Get Mystery Box with random crypto!

​​Prezidentimizning PQ-5172 sonli qaroriga ko'ra, davlat oliy | Bbh

​​Prezidentimizning PQ-5172 sonli qaroriga ko'ra, davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abituriyentlar Prezident grantiga da'vogar bo'lishi haqida yozgandim.

Bugun mandat.dtm.uz saytiga kirib, Prezident grantiga da'vogar yoshlarimizning natijalariga qiziqdim. E'lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 185,85 balldan yuqori ko‘rsatkichga erishgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga da'vogarlik qilayotgan ekan.

Bunda 200-o‘rindagi abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlar ushbu grantga da'vogarlik qiladi. Natijalarga ko‘ra, 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriyentlar bir xil 185,85 ball to‘plashgan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da'vogarlik qiladi.

Quvonarlisi, ularning 75 nafari test sinovlarida maksimal ball — 189 ball to'plashgan. Albatta, imtihonda 100 foizlik natijaga erishish uchun juda katta bilim, mehnat va albatta, sabr talab etiladi. Ishonamanki, Prezidentimiz tashabbuslari bilan yo'lga qo'yilayotgan mana shunday bilimli yoshlarimizni rag'batlantirish tizimi yoshlarimiz uchun juda katta qo'llab-quvvatlov bo'ladi.

https://t.me/abituriyents