🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​YALQOVLIK Yalqovlar buni oxirigacha oʻqimaydi, Oʻqiganlari | "ZIYO EDUCATION SCHOOL✔"

​​YALQOVLIK

Yalqovlar buni oxirigacha oʻqimaydi,
Oʻqiganlari esa endi yalqov boʻlmaydi ).


Avvalgi postimda yozib oʻtganimdek, yalqovlik organizmning himoya mexanizmlaridan biri.
Lekin uni xaddan ortiq kuchayib ketishi, endi bu — kasallik.

Buni qanday bilish mumkin?

Bugun qilaman deb reja qilgan ishlaringizni bir necha kunlab keyinga surib yurish;

Xatto 1-darajali vazifalaringizda ham erinchoqlik qilish(Masalan: vaqtida ovqatlanish, yuvinish, ishxona va yotoqxonani tartibga keltirish kabi ishlarda);

Oʻzingizdagi passivlikdan vijdonning qiynalishi(koʻngilning hijilligi).

Mana shular yalqovlik bilan jaa qalin "doʻst" boʻlib qolganingiz alomati.

Yalqovlikka nima sabab boʻlad?

Hayotiy maqsadning aniq emasligi;

Birdaniga koʻp maqsadlarga erishmoqchi boʻlish(Natijada diqqat va quvvat boʻlinib ketadi. Keyin maqsadlarning hech biri oxiriga yetmay turaveradi);

Qarorlar qabul qilishda yaqinlarning keragidan ortiqcha koʻp aralashuvi(Oqibatda odam mustaqilligini , tashabbuskorligini yoʻqotadi va bir ish boshlashga hafsalasi qolmaydi).

Bu roʻyxatda keltirilmagan, lekin yalqovlikka eeng katta sabab boʻladigan yana bir narsa — motivatsiyaning yoʻqolib qolishi.

Agar odamda kuchli motivatsiya boʻlsa, har qanday toʻsiqni oʻzi yengib oʻta oladi.
Xuddi telefon zaryad olganday odam ham kimlardandir yoki nimalardandir quvvat olib turishi kerak. Quvvat oqimi toʻxtab qolsa, kishi yalqovlasha boshlaydi.

Hammaning torini har xil narsa chertadi. Sizga nima kuchli motivatsiya berishini hech kim oʻzingizchalik bilmaydi. Uni qidirib toping.

Yordam uchun mana sizga eng katta quvvat manbalari:

Duo
Shukronalik
Meditatsiya
Ideallar
Sevgi
Hayotiy zarbalar
Raqobat

Yana bular ham boʻlishi mumkin:

Treninglar
Kitob
Sport
Musiqa
Kino
Sayohat
...

Sizga yana boshqa motivatsiya kerakmi?!

Umr oʻtmoqda doʻstim...


Oʻtkirbek SHERGʻOZIYEV

Kanalga
ulanish
@grandrm