Get Mystery Box with random crypto!

Global UGRAD dasturiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus! | Yuldoshev's Blog

Global UGRAD dasturiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

Jamoamiz Global UGRAD 2021-2022 dasturining 2 nafar gʻolibi bilan ovozli suhbat oʻtkazadi.

Suhbatda UGRAD imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni, grantni yutish uchun muhim omillar va boshqalar haqida gaplashamiz. Va savollaringizni bevosita gʻoliblardan soʻrishingiz mumkin boʻladi.

Suhbatda qatnashadi:

– Oydinoy Khusanova
– Global UGRAD 2021-2022 dasturi gʻolibasi. 2022-yil bahorgi semestrni AQSHdagi Tennessee Tech University oliygohida oʻqiydi.

– Gʻulomjon Yuldoshev – Global UGRAD 2021-2022 dasturi gʻolibi. 2022-yil bahorgi semestrni AQSHdagi University of Maine oliygohida oʻqiydi.

Suhbat vaqti: 2021-yil 11-noyabr, 20:00
Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali

Maʼlumot uchun: Global UGRAD dasturi bakalavriat talabalariga AQSHda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Global UGRAD haqida maʼlumor va manbalar

Suhbatni oʻtkazib yubormang. ;)

@grantlar_namuna