Get Mystery Box with random crypto!

Jakhona Umarova | Blog

Logo of telegram channel jakhona_umarova — Jakhona Umarova | Blog J
Logo of telegram channel jakhona_umarova — Jakhona Umarova | Blog
Channel address: @jakhona_umarova
Categories: Blogs
Language: English
Subscribers: 94
Description from channel

-Random thoughts
-Jokes
-book recommendations
-why i became a teacher?🧐 contact me: jakhona.umarova@gmail.com

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 2

2021-08-23 17:34:10 АСЛ СЕВГИ АЛЛОҲНИ СЕВМОҚДИР
Аллоҳ бордир ва бирдир. Гўзал бир гўзалдир. Севги бир севгидир. Бизнинг аждодимиз яхшини-ёмонни, ёмонликларнинг энг ёмонини, бадтарини, ҳар турини Юнон фалсафасидан, Румо фалсафасидан, қадимги юнонлардан, эронийлардан, ҳиндлардан билишар эди. Дейдиларки, «Асл ишқ ва севги ишқи илоҳийдир...» Асл севги Аллоҳни севмоқдир. Нечун? Чунки ҳар турли гўзалликни яратган – Аллоҳ, ҳар турли комил сифатларга эга бўлган зот – Аллоҳ, ҳар нарсага кучи етган – Аллоҳ, ҳар бир иши ҳикматли бўлган – Аллоҳ, ҳамма нарсани билган – Аллоҳ! Қай жиҳатдан боқсанг, энг гўзал сифатларнинг энг чўққиси, энг гўзал тажаллийси Аллоҳ таоло ҳазратларидадир. Шунинг учун ҳам энг гўзал зот Аллоҳдир! Шунинг учун, инсон англай олса, етиша олса, кўра олса, мушоҳаджа эта олса, энг гўзали Аллоҳдир! Аллоҳ севгиси ишқи ҳақиқийдир!
«Ишқ» калимаси касрали бўлиб, арабчада «ишқ» ёзилади. Ана шу ишқи ҳақиқийдир. Хўш, унда бу дунёдаги инсонларнинг турли севгилари нима? Бу дунёдаги инсонларнинг бу турли севгилари ишқи мажозийдир. Мажозий бир севгидир, ҳақиқий эмасдир. Чунки келгай, кетгай. Ўткинчидир. Вақтинчаликдир. Бир қанча вақт ўтгач, севганингдан нафратланишинг ҳам мумкин.
Одамлар эса «пул, пул, пул» деб пулнинг орқасидан қувади, уни орзу қилади, уни истайди. НайзанТавфиқ бир шеърида айтадики,
«Чиркин қўлларда кўргач,
Мен пулдан ҳам иргандим...»
Кимиси пулдан жирканади, кимиси вақтлар ўтиб, ўзи тушуниб-ўйлаб, ёқтириб, севиб олган ишидан совийди. Кимиси, бир пайт келиб, бир маҳаллар ўзи қўлга киритмоқ учун бор-йўғини сарфяган нарсанинг ҳечлигини англаб қолади. Ундан воз кечади. Бир вақти келиб, ҳаётни ҳам севмай қолади...
Болалардан сўраладиган битта савол бор: «Энг кўп кимни яхши кўрасан?» дейилади. Табиийки, бола бу саволнинг жавобини берадиган шуур савиясида эмас. Аммо онаси билан отаси болага энг кўп кимни яхши қўриш кераклигини тушунтириш учун шу саволни бериб туришади. Шундай қилиб, унга «Энг кўп Аллоҳни яхши кўраман» демоқни ўргатишади. Севгиларнинг энг ҳақиқийси, энг биринчи ўринда турадигани Аллоҳ севгисидир. Киши қанчалик ўзлигини англашга интилаверса, аслиятини тубига етаверса Аллоҳдан ўзга ҳеч нарса ҳақиқий ишққа арзимаслигини тушуниб етади. Аслида ҳаммадан ҳам кўпроқ Аллоҳ таоло банда учун энг кўп қайғурадиган меҳрибон зот эканлигини англайди. Ишқ йўли эса жуда машаққатли йўл бўлиб, кишидан нафсини яни чиркинликни тарк қилиб тамомила Аллоҳга суянишни талаб этади. Аслида бу фикр бу йўлнинг бошланғич хулосаларидан биридир. Дунё кўз очилиши билан кишини алдай бошлайди. Аммо қалб кўзи равшан экан, ҳар қандай алдов кишини ишқ йўлидан тўса олмайди. Бу йўлда қурбон бериладиган нарса эса аслида кишининг ўзидир.

Mehrob.uz матбуот хизмати
84 views14:34
Open / Comment
2021-08-18 18:51:41 Qanday qilib oʻquvchilarni hotirasida qolsa boʻladi?

Maktabda oʻqigan paytlarim fizika fanidan faqat konspekt qilganlarim esimga tushadi. Hech qanday tajribalar qilmas edik. Kimyo fanidan tajribalar qilar edik. Aynan shu jarayonlar uchun labaratoriya darslarini yaxshi koʻrardim va bu menga zavq berardi , ammo formulalar va tajribadan olgan foydalar esimda qolmagan.

Yaqinda "teacher training" ga qatnashdim. Unda science (fizika+kimyo) oʻqituvchisi ajoyib, esda qolarli tajriba oʻtkazib berdi koʻz oldimizda.

Bir paypogʻini yechib, uni spirtga botirdi va zajigalkada paypogʻini yoqib yubordi . Hammamiz shokda, tomi kettimi deb oʻyladik. Soʻng savollar berishni boshladi. "Bu tajriba bilan nima demoqchi boʻldim va nimalarni oʻrganishimiz mumkin?" deya auditoriyaga yuzlandi.
Javoblar: yorugʻlik, issiqlik, CO2, reaksiya .... (Oʻzingiz davom ettiring).

Paypoq ancha muddat yonib turdi va uni oʻchirib yana qayta oʻsha paypoqni kiyib oldi

Bu dars aniq ancha vaqtgacha esimda qoladi.

Endi tasavvur qiling, bolada "Science" faniga qiziqish va taassurot qanday boʻladi agar bu bolalar oldida koʻrsatilsa?

@jakhona_umarova
135 viewsedited  15:51
Open / Comment
2021-08-14 19:15:09 "Adaa eting bahoyimi qoʻybersinla".

Qattiq qoʻl oʻqituvchimiz bor edi tilshunoslik fanidan universitetda, birorta talaba ulardan yaxshi baho olishi amri mahol edi.

Obroʻli dekanimizni oʻgʻli borligini bilmagan edim. Ustozimiz dekanning oʻgʻlining xulqidan, darsga qatnashmasligi va unga tayyorlanmasligidan dekanga shikoyat qilayotgan edi. Shunda oʻgʻli "Adaa eting bahoyimi qoʻybersinla" deb adasiga erkalik qilayotgandi.

Kap-katta yigit otasiga shunaqa erkalik qilsa gʻalati koʻrinar ekan.
Oʻzbek qiz-yigitlariga bunday sharmandalik mutlaqo yarashmaydi.

Kimsan dekan soʻragandan keyin "yoʻq" deb boʻladimi, albatta ishi tez hal boʻlgan.

Qachongacha oʻqituvchilar kimningdur farzandi shu bahoga noloyiq boʻlsa ham obroʼli inson boʻlganligi uchun ularning "buyruqlarini" soʻzsiz bajarishi kerak?

Xullas, qarindoshlar, ota-onangizning mansabi, obroʼsidan foydalanmasdan oʻzingizning aql-idrokingiz, salohiyatingiz va mehnatingiz bilan har qanday baho va yutuqlarga erishing aziz qiz va yigitlar.


@jakhona_umarova
236 viewsedited  16:15
Open / Comment
2021-08-14 13:52:41 Nega bolalar kichikligidan oʻzi mustaqil ravishda kiyinishni, mustaqil ravishda kundalik vazifalarni bajara olishi muhim?

4-sinfda tugatib oilaviy dam olishga borganimizda 1- sinfda oʻqiydigan bola butun dam olish zoʻnasiga baqirib janjal qilib opasini xizmatkoridek chaqirgani esimga tushib ketdi. "Naskigimni kiygizib qoʻy" deb baqirib yigʻlayotgan edi ertalabdan.

Bunday ahvol boʻlishi mumkin emas dersiz balki, agar sizning yolgʻiz oʻgʻil farzandingiz boʻlsa va u uyda eng kichigi boʻlsa bundan battar ahvollarini ham guvohi boʻlamiz afsus.

Eng achinarlisi oʻsha bolaning ota-onasi bolasiga hech qanday tanbeh bermagani, bu holat ular uchun odat tusiga aylanib boʻlganligi va bundan uyalmasligi achinarli edi.

Meni hayron qoldirgan narsa nahotki bir juft paypoqni 1- sinf bolasi oʻzi mustaqil kiya olmasligi edi.

Farzandlarimizni juda erka, tantiq qilib voyaga yetishida asl aybdorlar oʻzimiz boʻlib qolayapmiz.

Faqat sizning ya'ni kattalarning koʻmagiga muhtoj qilib oʻstirsangiz, kelajakda bola oddiy yumushlarni ham siz bajarib berishingizni kutib yashashga odatlanadi. Oʻzi mustaqil boʻlishga erinadi va qoʻrqadi.

Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun farzandlarimizni meʼyorida erkalatishni, kichikligidan odatiy vazifalarni oʻzi mustaqil bajarishiga muhit, imkoniyat yaratib berishimiz zarur. Agar xato qilsa unga toʻgʻrisini erinmasdan koʻrsatishga va oʻzi yana bir bor urinib koʻrishiga yoʻl qoʻyib berishimiz darkor.

@jakhona_umarova
109 viewsedited  10:52
Open / Comment
2021-08-14 12:29:55
Kitobga muhabbat bolalikdan

Bola qancha yosh boʻlishiga qaramasdan kitoblarga boʻlgan muhabbatni yoshlik chogʻidan boshlagan afzal. Masalan qiziqarli kitoblarni harid qilish orqali yoki oʻzqoʻli bilan yasash orqali.

Bolada kitobning har bir betidan yangi bilim va koʻnikmani hosil qilishda koʻmaklashish mumkin. Bola band boʻlish bilan birga kelajakda as qotadigan koʻnikmalarni oʻrganib oladi. Masalan oʻzi mustaqil kiyimlarini kiyishi yoki poyafzalini bogʻichini bogʻlashni oʻrganib oladi. (Birinchi sinflar bilan ishlaganimda qiz bola oʻquvchim oldimga kelib "bogʻichimni bogʻlab qoʻying" degani esimga tushdi)

Bu qoʻl mehnatida yasalgan kitobchaga mehrim oʻzgacha. Yoshim katta boʻlgani bilan bunday kitob egasi boʻlishni hohlagan boʻlar edim

(My Love = Akbarga havasim keldi)

Credits to UE
219 views09:29
Open / Comment
2021-08-12 19:29:21 Noshukurlik

Har safar hayotdan noliganimda Alloh oldimdan ibratli hodisalarni namoyon qilib qoʻyadi.

2015-2016 yillar edi. Radisson Blue mehmonxonasida jamoamiz bilan uchrashuv bor edi. Uyerga avtobusda borgandim. Undan tushib hayotimdan nolishni boshladim, nega oʻtgan yilgi kiyimlarimni haliyam kiyib yuribman. Yangi kiyim va yangi sumka hohlayman, eskisi jonga tegdi tarzida ichimda nolib ketayotgan paytim yoshi 25-27 yoshlardagi yigitga duch keldim. Har oʻtgan- ketgan insonga "agarotizni 2000 soʻmga chopib beraman" deya taklif qilayotgan edi.

Bu inson tilanchilik qilmayotgan edi, noilojlikdan halol luqma topish uchun oʻzining xizmatini taklif qilayotgan edi. Oʻshanda tavba qilib shu insonchalik yomon ahvolda emasligimga shukur qilgan edim. Bu ibratli voqeani koʻp eslab turaman hayotimdan noligan paytlarim.

Hozir koʻchada kam yuraman, lekin noligan paytim albatta jazosini shu zahotiyoq olaman. Masalan qoʻlimni kesib olaman yoki kuydirib olaman. Kesilgandaham chuqur kesiladi, sekin bitadi. Har safar qoʻl yuvganimda, pomidorlik salat qilganimda achitib "noliganinga jazo bu" deb eslatib turadi.

Har bir berilgan va berilmagan neʼmatlarga
Alhamdulillah
133 views16:29
Open / Comment
2021-08-10 21:38:21 Buni avval sizlarga juda kam aytgan ekanman. Sizlarni yaxshi koʻraman OILAM.
251 views18:38
Open / Comment
2021-08-10 21:37:13 Chet elda yashashning minuslari

Dugonam Yevropaga grant yutib bir oycha muddat uyerda yashaganida rossa havas qilgan edim. Mazza qilgan boʻlsang kerak degandim. U esa "yoʻq, oilamni juda sogʻindim" deb aytgan edi. Oʻshanda uni tushunmagan edim. Men sayohatga chiqsam oila sogʻinchi unchalik bilinmas edi, chunki har doim oldimda oila aʼzolarimdan biri men bilan birga boʻlar edi. Bu safar yolgʻiz oʻzim qoldim, Alhamdulillah singlim uchib keldi. Lekin baribir koʻnglim taskin topmadi. Hattoki dengiz ham qalbimga sokinlik bera olmadi. Uyimni, oilamni juda sogʻindim. Eng kerakli vaqtda oldilarida boʻla olmaslik...

Ovqatlariga ham oʻrganish qiyin, bemaza. Uyingdagi taomlarga yetmaydi.

Oylab, yillab oilasini koʻrmay yashayotganlarning sabr-bardoshiga qoyil.

Balki Alloh bilib menga chet elda oʻqish grantlarini, yashab qolish imkoniyatlarini bekorga nasib ettirmagan. Chunki men oilamdan uzoqda yashay olmasligimni, bu azobga chiday olmasligimni bilib nasib ettirmagan ekanda.

Alhamdulillah
153 views18:37
Open / Comment
2021-08-07 20:50:26 Afsus

Introvert boʻlishning salbiy taraflari koʻp. Dilingdagi narsalarni har doim ham egalariga ayta olmaysan. Birinchi boʻlib qoʻngʻiroq yoki habarlar yozmaysan. Bu gʻururdan yoki kibr emas aslo, bu xarakterga bogʻliq narsa. Shu narsa har doim senga pand beradi. Har bir yuborilgan habarlarni vaqtim boʻlishi bilan oʻqiyman, lekin javob yozmayman, yozsam ham oʻzimni majburlab yozardim.

‌Buvimning tugʻilgan kunlarida onam buvingni tabriklab qoʻy, qari odam boʻlsa hursand boʻladilar degan edilar. Men ahmoq esa oʻsha jinnicha xarakterim tufayli yozmagandim. Yozsam hech nimam kamayib qolmas edi. Endi esa shu narsa menga armon boʻlib qoldi. Hech boʻlmasa bir martagina yaxshi koʻrishimni ayta olmadim. Ohirgi manzilga kuzatib qoʻyish nasib etmadi. Afsus. Qanchalik yaxshi koʻrishimni ularni yoʻqotib tushundim. Nega oʻshanda onamning aytganlarini qilmadim. Eng kerakli kunda sizning oldingizda boʻla olmadim, kechiring onajon.

Endi faqat ularning haqlariga doimo duoda boʻlishim qoldi.

Ularning haqlariga duo qilinglar, joylari jannatda boʻlsin, Alloh rahmatiga olsin. Amiyn.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.

02.08.2021
418 views17:50
Open / Comment
2021-07-30 19:32:48 Оиша розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қуръонга моҳир бўлган киши мукаррам, кўп яхшилик қилувчи фаришталар билан бирга бўлади. Ўқиганда қийналадиганга икки ажр бордир», дедилар».
Тўртовлари ривоят қилишган.
Демак, Қурони Каримни тиловат қилишга моҳир бўлган киши, мукаррам ва ўта яхши фаришталар сафида бўлар экан.


Баъзи бандалар ўткир қобилиятли бўлмаслиги ва яна бошқалари имконияти чегараланган бўлиши мумкин. Уларнинг рағбатлари бўлса ҳам Қуръони Каримга моҳир бўла олмайдилар. Унда нима қилиш керак?

Ундоқ ҳолда ҳам Қуръони Каримни ўрганишга ҳаракат қилавериш керак. Чунки бу ҳадиси шарифда Қуръони Каримни ўқишда қийналган кишига қийналмаган кишидан кўра икки баробар кўп ажр берилиши ваъда қилинмоқда.
Жумхур шориҳлар наздида ўқишда қийналган кишига бериладиган икки ажр: бири қироати учун, иккинчиси чеккан машаққати учун. Бундан қийналиб уқиган қийналмай ўқигандан афзал деган хулоса чиқмайди.


#motivation

@jakhona_umarova
195 views16:32
Open / Comment