Get Mystery Box with random crypto!

​​Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlant | Cambridge Exams

​​Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va "Action Group" (Edu-Action) NNT o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida ta'lim va axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar hamda istiqbolli loyihalar yo'lga qo'yilishi eng oliy maqsad etib belgilandi. Xususan, o'qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro imtihonlarni tashkil etish va o'tkazish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu hamkorlik doirasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi huzuridagi maktablarda o'quvchilar va o'quvchilarning chet tillari bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish bo'yicha barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Quyidagi yo'nalishlar orqali o'zaro hamkorlik faoliyati yo'lga qo'yilishi ko'zda tutilgan:

- Agentlik qoshidagi maktablarda IELTS, Cambridge English Assessment xalqaro imtihonlarini tashkil etish va yo'nalishlar bo'yicha malakali o'qituvchi-mutaxassislarni tayyorlash;

- O'zaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yishda amaliy yordam ko'rsatish;

- Agentlik maktablarini Cambridge, Oxford Universiteti nashrlari, Macmillan va HarperCollins tashkilotlarining o'quv materiallari bilan ta'minlash;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'zaro foydali loyihalarni ishlab chiqishda ko'maklashish;

- Xalqaro mutaxassislar va Edu-Action xodimlari ishtirokida agentlik qoshidagi maktablarda o'quvchi va o'qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish;

- Agentlik va Edu-Action vakillari o'rtasida forumlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, brifinglari tashkil etish va o'tkazish;

- Maktab o'qituvchilariga Cambridge English Assessment (CELTA, TKT, CEFR) sertifikatlarini taqdim etuvchi xalqaro o'quv kurslarni tashkil etish;

Fursatdan foydalanib Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab agentligi vakillariga hamda ushbu memorandumni imzolashda yaqindan yordam bergan turli tashkilot vakillariga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.