Get Mystery Box with random crypto!

​​Ayni paytda Koreya va Yaponiyadagi holat. Koʻzgudagi biz. | Halal Japan

​​Ayni paytda Koreya va Yaponiyadagi holat.
Koʻzgudagi biz.
Kinoya.


Mayli sheʼrim dersiz safsata,
Lek bir holat qalbimni tildi,
Qarang qanday goʻzal falsafa,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Qizlar bilan qilu aysh-ishrat,
Pulni shunday ishlarga ishlat,
Lek unutma sen buni faqat,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Doʻstlar bilan maishat qil har kech,
Tiling yana boʻlsin bir qarich,
Kunda aroq pivolarni ich,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Yana biroz qattiqlab betni,
Yana qachon koʻrasan chetni,
Boʻrillatib chak sigaretni,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Birov bilmas, gazni bosaver,
Gunohlarni yor-yor yoraver,
Tungi klubga ham boraver,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Oʻzbeklarni shilsang shilginu,
Aldab pulni qilsang qilginu,
Bir biringni goʻshting yeginu
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Tarki odat amri maholmi,
Choʻchqa xarom bular halolmi,
Tur yoʻqol-a? shuyam savolmi?
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi..

Bahodir Iskandarov

#LirikChekinish

#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga haqida yanada ko'proq
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA