🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Onigiri (おにぎり) Onigiri – Yaponiyada mashhur yengil ta | Halal Japan

​​Onigiri (おにぎり)

Onigiri – Yaponiyada mashhur yengil tamaddilardan biridir. Onigiri yaponlar uchun xuddi amerikaliklar uchun hotdog, inglizlar uchun esa sendvich kabidir. Uning tarixi eramizdan avvalgi III asrga borib taqaladi. 1987 yili Ishikava prefekturasidagi xarobalarni qazish paytida arxeologlar yoshi 2000 yilga teng guruch bolagini topib oladilar. Shundan kelib chiqib mutaxassislar eng birinchi onigiri Yayoy davriga (e.a. III asr) tegishli deb hisoblashadi. Arxeologlar fikriga ko'ra, u davrda odamlar guruchni hozirgidek qaynatib emas, balki qovurib va dimlab, bambuk yaproqlariga orab istemol qilishgan deb hisoblashadi.

To’yimli va mazali bo’lgan onigirining Yaponiya oziq ovqat dokonlarida turli xillari mavjud: har xil turdagi baliq goshti bilan, baliq ikrasi bilan, mayonez va baliqli, tuxumli, sabzavotli, joxorili,... va ho kazo.

Bu taomni tayyorlash juda oson va tez. Shuning uchun yapon bekalari bento sifatida onigirini ko’p tayyor-lashadi.
Onigiri tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar:
- pishgan guruch;
- xohlagan turdagi tozalangan baliq go’shti;
- Nori varaqlari (nori - suv o’tidan quritib tayyorlangan maxsus varaqlari;
-(Xohishga qarab makka jo’xori, bodring bo’lakchalari, rayhonning quritib maydalangani, guruchli taomlar uchun sepib yeyiladigan qo’shimchalar bilan ham tayyorlab ko’rsa bo’ladi).

Biror to’rtburchak yoki uchburchak shakldagi idishcha (rasmda maxsus onigiri tayyorlashda qo’llaniladigan idishcha, lekin xohlagan kichikroq turdagi to’rtburchak idishdan ham foydalansa bo’ladi. Misol uchun kichik konteynerlardan).
Onigiri yasaydigan idishga avval ozroq guruch solinadi. O’rtasiga tozalangan baliqni, ustidan yana guruch solib, qopqog’ini yopib bosiladi. Orqa tarafini o’girib likopchaga sekin tushiriladi. Tayyor onigirini nori bn o’rab yeyiladi.(Bu jarayonni maxsus qoliplarsiz, qo’lda ham bajarsa bo’ladi).

Onigiri turli joylarda turlicha nomlanishi mumkin. Misol uchun Kanto-Tokaydo viloyatida onigirini omusubu (おむすび) yoki nigirimesi (握り飯) deb ham nomlashadi. Lekin bu sozlar bir biridan farq qiladi. Misol uchun omusubu guruchli uchburchak bolib, tog shaklini eslatadi.
Onigiri esa nafaqat uchburchak shaklda balki boshqa korinishda ham bolishi mumkin. Nigirimesi (握る) “nigiru” felidan olingan bolib “siqmoq” manosini beradi va onigiri tayyorlanish jarayonini izohlaydi.

Yaponiyaning 100¥ do'konlarida (Daiso, Seria) onigiri yasash uchun turli xil qoliplar mavjud. Bundan tashqari nori varaqlarini har xil shaklda kesish uchun va onigirini bezatish uchun turli xildagi kesuvchi qolipchalardan ham qo'llaniladi.

#YaponOshxonasi
#Onigiri
#QiziqarliYaponiya
#YaponiyaSadosi

Yaponiya haqida foydali ma'lumotlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA