🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

English faculty I

Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I E
Logo of telegram channel iflenglish — English faculty I
Channel address: @iflenglish
Categories: Languages
Language: English
Subscribers: 929
Description from channel

Official channel of English Faculty-1.
University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit.
Connect with us:
@Mirsaidbaxtiyorovich

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 106

2021-03-13 16:25:12 #Forum

Samarqandda “Bir manfaatda emas, bir maqsad sari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar forumi bo’lib o’tdi
_____________
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yoʼllagan murojaati hamda "Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi asosida yoshlarning vaqtini samarali tashkil etish hamda belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrida joriy yilning 13-mart kunida Samarqand davlat chet tillar instituti, Oʼzbekiston XDP Samarqand viloyat kengashi, “Benefactors Forum” tashkiloti hamda “Oltin qanot” yosh volontyorlar guruhi “Bir manfaatda emas, bir maqsad sari birlashaylik!” shiori ostida yoshlar forumi bo’lib o’tdi.

— “Men, mazkur forumda ishtirok etadigan har bir delegatning kelajakda oʼz tanlagan kasbining yetuk mutaxassisi boʼlib yetishishi hamda yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshishiga ishonaman” – deydi SamDCHTI rektori forumni ochib berish chog’ida. — “Faol yoshlarni birlashtirish, yoshlar oʼrtasida doʼstlik munosabatlarini mustahkamlash, yangi doʼstlar orttirish, ijtimoiy va siyosiy hayotda yoshlar orasida volontyorlik faolligini kuchaytirish, kuchli bilimga ega boʼlgan, oʼz mutaxassisligi boʼyicha yangilik yarata oladigan, yetuk marralarga erisha oladigan yoshlar safini kengaytirish maqsadida tashkil etiladigan bu kabi forumlar lidr yoshlarni kashf qilishda dasturilamal boʼlib xizmat qiladi”.

Forum davomida belgilangan yoʼnalishlar boʼyicha seminar-treninglar tashkil etish turli viloyat yoshlarini oʼzaro fikr almashish va tajribali spikerlardan mahorat darslari olish imkoniyati yaratildi.

Koʼzlangan asosiy maqsadlardan yana biri esa yoshlarni innovatsiyaga qiziqtirish va yangi loyihalar yaratish hamda yoshlarni bitta maqsad yoʼlida birlashtirish, ularning oʼz loyihalari va gʼoyalarini oʼz muallifligi ostida nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqiyosda ham targʼib qilishdan iborat boʼldi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
161 views13:25
Open / Comment
2021-03-13 16:25:07
146 views13:25
Open / Comment
2021-03-13 14:04:18
DIQQAT YOSHLAR!

Siz nomdor davlat stipendiyanti bo'lmoqchisiz, biroq ma'lumotlaringiz yetarli emasmi?
Sizda startup g'oya bor, biroq amalga oshirishga mablag’ingiz yo'qmi?
Qilayotgan ilmiy ishingiz bo‘yicha Sizga professional maslahat kerakmi?
Siz o'z maqolalaringizni chop ettirishni istaysiz, ishonchli manbalar kerakmi?
IT va AKT borasidagi bilimlarga ega bo'lishni istaysizmi?
Siz talaba sifatida o‘z iste'dodingizni ko‘rsatmoqchimisiz? Lekin sizga mos keladigan yo‘nalish bo‘yicha yetarli ma'lumotga ega emasmisiz?
Respublikamizda o‘tkaziladigan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlari bo‘yicha aniq ma'lumotlar va tavsiyalar kerakmi?

Unda sizga quyidagi kanalni tavsiya etamiz.

@innovatoryoshlar
189 views11:04
Open / Comment
2021-03-13 13:06:11
#hashar

Hashar – xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.

Hasharga Roman-german tillari fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari jalb qilinib, fakultet binosi atrofi va ichkarisini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi va daraxtlar tartibga keltirilib, ariqlar tozalandi.

Tabdirni ko‘tarinki ruh bilan qabul qilayotgan fakultet jamoasi yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir karra namoyish etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
195 views10:06
Open / Comment
2021-03-13 12:46:08
#hashar

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida hududlar begona o‘tlardan, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalaridan tozalandi. Shuningdek, daraxtlar oqlandi, yerlar yumshatilib yangidan gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Barcha o‘quv binosi va talabalar turar joyining tashqi va ichki tomonlarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
194 views09:46
Open / Comment
2021-03-13 08:58:50
Hashar – xalqimizning azaliy an’analaridan bo‘lib, umumjamoaviy masalalarni hal qilish, ya’ni, mahalla-ko‘yning ozodaligini ta’minlash, qariyalar, yordamga muhtojlar, bemorlarning holidan xabar olib turish, beva-bechoralarga yordam ko‘rsatish, yetimlarning boshini silash kabi xayrli ezgu amallarni o‘zida ifoda etadi. Bu galgi umumxalq hasharining gashti, fayzi o‘zgacha. Zero, xalqimiz Navro‘z – umummilliy bayram, sharqona yangi yilni ko‘tarinki, a’lo kayfiyatda kutib olish va nishonlashga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bo‘lgani kabi Samarqand davlat chet tillar institutida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Xususan, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘zlariga biriktirilgan joylar ya’ni, viloyat yoshlar istirohat bo‘g‘ri, institut hovlisidagi ochiq maydonlar, o‘quv binolari, kutubxonalar va talabalar turar joylarida ishtiyoq bilan hashar tadbirlari olib borilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati
200 views05:58
Open / Comment
2021-03-12 19:10:39 Mahalliy maktab o‘quvchilari uchun mo’ljallangan “Summer Cump – 2021” loyihasi haqida bilasizmi?
____________
2021-yil 12-mart kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibi elchixonaning madaniy hamkorlik ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Joan Kramb, Fulbright dasturi ilmiy xodimi Frishta Kaderi, “Summer Cump – 2021” loyihasi bo‘yicha mas’ul Robert Dun, jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi xodimi Saida Choriyeva hamda AQSH ta’limi dasturlari bo‘yicha muharrir Jamila Nasriddinovalardan iborat bo’ldi.

Tashrif davomida institutda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilari hamda talabalar uchun taqdimot bo’lib o’tdi. Taqdimotda AQSH elchixonasi grant-dasturlari, AQSH universitetlariga o‘qishga kirish imkoniyatlari, buning uchun qo’yiladigan talablar, shartlar hamda imkoniyatlar, shuningdek, Fulbright dasturining grantlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Taqdimotdan so’ng institut hovlisidagi “Lingvopark”da barcha qiziquvchilar uchun AQSH universitetlariga o‘qishga kirish imkoniyatlari, talablari hamda imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlar berildi.

“Summer Cump – 2021” loyihasi haqida

Tashrif so’ngida Ingliz tili-II fakulteti dekani O.Yusupov, xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i B.Berdialiyev, elchixonaning madaniy hamkorlik ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Joan Kramb hamda bir nechta professor-o’qituvchilar birgaligida joriy yilning iyun-iyul oylarida respublikamiz maktablarining 9-10 sinf oʼquvchilari va akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqich o'quvchilari uchun mo'ljallangan yozgi maktabni (“Summer Cump – 2021” loyihasi) SamDCHTIda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, yozgi maktab ishtirokchilarini tanlab olish masalalari, tanlov tartibi, ariza topshirish tartibi, ariza mazmuni, oʼquvchilarni yotoqxonaga joylashtirish, darslarni tashkil etish, yozgi maktab uchun oʼqituvchilarni qabul qilish va tayyorlash, darslarning oʼquv dasturlarini tayyorlash kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
141 views16:10
Open / Comment
2021-03-12 19:10:36
131 views16:10
Open / Comment
2021-03-12 18:00:25
#muhim

TALABALAR RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILADI

Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yil 24-martdan 31-martgacha talabalar respublika fan olimpiadasining I bosqichi o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Murojaat uchun:

Ingliz tili-I fakulteti +998915351884

Ingliz tili-II fakulteti +998901096299

Roman-german tillar fakulteti +998906560656

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti +998975798870


SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
157 views15:00
Open / Comment
2021-03-12 17:31:30
Talaba-oʼqituvchi usulining qanday usul ekanligini bilasizmi?

Bugungi kunda zamon talablariga mos, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab chiqarishda pedagoglarning vazifasi va o’rni katta ahamiyatga egadir.

Pedagoglar talaba-yoshlarga taʼlim hamda tarbiya berishi bilan birgalikda oʼqituvchilik va pedagoglik mahoratlarini, sirlarini ham o’rgatib, tushuncha hamda ko’rsatmalar berib borishi lozimdir.

Bugun, 12-mart kuni Ingliz tili-I fakulteti 120-guruhida “Faoliyatning psixologik talqini. Shaxs.” mavzusida bo’lib o’tgan seminar darsi talaba-oʼqituvchi roli usulida oʼtkazildi.

Ushbu seminar dars mashg'ulotida talabalarda oʼqituvchilik mas’uliyati, novatorlik, innovatsion faoliyatni tashkil etish, jamoa bilan ishlash, professional kasbning kompetensiyasini tushunish, mutaxassislikka oid bilimlarni egallash kabilar amaliy mashg’ulot sifatida o’rganildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
176 views14:31
Open / Comment