Get Mystery Box with random crypto!

*** Dardlar keldi bulut bo’lib, Davo meni tushungaymu? Ket | Baxtiniso Mahmudova

***
Dardlar keldi bulut bo’lib,
Davo meni tushungaymu?
Ketolmadim sukut bo’lib,
Navo meni tushungaymu?

Dilni “do’st”ga borib aytdim,
Alamimni yorib aytdim.
Yuzin burdi. Horib qaytdim,
Xato meni tushungaymu?

Ketsang, to’rt yon- yo’l, dedilar,
Sendan bezgan mo’l, dedilar.
Ginalarni qo’y, dedilar,
Vafo meni tushungaymu?

Ko’zlarimga tugdi tugun,
Ertalarim keldi bugun.
Ruhim bog’in kuzlatgan ul
Sado meni tushungaymu?

Xudo, deyman, ko’kka boqib,
“Meni chaqir, boray oqib…”
Yuragini oyda yoqib,
Samo meni tushungaymu?

@baxtiniso