🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ Samarqand shahrida ingliz tilidan CEFR B2 imtihoni bo’lib o | Cambridge Exams

​​ Samarqand shahrida ingliz tilidan CEFR B2 imtihoni bo’lib o’tadi

Keling, avvalo CEFR imtihonining afzalligi haqida aytib o’tamiz. Ingliz tili darajasini belgilab beruvchi CEFR imtihonining boshqa imtihonlardan (masalan, IELTS) farqi shundaki, test sinovlaridan so’ng olingan sertifikatning yaroqli muddati mavjud emas.

CEFR’ning B2 darajasi IELTS 6.0-6.5 bilan teng.
Demak, imtihon muvaffaqiyatli topshirilsa O’zbekiston Universitetlarining Bakalavr va Magistraturaga kirish imtihonlarida belgilangan chet tili fanlaridan ozod etiladi va maksimal ball taqdim etiladi.

Undan tashqari, ushbu sertifikat dunyoning ko’plab nufuzli Universitetlariga kirish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. CEFR’ning yana bir asosiy jihati shuki, qayta-qayta imtihon topshirmaysiz (istasangiz topshirasiz), bir martaning o’zi yetarli.

Yurtdoshlarimizga mana shunday imkoniyatni yaratish maqsadida O’zbekistondagi Cambridge English Assessment markazi Fast Education bilan hamkorlikda Samarqand shahrida CEFR B2 imtihoni tashkil etiladi.

Imtihon o’tkazilish sanasi: 27-yanvar
Imtihon o'tkazilish manzili: Fast Education o'quv markazi

Imtihonga ro’yxatdan o’tish

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook