Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 33.83K
Description from channel

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 27

2021-10-25 20:56:40 Kanalimiz uzoq muddatdan beri faoliyat olib bormayabdi, buning uchun barchadan uzr soʻraymiz.

Kanal yaqin kunlarda aktiv holatga oʻtadi va barcha kuzatuvchilarimizga kerakli, foydali, tezkor maʼlumotlar berib boriladi.

Uzoq uzilishlarga qaramasdan, bizni tark etmagan obunachilar soni ikki yarim mingdan ortiq. Oxirgi postlarni oʻrtacha hisobda 30 mingga yaqin foydalanuvchi kuztagan. Shuningdek, soʻnggi post-srovnomada 13 528 kishi ishtirok etgan va uning ostiga 4 ming 300 dan ortiq #comments qoldirilgan. Kanal chati hali ham aktiv :)

Shu sabab ham kanalni qayta jonlantiramiz. 2017-2018-yillarda minglab yoshlarni ovoziga aylangan "MILLIY SERTIFIKAT" jamoasi qaytadi )

Bugundan aloqa uchun manzilni qayta ishga tushiramiz: taklif, mulohaza, hamkorliklar uchun:
@milliy_sertifikat_admin

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.8K views17:56
Open / Comment
2020-12-09 02:12:10
Qaysi fandan milliy sertifikat olmoqchisiz?
Anonymous Poll
24%
Ingliz tili
23%
Matematika
25%
Ona tili va adabiyoti
5%
Rus tili
11%
Kimyo
12%
Biologiya
14.5K voters34.6K views23:12
Open / Comment
2020-12-05 20:34:42 Миллий тест тизими нима дегани?

Табақалаштирилган (пропорционал) балл бериш қандай бўлади?

3 йилга бериладиган сертификатдан қандай фойдаланиш мумкин?

Шу ва шу каби саволларга изоҳ.


@xushnudbek
31.6K views17:34
Open / Comment
2020-12-05 09:05:05 BHM 1.5 shtir(pul sanayotganda chiqadigan tovush)

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 1.5 baravari miqdorida toʻlov qilish talab etiladi. Ushbu summa hozirgi kunda 334 ming 500 soʻmni tashkil etmoqda!

Siz Ona tili va adabiyoti, Kimyo va Biologiya (yoki Matematika, Fizika, Ingliz tili) fanlaridan sertifikat imtihonida qatnashmoqchi boʻlsangiz, jami 1 mln 3 ming 500 soʻm toʻlov qilishingizga toʻgʻri keladi. Sal qimmatmasmi?

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
28.9K views06:05
Open / Comment
2020-12-05 08:42:01 #info

Milliy sertifikatlar oʻzlashtirish koʻrsatkichi 60% va undan yuqori boʻlgan nomzodlarga 3 yil muddatga elektron tarzda taqdim etiladi.

Milliy elektron sertifikatlar haqida batafsil maʼlumot beruvchi milliy elektron telegram kanal:
@milliy_sertifikat
30.0K views05:42
Open / Comment
2020-12-05 07:38:01 Sertifikatlar oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonida qanday imtiyoz taqdim etadi?!

Matematika, Ona tili va adabiyoti (oʻzbek, rus, qoraqalpoq), Kimyo, Biologiya, Fizika, Geografiya va Tarix fanlaridan qoʻlga kiritilgan milliy sertifikatlar kirish imtihonlarida ushbu fandan sertifikat foiziga qarab ball taqdim etadi. Soddaroq qilib tushuntiradigan boʻlsak, siz yuqoridagi fanlardan birortasidan, deylik 75% koʻrsatkich bilan sertifikatga ega boʻldingiz (oʻzlashtirish koʻrsatkichi 60% dan yuqori boʻlganlargina sertifikat olish imkoniyatiga egalar). Oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonida sizga sertifikat olgan faningizdan maksimal ballning 75% miqdorida ball taqdim etiladi. Bu degani, ushbu fan birinchi faningiz boʻlsa, unda har bir toʻgʻri javobga 3.2 balldan jami 96 ballning 75% i boʻlgan 72 ball taqdim etiladi.

Ingliz tilidan esa 60 foizdan yuqori va B2 daraja sertifikati egalariga kirish imtihonlarida maksimal ball taqdim etiladi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
29.5K views04:38
Open / Comment
2020-12-05 06:20:03 Sertifikatlar uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda

Matematika, Oʻzbek tili va adabiyoti va Rus tili va adabiyoti (Qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish 1-20 dekabr oraligʻida boʻlib oʻtadi. Ushbu testlarga roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil keyingi postlarimizda maʼlumot beramiz.
Shuningdek, Kimyo va Biologiya fanlaridan sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish 1-fevraldan start olsa, Ingliz tili boʻyicha sertifikat imtihonlariga qabul esa 4-8 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu sertifikatlarni qoʻlga kiritgan abituriyentlar kirish imtihonlarida oldindan maʼlum balga ega boʻlishadi.

Kanalga aʼzo boʻling:
@milliy_sertifikat
24.4K views03:20
Open / Comment
2020-12-04 06:00:08 Umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatsiyalash va bilim darajasini baholashning milliy test tizimi

Shu kunga qadar Oʻzbekistonda faqatgina Ingliz tili fanidan maxsus sertifikat olib, oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etmasdan balga ega boʻlish mumkin edi. Endilikda quyidagi fanlardan ham bosqichma-bosqich sertifikat berish boshlanmoqda:

Ona tili va adabiyoti (2020)
Matematika (2020)
Kimyo (2021)
Biologiya (2021)
Fizika (2022-2024)
Geografiya (2022-2024)
Tarix (2022-2024)

Milliy sertifikatlashtirish tizimi va yangiliklarini ushbu (@milliy_sertifikat) kanalida yoritib borishga harakat qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
24.2K viewsedited  03:00
Open / Comment
2020-12-02 20:45:34
Kanal faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyamizmi?
Anonymous Poll
86%
14%
3.0K voters17.9K views17:45
Open / Comment
2020-12-02 20:44:47 ​​Milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

2020-yil 1-dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
2021-yil 1-fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
2022-2024-yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

2020-yil 1-dekabr kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 20-dekabrga qadar davom etadi.

Qarorda test sinovida ishtirok etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

2021-2022-o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.0K views17:44
Open / Comment