Get Mystery Box with random crypto!

7. QALQONOLDI , GIPOFIZ , AYRISIMON , BUYRAK USTI BEZLARI , UL | "ZIYO EDUCATION SCHOOL✔"

7. QALQONOLDI , GIPOFIZ , AYRISIMON , BUYRAK USTI BEZLARI , ULARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI.

( Yangi Anatomiya - 2019 nashri !!! )

Qalqonoldi bezlari.
4 ta bo'lakdan iborat. Qalqonsimon bez orqa yuzasida joylashgan bo'lib , uning to'qimasiga botib kirgan.
Qalqonoldi bezi Paratgarmonni ishlab chuqaradi.
Paratgarmon qonda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarib turadi. Nerv va muskul qo'zg'aluvchanligiga ta'sir qiladi.

Paratgarmon ko'p ishlab chiqarilsa.
- > qonda kalsiy miqdori ortadi
- > suyaklar yumshab deformatsiyaga uchraydi.
- > Nerv muskul sistemasi qo'zg'aluvchanligi pasayib , tana muskullari bo'shashadi.
- > Odam holsizlanadi , tez charchaydi

Paratgarmon kam ishlab chiqarilsa.
- > Qonda kalsiy miqdori kamayadi.
- > nerv - muskul qo'zg'aluvchanligi ortadi.
- > Qovoq va lablar pirpirab uchadi , qo'llar qaltiraydi. ( tetaniya )


Gipofiz bezi.
No'xat shaklda , Bosh miya ostki yuzasida joylashgan. Og'irligi 0,5 - 0,6 g bo'ladi. Bu bez qon tomirlari orqali Gipotalamus orqali qon tomirlari bilan bog'langan.
Gipofizning 3 ta bo'lagi mavjud.
1. Oldingi bo'lak ( Somatotrop ishlab chiqaradi. )
2. O'rta bo'lak ( Intermidin ishlab chiqaradi. )
3. Orqa bo'lak ( Vazoprosen ( ADG ) ishlab chiqaradi. )


Somatotrop --- > Bu garmon bo'y o'sishiga tasir ko'rsatadi. Garmon ko'p ishlab chiqarilsa Gigantizm , kam ishlab chiqarilsa Nanizm kelib chiqadi.
Katta yoshdagi odamlarda bu garmonni ko'p ishlab chiqarilishi --- > Akromegaliya kasalligini keltrib chiqaradi. ( Panja suyaklari yo'g'onlashadi , til va burun tez o'sishi kuzatiladi. )
Gipofizning 3 ta bo'lagidan boshqa garmonlar ham ishlab chiqariladi :
- > Adrenokortikortikoid gormoni ( Buyrak usti bezini ishini boshqaradi. )
- > Trioptrop gormoni ( Qalqonsimon bez ishini boshqaradi. )
- > Gonadotrop gormoni ( jinsiy bezlar ishini boshqaradi. )


Epifiz bezi.
O'rta miya soxasida joylashgan bo'lib asosan melatonin garmonini ishlab chiqaradi.
Melatonin --- > Organizmda ligment almashinuviga ta'sir ko'rsatadi. Epifiz gormoni Gipofizning Gonadotrop garminiga tasir etib bolani vaqtidan oldin balog'atga yetishini sekinlashtiradi.
Epifiz funksiyasi bola 7 yoshga yetguncha kuchayadi , keyin susayib boradi.


Ayrisimon bez.( Timus )
Ko'krak qafasida , to'sh suyagining orqasida joylashgan.
Chaqaloqlarda 12 g , 14 - 15 yoshda 30 - 40 g gacha yetadi. Keyin bola ulg'ayishi bilan kichrayib boradi.
Ayrisimon bez Timozin garmonini ishlab chiqaradi.

Timozin :
- > Bolani vaqtida balog'atga yetishini taminlaydi.
- > Limfotsitlar hosil bo'lishini kuchaytrib immun sistemani shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


Buyrak usti bezi.
O'ng va Chap Buyrak ustida joylashgan. Birmuncha yassilashgan piramida shaklida.
Har bir bez 2 qismdan iborat va quyidagi garminlarni ishlab chiqaradi.

1. Po'stloq ( suv , tuz , oqsil va uglevodlar almashinuviga tasir ko'rsatuvchi moddalar ishlab chiqaradi. Androgem va Esterogen jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. )
2. Mag'iz ( adrenalin - > garmoni nerv qo'zg'alishi kuchaytrib , yurak qisqarishi , nafas olish va qon aylanish jarayonlariga tasir etadi.
Achchiqlanganda va qo'rqqanda adrenalin ishlab chiqarilishi keskin ortadi. Bunda :
- > Qon tomirlar torayadi
- > Yurak urishi tezlashadi
- > Qon bosimi ortadi
- > Uglevod almashinuvi tezlashadi.


: @Muhammadali_Numanov

@Testlar_Biologiya_Kimyo | Biz bilan qoling.