🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Faqat Yaponlarga xos boʻlgan madaniyat Yaponlarning ovqatlan | Halal Japan

Faqat Yaponlarga xos boʻlgan madaniyat

Yaponlarning ovqatlanishdan oldin "itadakimasu" deb aytishi haqida koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak.

Xoʻsh buning maʼnosi nima?
Musulmonlar va xristianlarning ovqatlanishdan oldin aytadigan Yaratganga minnatdorchilik bildiradigan soʻzlaridan qanday farq qiladi?

Ovqatlanishdan oldin "men buni olaman" yaʼni "itadakimasu" deyish aslida Yaponiyaga xos madaniyatdir. Yaponlar "Itadakimasu" deb aytish orqali, taomni tayyorlagan odamlarga, taom tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarga va mahsulotlarni yetishtirgan odamlarga nisbatan oʻz minnatdorchiligini bildirish uchun aytishar ekan.

Musulmonlar va xristianlarning taomlanishdan oldin aytadigan gaplari Yaponlarning "itadakimasu" deb aytishidan farq qilib, bu orqali musulmonlar va xristianlar Xudoga minnatdorchilik bildiradilar.


#QiziqarliYaponiya
#Bilasizmi
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli ma'lumotlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA