Get Mystery Box with random crypto!

( 8 - Anatomiya 2019 - nashri !!! ) Qon guruhlari. 1901-yili | "ZIYO EDUCATION SCHOOL✔"

( 8 - Anatomiya 2019 - nashri !!! )

Qon guruhlari.
1901-yili K. Landshteyner, 1907-yili Y. Yanskiy qonning eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo'lishini aniqladilar.
--- > agglutinogen A va B ( Eritrotsitlarda )
--- > agglutinin a va b dan iborat. ( Plazmada )
- > agglutinogen A va agglutinin a
yoki
- > agglutinogen В va aglutinin b bo'lmasligi kerak.
- > Normada agglutinogen A va agglutinin b
yoki
- > agglutinogen В va agglutinin a bolishi mumkin.
- > Agglutinogen A va В bo'lgan qonda agglutininlar umuman bo‘lmaydi.
- > agglutinin a va.b bo'lgan qonda agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi.


Ana shunga ko‘ra, barcha odamlar qoni to‘rt guruhga bolinadi.

| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi, plazmada agglutinin alfa bo‘ladi.

|| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin b bo‘ladi.

||| guruh - eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada agglutinin a bo‘ladi.

IV guruh — eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo‘lib, plazmada agglutinin umuman bo‘lmaydi.

K. Landshteyner va boshqalar 1940-yilda eritrotsitlarda rezus omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat va rezus manfiy odamlar bo'ladi. Rezus omil odam hayoti davomida o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfly, homila rezus musbat bo‘lsa, ularning rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik kasallik yuzaga keladi.

Qon quyish.
Og‘ir shikastlanganda va ko‘p qon yo‘qotilganda, uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo‘ladi,
--- > I qon guruhiga ega odamlar qonini barcha qon guruhdagi odamlarga berishi mumkin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi retsipiyent deb ataladi).
--- > II qon guruhli odamlar II va IV qon guruhli odamlarga
--- > III qon guruhli odamlar III va IV qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin.
--- > IV qon guruhli odamlar faqat shu qon guruhli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o‘zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipiyent deb ataladi.


: @Muhammadali_Numanov

@Testlar_Biologiya_Kimyo | Biz bilan qoling.