Get Mystery Box with random crypto!

​​CEFR o’zi nima? Uning afzalliklari nimada? To’liq javob bera | Cambridge Exams

​​CEFR o’zi nima? Uning afzalliklari nimada? To’liq javob beramiz

CEFR - The Common European Framework of Reference, ya’ni Yevropa mamlakatlarida ishlash yoki o’qish uchun til darajasini tasdiqlovchi rasmiy ma’lumotnoma hisoblanadi. CEFR 6ta bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich o’ziga hos bilim va tajribani talab etadi.

CEFR-ning afzalliklari nimada?

CEFR-ning son-sanoqsiz afzalliklar mavjud bo’lsa-da, quyida eng asosiylari keltirilgan:

• CEFR dunyo miqyosida tan olinadigan til darajasini turli me’zonlarda baholashda va sizning til darajangiz haqida mutaxassislarning shaffof fikrlarini ifodalashda yordam beradi.

• CEFR tilni o’qitish va o’rganish bo’yicha batafsil tavsiflarni berishda yordam beradi. Shuningdek, u o’quvchilar natijalarni taqqoslash orqali rivojlanishlari uchun vazifalarni belgilab beradi.

• Ko’plab dunyo o’qituvchilari til o’rganishni rivojlantirish uchun eng to'liq va mos o'quv dasturini taklif etuvchi CEFR tomonidan ishlab chiqilgan o’quv materiallarini afzal ko’radilar.

CEFR nima uchun kerak?

CEFR o'quv materiallari istalgan darajada insonlar bilan hech qanday qiyinchiliklarsiz gaplasha olish uchun kerak deb ta'kidlagan bo'lar edik. Chunki, CEFR-ning har bir darajasi ingliz tilida yanada osonroq gaplashish imkoniyatini yaratib beradi.

Undan tashqari, CEFR Yevropa mamlakatlarida ishlash yoki o’qish uchun til darajasini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hisoblanadi. CEFR sertifikati barcha uchun nufuzli Universitetda o’qish yoki yuqori daromadli ishga kirish imkoniyatini yaratib beradi.

Yana bir ma'lumot, agar o'quvchi kamida CEFR B2 darajasini qo'lga kiritsa O'zbekiston Oliy Ta'lim Muassasalarining kirish imtixonlarida joriy qilingan chet tili testlaridan ozod etiladi va eng yuqori ball qo'yib beriladi.

* Ushbu javoblarimiz sizlar uchun foydali bo'ldi degan umiddamiz. Agar qo'shimcha savollaringiz bo'lsa biz bilan hoziroq bog'lanishingiz mumkin

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook