🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

English faculty I

Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I E
Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I
Channel address: @iflenglish
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 929
Description from channel

Official channel of English Faculty-1.
University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit.
Connect with us:
@Mirsaidbaxtiyorovich

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 105

2021-03-21 11:49:38 Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!!!
Ming yillar davomida ulug' qadriyatimiz bo'lib kelgan Navro'zi olam bayrami barchangizga muborak bo'lsin. Siz va siz orqali Oilangizga tinchlik, hotirjamlik, sog'lik, salomatlik baxt va omad tilayman. Shunday ulug' bayram kunida qilgan yaxshi niyyatlaringiz amalga oshsin. Alloh nazari tushgan Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Hurmat va ehtirom ila Mirsaid Baxtiyorovich Ergashev.
362 views08:49
Open / Comment
2021-03-20 23:32:13 #tabrik

Sharqona yangi yilimiz har birimizning oilamizga qut-baraka olib kelsin

Avvalo, barchangizni uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam munosabati bilan chin qalbimdan qutlayman va muborakbod etaman. Ona yurtimizga fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurdi. Butun tabiat go‘zallikka burkanmoqda. Atrof-muhitning betakror tarovatidan ko‘zingiz quvnaydi. Nafosat fasli odamlar qalbida ham sof va huzurbaxsh tuyg‘ularni uyg‘otib, yashash va yaratishga ruhlantirmoqda.

Muhtaram Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda, orzu niyatlariga yetishish uchun yurt istiqboli yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Farzand va nevaralarini tarbiyalab kamolini ko‘rmoqda. Inson uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak!

Maftunkor bahor fasli ajoyib bayramlari bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy udumimiz – Navro‘zi olam o‘ziga xos beqiyos jihatlariga ega. Navro‘z tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Asl milliy bayramimizda xalqimizning qadimiy urf odatlari, an’analari, umrboqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni yana bir bor Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan qutlayman. Barchalaringizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, farovonlik tilayman. Bahor bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli do‘stlar!

Ilxomjon Tuxtasinov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
277 views20:32
Open / Comment
2021-03-19 15:44:03
Самарқанд шаҳридаги “Дўстлик ва нодавлат нотижорат ташкилотлари уйи” биноси фойдаланишга топширилди
__________
Мазкур бинода вилоятимизда фаолият юритаётган 11 та миллий маданий марказлар ва нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари учун барча шароитлар яратилган. Бунинг учун 5 миллиард сўм маблағ сарфланди.

Бинода турли миллат ва элат вакилларининг миллий тадбирларини ташкил этиш учун ҳам шароит яратилган. Маданий марказлар ва ННТ ходимлари учун автобус ҳам берилди.

Тадбирда вилоят ҳокими, Олий Мажлис ҳузуридаги парламент комиссияси, Нодавлат нотижорат ташкилотлари ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди, Ўзбекистон Нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий ассоциацияси Кенгаши, Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқалари қўмитасидан викиллар ҳамда олий таълим муассасалари ректорлари иштирок этишди.

СамДЧТИ Ахборот хизмати
@samdchtijamoasi
214 views12:44
Open / Comment
2021-03-19 14:03:01
222 views11:03
Open / Comment
2021-03-19 13:29:20 Sangshin ayollar universiteti bilan hamkorlikda 2+2 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturi joriy etiladi

Bugun, 2021-yilning 19-mart kuni Janubiy Koreyaning Sangshin ayollar universiteti xorijlik talabalarni jalb etish boʼyicha menejeri Sanguk Bik ishtirokidagi mehmonlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar hamda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov ishtirokidagi xodimlar bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda ikki tomon o’rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini hamda qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish borasida fikr va takliflar almashinildi.

Uchrashuv so’ngida Sangshin ayollar universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida 2+2 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishildi va ushbu daturni tizimda yo’lga qo’yish maqsadida koreyalik mehmonlar va Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
224 views10:29
Open / Comment
2021-03-19 13:29:16
217 views10:29
Open / Comment
2021-03-18 20:02:41 #Матбуотни_бўғманг

Ғордаги нур... матбуотчиларда нега ўлим сони камайди?

Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби ҳам ўтган йили бутун дунёга “вазиятдан фойдаланиб матбуотни бўғманг, матбуотга босимни камайтиринг”, деб мурожат қилди. Кўплаб бундай чақирувларни эшитдик. 

“Ахборотнинг очиқлиги туфайли ҳам ўлим сонининг кам бўлишига эришилди. Бошқалар буни тан оладими ё йўқ, инсофни уларнинг ўзига берсин. Лекин матбуот ўша вақтларда тўғри ахборотни бериб турмаганда, балки бошқача бўларди. Энг ёмон нарса – қоронғулик. Нурсиз ғорга кириб қолсангиз ва қаерга кетаётганингизни билмасангиз – бу энг ёмони. Матбуот пандемия даврида ўша ғорнинг охиридаги нур бўлиб кўриниб турди. Буни ҳеч ким инкон этолмайди. Ўзи биз матбуотчиларнинг пешонасига ёзилгани шу: ўтирсак ўпоқ, турсак сўпоқ. Бунга кўникиб, оддий ҳолатдек қарайвериш керак”, дейди Алламжонов. 

Юқоридаги мисол билан матбуотга ҳақли босим бўлди, дейишдан йироқман. Мен учун босим ҳеч қачон ҳақли бўлмайди. Лекин ҳар бир ҳолат айнан қайсидир воқеанинг ўзи билангина боғлиқ. Масалан, аниқ бир ҳолат ҳақида фикримни сўрашса, фарқли муносабат билдиришим мумкин, аммо умумий жиҳатдан босимларга қаршиман. Аслида ҳар қайси ҳолатда ҳам матбуотга босим ўтказилишини оқламайман”.


@samdchtijamoasi
242 views17:02
Open / Comment
2021-03-18 19:21:54
Jamoat joylarida niqob taqish, masofa saqlash bekor qilinmagan. Cheklovlarni buzganlarni jarimaga tortish yana boshlandi

16-mart kuni respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmagan 400 nafar fuqaro ma'muriy jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov.

Ma’lumot uchun, epidemiya tarqalgan vaqtda jamoat joylarida niqobsiz yurganlik uchun 5 BHMgacha (1 mln 225 ming so‘mgacha) jarima belgilangan.

@samdchtijamoasi
216 views16:21
Open / Comment
2021-03-13 16:53:16 Besh toifa kishi bilan do‘stlashmang!

1. Yolg‘onchi: chunki u doimo sizni aldaydi.

2. Ahmoq: chunki u sizga manfaat keltiraman deb, o‘zi bilmagan holda zarar keltiradi.

3. Baxil (ochko‘z): chunki u sizdan tezda ajraydi. U bilan uzoqqa bormaysiz.

4. Qo‘rqoq: chunki u kezi kelganda sizni tashlab ketadi.

5. Fosiq: chunki u sizni arzonga sotib ketadi.

Xazrati Ja’far As Sodiq rohimahulloh
189 views13:53
Open / Comment
2021-03-13 16:33:47 «Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya» joriy etiladi

Bu haqda muhokamaga chiqaprilgan Hukumat qarorida ko‘zda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab OTMlar kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida “Prezident granti” stipendiyasini joriy etiladi.

Shuningdek, a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun oyma-oy to‘lanadigan “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlash ko‘zda tutilgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/SPjUQ88JdQiHN6e0
165 views13:33
Open / Comment