Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 33.83K
Description from channel

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 11

2022-06-19 21:17:40 #Qabul2022
Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
3.7K viewsedited  18:17
Open / Comment
2022-06-18 10:10:08
#Инфографика

Президент Фармонига кўра 2022 йил 1 сентябрдан умумтаълим фанлари бўйича тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга белгиланган тартибда ҳар ойлик қўшимча устама тўланади.

Мактаб кутубхоналари
ва «Болалар кутубхоналари» ходимларининг ойлик иш ҳақи 1,2 бараварга оширилади.

Шу ва бошқа муҳим маълумотлар билан батафсил юқоридаги инфографика орқали танишишингиз мумкин. (@uzedu)


Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
5.3K viewsedited  07:10
Open / Comment
2022-06-16 14:03:17 Navbatdagi tayyorgarlik testlari (4-5-6-7-8-9-10 sinf oʻquvchilari uchun ixtisoslashtirilgan maktablariga) 19-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Tayyorgarlik testi haqiqiy imtihonlar formatida boʻlib oʻtadi: (ushbu testlarda 4-5-6-7-8-9-10-sinf bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin)

ANIQ FANLAR YOʻNALISHI BOʻYICHA:
4-5-sinf bitiruvchilari uchun
Matematika – 25 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili — 15 ta savol (2.1 ball)
6-7-8-9-10-sinf bitiruvchilari uchun
Matematika – 20 ta savol (3.1 ball)
Fizika – 10 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 10 ta savol (1.1 ball)

TABIIY FANLAR YOʻNALISHI BOʻYICHA:
6-sinf bitiruvchilari uchun
Biologiya – 25 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 15 ta savol (2.1 ball)
7-8-9-10-sinf bitiruvchilari uchun
Biologiya – 15 ta savol (3.1 ball)
Kimyo – 15 ta savol (3.1 ball)
Ingliz tili – 10 ta savol (1.1 ball)

Testlarni bajarishga 2 soat vaqt beriladi.

Testlar Respublika boʻylab barcha hududlardagi oʻquv markazlarida boʻlib oʻtadi

Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun:
— ism va familya
— sinf va yoʻnalish
— telefon nomer
— yashash shahar yoki tumaningizni

@ms_adminn ga telegram orqali sms qilib yuboring.

Masalan:
— Uzoqov Alisher
— 6-sinf bitiruvchisi Aniq fanlar yoʻnalishiga
— +998 95 123 45 67
— Termiz shahri

Kanalga ulanish:
@edu_talim_uz
3.7K views11:03
Open / Comment
2022-06-16 10:31:00 #Qabul2022
Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini turli ta’lim shakllari doirasida tanlashlari mumkin

Prezident qaroriga ko‘ra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi.

ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.4K viewsedited  07:31
Open / Comment
2022-06-16 10:31:00 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 20-iyundan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili
uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Bunda abituriyentlar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti);

Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olinadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.3K viewsedited  07:31
Open / Comment
2022-06-16 10:31:00 #Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

2022-yil 15-iyun kuni Prezidentning “2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar etib tasdiqlandi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.2K viewsedited  07:31
Open / Comment
2022-06-14 12:14:02 ​​ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 16-17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.2K views09:14
Open / Comment
2022-06-11 07:00:44
Ertaga test

Quyidagi hududlarda Prezident maktablari imtihoniga (4-sinf bitiruvchilari uchun) tayyorgarlik (diagnostika) testlari boʻlib oʻtadi:
https://t.me/reprez_uz/8149

Quyidagi hududlarda esa Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga (4-5-6-7-8-9-10-sinf bitiruvchilari uchun) tayyorgarlik (diagnostika) testlari boʻlib oʻtadi:
https://t.me/edu_talim_uz/1290

reklama
3.1K views04:00
Open / Comment
2022-06-09 19:07:12
2022-yilning 2-yarmi uchun chet tili imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/559).

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
5.5K viewsedited  16:07
Open / Comment
2022-06-09 16:00:12
http://my.gov.uz sayti Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarining navbatdagi sanalari koʻrsatmoqda:

2022.10.25
2022.11.22
2022.12.20

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.9K views13:00
Open / Comment