🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​CEFR imtihonining afzalliklari haqida bilasizmi? Bugun biz | Cambridge Exams

​​CEFR imtihonining afzalliklari haqida bilasizmi?

Bugun biz sizlarga CEFR (Common European Framework of Reference) afzalliklari haqida ma’lumot berib o’tishni afzal deb bildik. Quyida CEFR sertifikatining foydali jihatlarini bilib olasiz:

Dunyo miqyosida tushunarli bo'lgan o’quv materiallari va jahon mamlakatlari tan olgan til darajasini baholash standartlariga oid foydali va mazmunli ma'lumotlarga ega bo’lish imkoniyati;

Tillarni o'rganish, o'qitish va baholashning batafsil tavsifi, o'quvchilarni til darajasini belgilangan standart namunasi asosida taqqoslash imkoniyati;

O’quvchi va o’qituvchilar CEFR imtihoniga tayyorgarlik jarayonida tanlangan darajaga oid aniq o’qitish metodikasiga ega bo’ladilar.

O'qituvchilar uchun CEFR imtihoniga tayyorlanishni tizimlashtiruvchi rasmiy o'quv materiallarini (darslik va manbalarni) tanlash imkoniyati taqdim etiladi;

CEFR darajalari chet elda ishlash yoki o’qish uchun muloqot qilish qobiliyati haqida tushuncha beradi;

CEFRda talablar yo'q. O'qituvchi va talaba tilni rivojlantirish kursining rejasini o’zlari tuzadilar. CEFR ularga nima qilish kerakligini va qanday qilish haqida yo’riqnoma taqdim etmaydi;

CEFR sertifikatining yaroqlik muddati mavjud emas. Bir marta topshirib butun umr foydalanishingiz mumkin bo’ladi.

Agar CEFR haqida qo’shimcha savollaringiz bo’lsa bizga murojaat qilish orqali javob topishingiz mumkin

Biz bilan aloqa: +998998898670

Telegram | Instagram | Facebook