Get Mystery Box with random crypto!

​​Eh-he Yaponiyadan nelar olmadim, ta'riflashga ojizdir zabo | Halal Japan

​​Eh-he Yaponiyadan nelar olmadim,
ta'riflashga ojizdir zabon,
Lek bir odatiga ko'nikolmadim,
Aksirsang SOG' BO'LING demaydi Yapon.


Rosti, so'rab ko'ring ana har kimdan,
O'ziga bildirmay kuzating zimdan,
Musulmon ham emas, xabarsiz dindan,
Lek birov haqini yemaydi Yapon.

Boshlig'in ko'zi uchun ishlamas ular,
Maqtovli so'zi uchun ishlamas ular,
G'oliblik qilsada shirin uyqular,
Ishiga kechikib kelmaydi Yapon.

Daqiqasigacha bo'lar yo'qlama,
Domlalar poraga qilmaydi shama,
Ko'ndiraman deya bo'lmang xomtama,
O'qimasang diplom bermaydi Yapon.

Suniy navbat qilar ko'paysa odam,
SHoshilyabman deya qilmaydi motam,
Xotinim kasal deb, yokida onam,
Hech qachon navbatni buzmaydi Yapon.

SHaroitga qarab kiyaver kiyim,
Bo'lsa ham mayliga ko'ylaging g'ijim,
Xohla kalish bilan kiygin kostyum shim,
iye, ana qishloqi demaydi Yapon.

Hech kim qaramaydi cho'ntak kissaga,
Jerkib gapirmaydi borsang "kassa"ga,
Bir soatda qo'yar" propiska"ga,
Har kuni "ertaga" demaydi Yapon.

Ulovlar boshyalang yo'qdir "shapka"si,
Yechmas muammosin "katta aka"si,
Gapning po'st kallasi,gapning qisqasi,
Chalg'ituvchi "monyor" qilmaydi Yapon.

Narxlari bir hildir borsang bozorga,
Qattiq gapirmaydi hech xaridorga,
Qarab boy odamga yo mardikorga,
Turlanib muomala qilmaydi Yapon.

Qancha zo'r bo'lmasin go'zal qanchalik,
Yomon tomonlarin hali aytmadik,
Bittasin aytaman biz O'zbeklardek,
Oila qadrini bilmaydi Yapon.
O'zidan o'zgani sevmaydi Yapon.
2018.08.13.

Bahodir Iskandarov

#BadiiyQism

#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli kanal
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram