgan ushbu sohaga oid hamma narsani bitta maqolada yoritib bo'lmaydi. Ammo ishonamanki, yuqoridagi mavzular va manbalar sizga oldinga boradigan yo'lni aniq tasavvur qilish va foydali yo'l xaritasini tuzib olishda yordam beradi.

Manba: Muhammadxalil