Get Mystery Box with random crypto!

Sog’inch Sog’inch dilginamga beradi ozor, Yolg’izlik jonimdan | Baxtiniso Mahmudova

Sog’inch

Sog’inch dilginamga beradi ozor,
Yolg’izlik jonimdan o’tib ketadi.
Yodingiz yodimga tushgani zahot,
Qalbimdagi muzlar erib bitadi.

Qalbimda gullaydi orzum g’unchasi,
Dardlar tark etadi jismimni butkul.
Sog’inch – yuragimning o’tli nafasi,
Sog’inmay yashashim mushkuldan-mushkul.

Aldamchi hislarga beraman imkon,
Ovunib yashayman diydoringizga.
Yolg’onlar xayolni aylaydi makon,
Ishonib ketaman kelmog’ingizga.

Sog’inchning yukini boshda ko’tarib,
Hayollar qilaman qayta va qayta.
O’ylarimning bari cheksiz ham g’arib,
Ba’zan yarim dilni etadi nimta.

Mayli, ne bo’lsa ham, dunyoda siz bor,
Sizga tilaklarim sara-sarasin.
Va yana sog’inib yashay umrbod,
Sog’inmay yashashdan xudo asrasin.

@baxtiniso