Get Mystery Box with random crypto!

UGRAD dasturi haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar | Yuldoshev's Blog

UGRAD dasturi haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Umumiy

1. UGRAD o'zi nima?
UGRAD - bu bakalavr talabalari uchun AQShda bir semestr to'la moliyalashtirilgan holda o'qish imkonini beruvchi, AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi grant dasturi. O'zbekistonda bu dastur uchun Amerika Elchixonasi javobgar
Batafsil: https://grantgo.uz/go/22889

2. Qaysi yo'nalishlarda o'qish mumkin?
Amerikada o'qitiladigan barcha yo'nalishlarda. Faqatgina tibbiyot yo'nalishiga qiziquvchilar to'g'ridan to'g'ri bemorlar bilan ishlovchi yo'nalishlarda o'qiy olmaydi. Ular o'z yo'nalishiga yaqin boshqa yo'nalish tanlashi kerak.

3. Universitetni o'zimiz tanlaymizmi?
Yo'q. Dasturga hujjat topshirish jarayonida faqat qaysi yo'nalishda o'qimoqchi ekaningizni yozasiz. G'oliblarni mas'ul shaxslar o'zlari mos universitetlarga joylashtiradi. Bunda, asosan, davlat (public) universitetlar tanlanadi (Garvard, Stenford, MIT, Yale - private universitetlar)

4. O'zimiz o'qiyotgan yo'nalishni o'qishimiz kerakmi?
Aynan o'zingiz o'qiyotgan yo'nalishni o'qish shart emas. Shunga yaqin yoki o'z tajriba va rejalaringizga mos yo'nalish tanlashingiz ham mumkin. Lekin har qanday holatda ham motivatsion xatlarda qaroringizni izohlab bera olishingiz kerak

5. Qaytib kelgandan keyin o'qishimni davom ettira olamanmi?
Agar o'z yo'nalishingizga yaqin yo'nalishda o'qisangiz va universitet rahbariyati bilan kelisha olsangiz, qaytib kelgandan keyin fanlar farqini yopib o'qishni davom ettirib ketaverasiz. Iloji bo'lmagan taqdirda akademik ta'til olishga arziydi. Lekin bu haqida g'olib bo'lgandan keyin o'ylash kerak.

Maqbullik shartlari

1. Topshirish uchun IELTS kerakmi?
Yo'q. Yo'q. Yo'q. Agar dasturda g'olib bo'lsangiz TOEFL imtihoni topshirasiz va xarajatlari elchixona tomonidan qoplanadi. Ertaroq topshirib yurmang!

2. Yosh chegarasi qanday?
O'qish boshlanish payti nomzod 18 ga kirgan bo'lishi kerak. Ya'ni 2022-yil Sentabr oylarigacha

3. Qaysi kurslar topshira oladi?
Bitiruvchi kurs bo'lmasligingiz kerak. Chunki qaytib kelgandan keyin kamida bir semestr o'qishingizda o'qishingiz shart. Dastur esa 2022-yil sentabrda boshlanadi.

4. Birinchi kurslar ham topshirsa bo'ladimi?
Ha

5. Sirtqi bo'limda o'qiyman. Topshira olamanmi?
Yo'q. Talablarga ko'ra nomzod O'zbekistonda tan olingan universitetlarning birida to'liq stavka (full-time) o'qiyotgan bo'lishi kerak. Elchixona elektron pochtasiga xabar yuborish orqali aniqlashtirishingiz mumkin: Tashkent-Program@state.gov

Hujjat topshirish va g'oliblik talablari

1. Ro'yxatdan o'tdim. Endi qachon olib ketishadi?
Agar faqat ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz hech qachon. Chunki ro'yxatdan o'tish va hujjat topshirish alohida alohida jarayon. Hujjat topshirsangiz ham juda kuchli tanlov bo'ladi.

2. O'zbekistondan nechta odam tanlab olinadi va nechta odam topshiradi?
O'tgan yili dasturga rekord miqdorda 600 tadan ko'p odam hujjat topshirgan va 11 ta odam g'olib bo'lgan. Lekin o'tgan yili ingliz tilini o'qitish uchun alohida kvota ajratilgan edi. Odatda yiliga 5-6 ta odam dasturda g'olib bo'ladi.

3. Qanday imtihonlar bo'ladi?
Imtihon bo'lmaydi. Topshirilgan hujjatlarga ko'ra nomzodlar saralab olinadi. 2-bosqichda esa intervyu bo'ladi.

4. G'olib bo'lishim uchun nima qilishim kerak?
Bu juda ko'p kriteriyalarga bog'liq. Eng birinchi navbatda ijtimoiy faol va yetakchilik qobiliyatlaringiz bo'lishi, jamiyatdagi muammolarga befarq bo'lmagan hamda kelajak uchun aniq va katta rejalaringiz bo'lishi kerak. Eng muhimi ularga erishish yo'lida allaqachon harakat qilayotganingizni ko'rsatib bera olishingiz kerak (motivatsion xatlarda). Bundan tashqari universitetdagi baholaringiz yaxshi bo'lishi kerak (a'lo shart emas). Va albatta ingliz tilini yaxshi bilishingiz kerak. Qisqa aytganda o'z tengdoshlaringizdan ajralib turishingiz kerak

5. Qanday hujjatlar talab qilinadi?
Bu haqida batafsil yuqoridagi linkdagi "Hujjat topshirish" bo'limidan tanishishingiz mumkin.

Hujjatlar bo'yicha savollar haqida alohida postda to'xtalib o'tamiz.

Manba: Musayev blogi

#UGRAD #musayev_blogi

Telegram | Facebook | Instagram