Get Mystery Box with random crypto!

"ZIYO EDUCATION SCHOOL✔"

Logo of telegram channel ziyoeducation — "ZIYO EDUCATION SCHOOL✔" Z
Logo of telegram channel ziyoeducation — "ZIYO EDUCATION SCHOOL✔"
Channel address: @ziyoeducation
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 24
Description from channel

@Ziyoeducation

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


The latest Messages

2021-07-16 20:45:13 Bizga kelgan ma'lumotlarga ko'ra davlat imtihonlari ham kechiktirilishi mumkin.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan davlat imtihonlari ham epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda sentabrga qoldirilishi mumkin ekan.

Sababi ayni paytda maxsus komissiya qaroriga ko'ra ommaviy tadbir o'tkazish ya'ni odamlarni bir joyga yig'ish taqiqlangan. Ushbu qaror qachon bekor qilinishi noma'lum.

Epchil blogerlarga eslatma: Ma'lumot olganda manba bo'lishi shart

Abituriyentlarga ulashamiz
@YQQUZB_KANAL
74 views17:45
Open / Comment
2021-07-16 20:45:13 Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladi!

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni oʻtkazish vaqti maʼlum bir muddatga surildi.

Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining oʻtkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarimida rejalashtirilmoqda.

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
65 views17:45
Open / Comment
2021-07-10 15:38:09 Testni ishlab ko'ring!!!
80 viewsedited  12:38
Open / Comment
2021-07-10 15:30:35 7. QALQONOLDI , GIPOFIZ , AYRISIMON , BUYRAK USTI BEZLARI , ULARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI.

( Yangi Anatomiya - 2019 nashri !!! )

Qalqonoldi bezlari.
4 ta bo'lakdan iborat. Qalqonsimon bez orqa yuzasida joylashgan bo'lib , uning to'qimasiga botib kirgan.
Qalqonoldi bezi Paratgarmonni ishlab chuqaradi.
Paratgarmon qonda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarib turadi. Nerv va muskul qo'zg'aluvchanligiga ta'sir qiladi.

Paratgarmon ko'p ishlab chiqarilsa.
- > qonda kalsiy miqdori ortadi
- > suyaklar yumshab deformatsiyaga uchraydi.
- > Nerv muskul sistemasi qo'zg'aluvchanligi pasayib , tana muskullari bo'shashadi.
- > Odam holsizlanadi , tez charchaydi

Paratgarmon kam ishlab chiqarilsa.
- > Qonda kalsiy miqdori kamayadi.
- > nerv - muskul qo'zg'aluvchanligi ortadi.
- > Qovoq va lablar pirpirab uchadi , qo'llar qaltiraydi. ( tetaniya )


Gipofiz bezi.
No'xat shaklda , Bosh miya ostki yuzasida joylashgan. Og'irligi 0,5 - 0,6 g bo'ladi. Bu bez qon tomirlari orqali Gipotalamus orqali qon tomirlari bilan bog'langan.
Gipofizning 3 ta bo'lagi mavjud.
1. Oldingi bo'lak ( Somatotrop ishlab chiqaradi. )
2. O'rta bo'lak ( Intermidin ishlab chiqaradi. )
3. Orqa bo'lak ( Vazoprosen ( ADG ) ishlab chiqaradi. )


Somatotrop --- > Bu garmon bo'y o'sishiga tasir ko'rsatadi. Garmon ko'p ishlab chiqarilsa Gigantizm , kam ishlab chiqarilsa Nanizm kelib chiqadi.
Katta yoshdagi odamlarda bu garmonni ko'p ishlab chiqarilishi --- > Akromegaliya kasalligini keltrib chiqaradi. ( Panja suyaklari yo'g'onlashadi , til va burun tez o'sishi kuzatiladi. )
Gipofizning 3 ta bo'lagidan boshqa garmonlar ham ishlab chiqariladi :
- > Adrenokortikortikoid gormoni ( Buyrak usti bezini ishini boshqaradi. )
- > Trioptrop gormoni ( Qalqonsimon bez ishini boshqaradi. )
- > Gonadotrop gormoni ( jinsiy bezlar ishini boshqaradi. )


Epifiz bezi.
O'rta miya soxasida joylashgan bo'lib asosan melatonin garmonini ishlab chiqaradi.
Melatonin --- > Organizmda ligment almashinuviga ta'sir ko'rsatadi. Epifiz gormoni Gipofizning Gonadotrop garminiga tasir etib bolani vaqtidan oldin balog'atga yetishini sekinlashtiradi.
Epifiz funksiyasi bola 7 yoshga yetguncha kuchayadi , keyin susayib boradi.


Ayrisimon bez.( Timus )
Ko'krak qafasida , to'sh suyagining orqasida joylashgan.
Chaqaloqlarda 12 g , 14 - 15 yoshda 30 - 40 g gacha yetadi. Keyin bola ulg'ayishi bilan kichrayib boradi.
Ayrisimon bez Timozin garmonini ishlab chiqaradi.

Timozin :
- > Bolani vaqtida balog'atga yetishini taminlaydi.
- > Limfotsitlar hosil bo'lishini kuchaytrib immun sistemani shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


Buyrak usti bezi.
O'ng va Chap Buyrak ustida joylashgan. Birmuncha yassilashgan piramida shaklida.
Har bir bez 2 qismdan iborat va quyidagi garminlarni ishlab chiqaradi.

1. Po'stloq ( suv , tuz , oqsil va uglevodlar almashinuviga tasir ko'rsatuvchi moddalar ishlab chiqaradi. Androgem va Esterogen jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. )
2. Mag'iz ( adrenalin - > garmoni nerv qo'zg'alishi kuchaytrib , yurak qisqarishi , nafas olish va qon aylanish jarayonlariga tasir etadi.
Achchiqlanganda va qo'rqqanda adrenalin ishlab chiqarilishi keskin ortadi. Bunda :
- > Qon tomirlar torayadi
- > Yurak urishi tezlashadi
- > Qon bosimi ortadi
- > Uglevod almashinuvi tezlashadi.


: @Muhammadali_Numanov

@Testlar_Biologiya_Kimyo | Biz bilan qoling.
104 views12:30
Open / Comment
2021-07-10 15:27:55 ( 8 - Anatomiya 2019 - nashri !!! )

Qon guruhlari.
1901-yili K. Landshteyner, 1907-yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo'lishini aniqladilar.
--- > agglutinogen A va B ( Eritrotsitlarda )
--- > agglutinin a va b dan iborat. ( Plazmada )
- > agglutinogen A va agglutinin a
yoki
- > agglutinogen В va aglutinin b bo'lmasligi kerak.
- > Normada agglutinogen A va agglutinin b
yoki
- > agglutinogen В va agglutinin a bolishi mumkin.
- > Agglutinogen A va В bo'lgan qonda agglutininlar umuman bo‘lmaydi.
- > agglutinin a va.b bo'lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi.


Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bolinadi.

| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin alfa bo‘ladi.

|| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin b bo‘ladi.

||| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin a bo‘ladi.

IV guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo‘lib, plazmada agglutinin umuman bo‘lmaydi.

K. Landshteyner va boshqalar 1940-yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo'ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfly, homila rezus musbat bo‘lsa, ularning rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi.

Qon quyish.
Og‘ir shikastlanganda va ko‘p qon yo‘qotilganda, uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo‘ladi,
--- > I qon guruhiga ega odamlar qonini barcha qon guruhdagi odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi retsipiyent deb ataladi).
--- > II qon guruhli odamlar II va IV qon guruhli odamlarga
--- > III qon guruhli odamlar III va IV qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin.
--- > IV qon guruhli odamlar faqat shu qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o‘zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipiyent deb ataladi.


: @Muhammadali_Numanov

@Testlar_Biologiya_Kimyo | Biz bilan qoling.
75 views12:27
Open / Comment
2021-06-30 08:12:20 "ZIYO EDUCATION SCHOOL " pinned « Azizlar ajoyib yangilik!!!! O'quv kursimizda biologiya fanidan 35-40 kunga (iyul oyi to'liq har kuni dars rejalashtirilgan) mo'ljallangan kurslarimiz iyul oyidan boshlanishini ma'lum qilamiz!!! Qattiq nazorat Kunlik DTM testlari Blok testlar…»
05:12
Open / Comment
2021-06-30 08:11:27 Bundan tashqari bu yil majburiy blok fanlar imtihon bo'lishi ma'lum bo'lgan!!!
Shuning uchun majburiy fanlardan ona tili fanidan1 oylik kurslarimiz ham boshlanadi!!!

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Murojaat uchun:+998996069570
@JasurToirjonov
67 viewsedited  05:11
Open / Comment
2021-06-30 08:07:52
Azizlar ajoyib yangilik!!!!

O'quv kursimizda biologiya fanidan 35-40 kunga (iyul oyi to'liq har kuni dars rejalashtirilgan) mo'ljallangan kurslarimiz iyul oyidan boshlanishini ma'lum qilamiz!!!

Qattiq nazorat
Kunlik DTM testlari
Blok testlar
To'liq genetika darslari


Murojaat uchun:+998996069570
@JasurToirjonov

Joylar soni chegaralangan!!!
65 viewsedited  05:07
Open / Comment
2021-06-30 05:05:04
30-Iyun O‘zbekistonda YOSHLAR KUNI !

Barcha Piskentlik yoshlarni "Yoshlar kuni" bilan kanalimiz nomidan muborakbod etamiz!

OBUNA BO'LISH


https://t.me/piskentt
52 views02:05
Open / Comment
2021-06-24 21:12:29
Sog'liqni saqlash vazirligi uchun 2021-2022-o'quv yili uchun ajratilgan kvotalarning institut ko'rinishidagi kesimi

Telegram:@Qurbonali_Erkayev
Youtube
: Qurbonali Erkayev
73 views18:12
Open / Comment