Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari

Logo of telegram channel dtmuzb_xabarlari — Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari D
Logo of telegram channel dtmuzb_xabarlari — Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari
Channel address: @dtmuzb_xabarlari
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.33K
Description from channel

👨‍🎓 Boʻlajak talabalar izlagan kanal
📌 DTM yangiliklari eng birinchi bizda.
💰 Reklama xizmati: @TG_agentlik
💰 Murojaat uchun: @Sadulloxon_Fatkhullayev

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 7

2022-05-03 11:29:57
Qabul-2022: Bu yil abituriyentlar o'tgan yilgidan boshqacha baholanadi

Kun.uz

Imtihonlar haqida koʻproq
@DTMUZB_Xabarlari
798 views08:29
Open / Comment
2022-05-03 11:22:23
Abituriyentlar uchun kutilmagan xushxabar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 200 nafar abituriyent uchun grant e'lon qildi ushbu grant haqida batafsil o'qing

P/S: Oʻqib koʻring balki siz ham bordirsiz grant oluvchilar ichida.
590 viewsСоздай загадку! Бесплатный бот для проверки на подписку, edited  08:22
Open / Comment
2022-05-03 11:18:53 7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing !!!

Imtihonlarga oz muddat qolmoqda. Imtihon asosan turli xil ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

“Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, abituriyentlarga va yaqinlarizga ham ulashing.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Imtihonlar haqida koʻproq
@DTMUZB_Xabarlari
756 viewsZabihulloh Fathullayev, 08:18
Open / Comment
2022-05-03 11:18:51
Prezident garanti | 200 nafar abituriyent uchun beriladigan grant

Imtihonlar haqida koʻproq
@DTMUZB_Xabarlari
696 viewsZabihulloh Fathullayev, 08:18
Open / Comment
2022-04-29 20:59:22 Texnikum bitiruvchilari OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan oʻz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxat orqali texnikum bitiruvchilari OTMlarning qaysi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022/2023 oʻquv yili qabulidan boshlab texnikumlarda oʻrta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega.

@dtmuzb_xabarlari
850 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 17:59
Open / Comment
2022-04-25 12:44:03 #Tezkor

DTM: Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

@dtmuzb_xabarlari
1.6K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 09:44
Open / Comment
2022-04-24 17:54:42 Magistraturaga kirish uchun IELTS talabi nafaqat keyingi yilga, umuman olib tashlansa xam roziman!

Bugungi kun muxokama yangiligi - Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati boʻlish talabi keyingi yilga surilishi xaqidagi gapi boʻlib turibdi.

Bu 100% aniq gap. Aniq suriladi. Surilmasdan iloji yoʻq. Oxiri oʻylanmagan qaror boʻladi qabul qilinsa. Sababi, Oʻzbekistondan katta extimol bilan xech qaysi oliy ta’lim muassasalari bakalavrlarini IELTS yoki boshqa chet tili sertifikat oladigan darajada bilim berib tayyorlay olmaydi. Xamma IELTS olgan talabalarning asosiy qismi oʻquv markazlar yordamida bu natijaga erishishadi odatda...

Agar IELTS sertifikatim boʻlsa, eng zoʻr sohaga topshiraman!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavrlarini IELTS yoki boshqa chet tili sertifikat oladigan darajada bilim berib tayyorlay olmasligi aslida alohida masala. Vaziyatga boshqa tomondan qarasak, misol tariqasida tibbiyot instituti talabalarini olamiz. IELTS sertifikati bor tibbiyot instituti talabalari oldin xam boʻlgan, keyin ham boʻladi. Ularga bu daraja kelajagi uchun kerak. Qaror uchun emas. Sertifikati boʻlsa eng zoʻr tibbiyot magistratura yoʻnalishlariga, ya’ni urologiya, kardiologiya, nevrologiya, lor kabi stavkasi baland sohalarga xujjat topshiradi.

Tasavvur qiling, endi xamma tibbiyot instituti talabalarida IELTS sertifikati bor va shuncha mehnat qilib natijaga erishgach xamma xam eng yaxshi magistratura yoʻnalishlariga topshirishga xarakat qiladi albatta.

Bu xolatda qolgan, oʻzi shundoq ham kam xujjat topshiriladigan yoʻnalishlar axvoli nima boʻladi? Kim xujjat topshiradi ularga? Magistratura yoʻnalishlari qisqarib ketadimi shunda? Shu vaqtgacha koʻpchilik IELTS i borlar topshiradigan yuqorida keltirilgan stavkasi baland soxalarga IELTSi yoʻqlar topshirishga choʻchishardi. Kirish extimolim past degan fikr boʻlardi. Shu sababli "koʻrpasiga qarab" kirish extimoli kattaroq soxaga topshirib qoʻya qolardi.

Shunchaki, qiziq. Oʻylaymanki, uzoqni oʻylab bitta qarorga kelinadi. Oʻxshamasa kelasi yil oʻzgartiramiz yana deb magistraturaga topshirmoqchi boʻlganlarni "sinov quyonchasi" qilishmaydi. Ba’zi bir soxalar uchungina bunaqa sertifikat talabini qoldirib, qolganlaridan olib tashlash xam yaxshi variant. Lekin barcha yoʻnalishlarga bunday talab qoʻyilishi ortidan bir qator muammolar yuzaga kelish ehtimoli yoʻq emas.

IMXO

@dtmuzb_xabarlari
1.5K viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, edited  14:54
Open / Comment
2022-04-23 14:48:42
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

@dtmuzb_xabarlari
809 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 11:48
Open / Comment
2022-04-21 19:38:46 Ijtimoiy himoyadagi va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan abituriyentlar testga kirishdagi toʻlovdan ozod etildi

Prezidentning tegishli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022-y.) koʻra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etildi:

1) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
2) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Oʻzi bu qanaqa toʻlov va ilgari kimlar ozod qilingan edi?

2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

Demak, test boʻladigan yilda maktab, litsey yoki kollejni tugatganlar toʻlov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan toʻlov olinadi.

Shuningdek, bugungacha 2 ta toifa — nogironligi boʻlgan (I, ll va lll-guruh) yoki toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi bitiruvchilari) ham test toʻlovidan ozod qilingan edi.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan yuqorida tilga olingan 2 toifadagi abituriyentlar ham toʻlovdan ozod etiladigan boʻldi.

@dtmuzb_xabarlari
851 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 16:38
Open / Comment
2022-04-19 11:18:34
Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига.

Жорий йилда ОТМга ҳужжат топширишни режалаштирган 16 ёшга тўлган мактаб битирувчилари ўз вақтида фуқаролик паспорти — ID карта олишлари шарт.

Айни пайтда 16 ёшга тўлган 122 мингдан ортиқ битирувчилар ID карта олмаган.

@dtmuzb_xabarlari
528 viewsFatkhullayev | Sadulloxon⁣⁣⁣⁣⁣⁣⁣, 08:18
Open / Comment