🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari

Logo of telegram channel dtmuzb_xabarlari — Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari D
Logo of telegram channel dtmuzb_xabarlari — Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari
Channel address: @dtmuzb_xabarlari
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.33K
Description from channel

👨‍🎓 Boʻlajak talabalar izlagan kanal
📌 DTM yangiliklari eng birinchi bizda.
💰 Reklama xizmati: @TG_agentlik
💰 Murojaat uchun: @Sadulloxon_Fatkhullayev

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 8

2022-04-17 07:32:22
Расман: "Перевод" имтиҳони 5 та фандан бўлади. Максимал балл – 189.0

Бу йилги ўқишни кўчириш имтиҳонлари 5 та фандан бўлиб ўтади. 3 та мажбурий ва 2 та мутахассислик фанлари.

Жумладан:
Мутахассислик фанлари: 20 тадан савол 3,15 балл
Мажбурий блоклар: 10 тадан савол 2,1 балл (она-тили, Ўзбекистон тарихи, математика)

Умумий 70 та савол. Максимал тўплаш мумкин бўлган балл - 189 баллни ташкил этади.

Переводчиларга тарқатинг!

@dtmuzb_xabarlari
994 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 04:32
Open / Comment
2022-04-15 18:33:05 Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Universitet — 27 ta;
Institut — 45 ta;
Akademiya — 3 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 29 ta;
Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.

Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
Madaniyat vazirligi - 9 ta;
Badiiy akademiya - 1 ta;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
Adliya vazirligi - 2 ta;
Transport vazirligi - 1 ta;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
Qurilish vazirligi - 2 ta;
Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta;
Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.

Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

@dtmuzb_xabarlari
693 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 15:33
Open / Comment
2022-04-13 17:37:42 ​​Namanganda yangi institut tashkil etiladi

Namanganda yangi Namangan toʻqimachilik sanoati instituti tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshligʻi Zohidjon Turdiyev ma’lum qildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etish boʻyicha prezident qarori loyihasini ishlab chiqildi. Qaror loyihasi yuzasidan vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

Shuningdek, Namangan viloyatida Ibrat ijod maktabi negizida Chet tillari institutini tashkil etish boʻyicha tayyorlangan qaror loyihasi Vazirlar mahkamasiga kiritildi.

Hozirgi kunda qaror loyihasi tasdiqlanish jarayonida.

@dtmuzb_xabarlari
1.0K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 14:37
Open / Comment
2022-04-11 15:17:23
5 blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Unutmang: Javoblar varaqasi faqatgina bir marta beriladi. Xato qilgan abituriyentlarda boshqa imkoniyat mavjud bo‘lmaydi!


Barcha abituriyentlarga ulashing!
@dtmuzb_xabarlari
1.9K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 12:17
Open / Comment
2022-04-09 17:45:06 #abituriyentlar_uchun

Qaysi hududda o‘qishga kirish ko‘rsatkichi yuqori?

2021 yilda talaba bo‘lgan abituriyentlar soni bo‘yicha kanalimizda maʼlumot bergan edik. Lekin aytganimizdek, bu umumiy abituriyentlarning soni ko‘pligi bilan bog‘liq edi. Yaʼni aholisi ko‘p hududdan ko‘proq talaba chiqqan, bu tabiiy hol.

Foizga nisbatan olsak, reyting umuman boshqacha chiqadi. Bunday reytingda Buxoro viloyati yaqqol ustunlik qilmoqda. Mazkur viloyat abituriyentlarining 26,8%i talaba bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Navoiy (24,6%) hamda Farg‘ona (23,4%) viloyatlari egallagan.

O‘qishga kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo (17,8%), Sirdaryo (17,3%) hamda Toshkent viloyati (15,9%) egallagan.

Talaba bo‘lgan abituriyentlar foizi bo‘yicha hududlar reytingi quyidagicha:

Buxoro – 26,8%;
Navoiy – 24,6%;
Farg‘ona – 23,4%;
Qoraqalpog‘iston – 22,4%;
Namangan – 21,6%;
Toshkent shahri – 21,6%;
Xorazm – 21%;
Samarqand – 19,2%;
Jizzax – 18,9%;
Andijon – 18,3%;
Surxondaryo – 17,9%;
Qashqadaryo – 17,8%;
Sirdaryo – 17,3%;
Toshkent viloyati – 15,9%.

@dtmuzb_xabarlari
2.2K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 14:45
Open / Comment
2022-04-08 15:32:36 Тест синовидаги тўловдан озод этиладиган тоифадаги абитуриентлар ортди!

Шавкат Мирзиёев эҳтиёжманд оилалар фарзандларини ОТМларга киришда тест синовларида иштирок этиш тўловларидан озод этиш тўғрисида топшириқ берди.

Ўзи бу қанақа тўлов ва илгари кимлар озод қилинган эди?

2019 йил 14 майдаги ПҚ-4319-сон Президент қарорига асосан, тест синовлари ташкил этилаётган ўқув йилидан аввалги йилларда таълим муассасаларини тугатган абитуриентлардан тест синовларида иштирок этиши учун базавий ҳисоблаш миқдорининг ярим баравари (ҳозир 135 минг сўм) миқдорида тўлов ундирилади.

Демак, тест бўладиган йилда мактаб, лицей ёки коллежни тугатганлар тўлов қилмайди. Фақат аввалги йилда тугатганлардан тўлов олинади.

Шунингдек, 2 та тоифа — ногиронлиги бўлган (I, II ва III гуруҳ) ёки тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар (Меҳрибонлик уйи ёки Болалар шаҳарчаси битирувчилари) ҳам тест тўловидан озод қилинган эди.

Эндиликда аввалги йилларда тугатган эҳтиёжманд оилалар фарзандлари ҳам тўловдан озод этиладиган бўлди. Бунинг тартиби энди ишлаб чиқилади. Катта эҳтимол билан “Темир дафтар”га киритилган оилалар фарзандларига ушбу имтиёз қўлланса керак.

Хушнудбек Худойбердиев

@dtmuzb_xabarlari
2.2K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 12:32
Open / Comment
2022-04-06 10:29:41
2022/2023 yil o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

86–100 % uchun – 5 baho;
71–85 % – 4 baho;
56–70 % – 3 baho va 56 % gacha – 2 baho.

@dtmuzb_xabarlari
2.9K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 07:29
Open / Comment
2022-04-05 05:02:42
#Munosabat

Davlat test markazi tomonidan yangi test topshiriqlari toʻplamlari nashr etilgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov bu kitoblarni chiqarayotganlarga qonuniy chora koʻrilishini ma’lum qildi.

"Davlat test markazi nomi bilan soxta qoʻllanma chiqarish qonunga xilof, albatta. Bu boʻyicha tegishli organlarga murojaat qilamiz. Chunki bu savollarning saviyasini koʻrib, odamlar DTMning savollar shunday ekan, deb oʻylab qolishi tabiiy", — Sardor Rajabov.

@dtmuzb_xabarlari
2.8K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, edited  02:02
Open / Comment
2022-04-03 12:29:52
Асосий блокида она тили ва адабиёт фани бўлган абитуриентлар диққатига!

Барча асосий блокида она тили ва адабиёти блокига эга мутахассисликларга ҳужжат топширадиган абитуриентларга мустақил ўқиш учун тавсия этилган бадиий асарлар рўйхати.

Ушбу рўйхатдаги бадиий асарларни тўлиқ ўқиб чиқишингиз керак. Чунки кириш тест синовларида албатта ушбу китоблардан фойдаланилади. Албатта китоб ўқишни шу тариқа тарғиб қилинишининг фойдали томонлари ҳам катта!

Абитуриентларни огоҳлантиринг!

@dtmuzb_xabarlari
3.5K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 09:29
Open / Comment
2022-04-01 16:59:36 Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020/21-o‘quv yilida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan.

o‘g‘il bolalar – 311,5 ming nafar

qiz bolalar – 260 ming nafar

Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni:

pedagogika:
o‘g‘il bolalar – 52,4 ming nafar
qiz bolalar – 126,3 ming nafar

gumanitar fanlar:
o‘g‘il bolalar – 13,9 ming nafar
qiz bolalar – 26,8 ming nafar

matematika fanlari:
o‘g‘il bolalar – 5,4 ming nafar
qiz bolalar – 5,4 ming nafar

tabiiy fanlar:
o‘g‘il bolalar – 11,6 ming nafar
qiz bolalar – 14,1 ming nafar

san’at:
o‘g‘il bolalar – 5,5 ming nafar
qiz bolalar – 6 ming nafar

islomshunoslik:
o‘g‘il bolalar – 0,9 ming nafar
qiz bolalar – 0,3 ming nafar

@dtmuzb_xabarlari
2.8K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 13:59
Open / Comment