Get Mystery Box with random crypto!

*** Shamollar uchmoqda dardlarin sochib, Osmon ko’zin ochar: | Baxtiniso Mahmudova

***
Shamollar uchmoqda dardlarin sochib,
Osmon ko’zin ochar:istagi vojib.
Men atay qilmayman, yurmagin ranjib,
Kechirgin, kechiksam, huzurlaringga.

Daraxtlar zamindan simirmoqda qon,
Ruhim bilan poyga o’ynamoqda jon.
Bilmayman, yo’limning bo’lari qachon?
Kechirgin, kechiksam, huzurlaringga.

Bugun yulduzlarga qilmayman havas,
Ularga qo’lim dor, ko’zlarim qafas.
Men tunga yarashdim, tonglarga emas,
Kechirgin, kechiksam, huzurlaringga.

Dunyoning tinsa ham armondek do’li,
Buncha loyqa bo’ldi yurakning ko’li.
Mendan baxt istagan ey, o’zim ko’ngli!
Kechirgin, kechiksam, huzurlaringga.

@baxtiniso