Get Mystery Box with random crypto!

Kimdir Aytgan Edi

Logo of telegram channel kimdiraytganedi — Kimdir Aytgan Edi K
Logo of telegram channel kimdiraytganedi — Kimdir Aytgan Edi
Channel address: @kimdiraytganedi
Categories: Blogs
Language: English
Subscribers: 37
Description from channel

https://t.me/joinchat/LPnnCEcM_0kzZGQy

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 2

2021-07-28 07:55:54
Yiliga faqat 1 $ maosh olgan MILLIARDER

Stiven 25 yoshidayoq 256 million dollar egasi bo‘lgan bo‘lsa, bora-bora milliarderga aylangan. Apple’ning 5,5 millionlik, Disney’ning 138 millionlik aksiyalari egasi, general direktorlik lavozimi uchun yiliga bir dollar maosh olgan. Stiv o‘zidan 8 yosh kichik bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Laura bilan 1989-yilda Standford biznes maktabidagi ma’ruzasi davomida tanishgan. Juftlik 1991-yilda turmush quradi va ular uch farzandning ota-onasi bo‘ladi.

Bugungi kunda ham Jobsning piggy bankida kompyuter qurilmalari, klaviatura, audio karnaylar, quvvat adapterlari, zinapoyalar va boshqalar uchun 230 dan ortiq patent mavjud.

@kimdiraytganedi
125 views04:55
Open / Comment
2021-07-23 12:29:32
Butun koinot bir-biriga mehr-muhabbat rishtasi bilan bog‘langandir.
Mehr ulashishni o‘rgan!
U muhabbatning barchasiga qalbingda joy borligini, ko‘ngling anglab yetsin!
Muhabbatsiz insondan dunyo qo‘rqadi, buni unutma!


Mavlono Jaloliddin Rumiy

@kimdiraytganedi
159 views09:29
Open / Comment
2021-07-06 18:44:35
Agar Alloh biz bilan birga bo'lsa, bizga hech kimni kuchi yetmaydi...

https://t.me/kimdiraytganedi
235 views15:44
Open / Comment
2021-07-03 03:45:27
Odamlar ne’mat berilgan paytda bir xil bo‘ladilar. Agar ularga balo kelsa, kimning qandayligi oshkor bo‘ladi.

https://t.me/kimdiraytganedi
248 views00:45
Open / Comment
2021-07-03 03:45:27
Kechani o‘ylab siqilmang, ertani o‘ylab qayg‘uring!

O‘tmishni esdan chiqarib, kelajak sari yuring!

Muhimi ishonch. Ishonsangiz albatta ishg‘ol etasiz

https://t.me/kimdiraytganedi
209 views00:45
Open / Comment
2021-07-01 16:40:09 ​​​Kambagʻallar shifokori kimligini bilasizmi?

Muhammad Musholiy kambagʻallar shifokoridir. 1967 yilda tibbiyot fakultetini tugatgan. 99,3% bilan birinchi oʻrinni olgan.

Muhammad Musholiy 50 yildan beri oʻzining Tantodagi qabulxonasida bemorlarni qabul qiladi. Ularga hatto dori-darmon sotib olishlari uchun pul ham beradi. U faqir bemorlaridan 10 junayhdan ortiq pul olmaydi. 10 junayh 1 dollardan kamroq boʻladi.

Uning kamtarona qabulida har kuni yuzlab bemorlar navbatda saf tortib turishadi. Doktor Muhammad har kuni 10 soat ishlaydi. Uning mashinasi yoʻq. Yoshi 80 dan oʻtganiga qaramasdan uyidan qabulxonasigacha piyoda boradi. Koʻrfaz boylaridan biri u haqida eshitib 20 ming dollar va bitta yaxshi mashina sovgʻa qilganida u pullarni bemorlariga tarqatib mashinani sotib asbob-anjomlar, bemorlarini tekinga tahlil qilish uchun tahlil jihozlari sotib olgan.

Arab telekanallaridan birida “Qalbim xotirjam boʻldi” deb nomlangan teleloyiha bor. Unda Amirliklardan bir yigit nomini yashirib, yuzini koʻrsatmasdan faqirlarga katta-katta ehson qilib yuradi. Kimgadir uy olib beradi. Kimningdir qarzini toʻlab beradi. U oʻzini Gʻays deb tanishtiradi. Ana shu yigit doktor Muhammad haqida eshitib uni topib keladi. Unga 1000000 junayh beradi. Doktor Muhammad “men otamga ahd berganman”, deb pullarni olmaydi. Koʻrsatuv ijodkorlarini va Gʻaysni yetimlar bor boʻlgan tomonga yoʻnaltirib yuboradi.

Doktorning muxlislari “unda sahobalar xislatini koʻramiz” deyishadi.

Doktor Muhammad Musholiy aytadi: “Tibbiyot fakultetini bitirganimdan soʻng ayon boʻldiki, otam meni shifokor qilish uchun oʻzlari davolanishlari lozim boʻlgan pullarni ishlatgan ekanlar. Shundan soʻng faqir va yoʻqsillardan bir qirsh ham olmayman deb ahd berganman”.

@kimdiraytganedi
181 views13:40
Open / Comment
2021-06-25 21:12:12 #mutolaa #tavsiya
Maqsad
Shaha Dolimov

Oʻzbekistonlik mashhur bloger Shaha Dolimovning oʻz hayot yoʻli haqida yozgan kitobini sizlarga taqdim etamiz. Oʻqing, motivatsiya olsa boʻladigan kitob.

https://t.me/kimdiraytganedi
181 views18:12
Open / Comment
2021-06-25 19:12:41

"Chet elda shvabrani ushlab yig'lagan paytim bo'lgan" — halollikni foydadan ustun ko'ruvchi o'zbek o'g'loni bilan suhbat

Hayot bizga turli saboqlar berish bilan birga, maktab vazifasini ham o'taydi. Aynan shu maktabdan katta tajriba egallagan insonlarni samimiy suhbat davomida tanitib kelayotgan ko'rsatuv — "Osmondagi bolalar" loyihasining 15-soni mehmonidan ham yangi saboqlar olishingizga shubha yo'q.

Ko'rsatuvning 15-soni mehmoni, Cambridge International University va bir qancha loyihalar asoschisi — Umidjon Ishmukhamedov intervyu davomida o'zlarining yoshligida dangasalikdan qanday qilib qutulganligini hamda vaqtni to'g'ri taqsimlash borasidagi maslahatlarini berib o'tdilar.

Premyera bugun soat 21:00 da bo'lib o'tadi!

Havola:




Umidjon Ishmukhamedovning ijtimoiy tarmoq sahifalari:
Telegram | Instagram | Tiktok | Youtube
171 views16:12
Open / Comment
2021-06-25 10:17:22
To'g'ri maqsad qo'ying.

Xo'sh, til o'rganish uchun harakat boshladingizmi? Maqsad qo'ydingizmi? Haligacha yo'qmi? Demak sizda boshlash yo'lida qandaydir arzimas to'siqlar, tushunmovchiliklar bor. Balki, istak kuchli emas, balki uddalay olmayman degan tushuncha bordir? Balki telefon va telegram orqali o'rganish imkonsiz degan fikrdasiz? Ishonavering bu usul samarasiga tez vaqt oralig'ida amin bo'lasiz. Til o'rganishda sizga to'siq bo'layotgan muammolarning ro'yxatini tuzib, tahlil qiling. Balki sizga oddiygina dangasalik xalaqt berayotgandir? Nima bo'lganda ham maqsad uchun kurashni boshlang.
Oddiygina harakatni boshlang. Natijasidan o'zingiz ham qoyil qolasiz. Zero, kimki chin dildan intilsa, barcha tilaklari ushaladi, degan oqilona fikr bor.
Shunday ekan, maqsad sari olg'a!

@sardordavlatov
149 views07:17
Open / Comment
2021-06-24 20:53:32
Maqsadlarni qo'yish va vaqtni boshqarish bo'yicha maslahatlar.

Vaqtni boshqara olish - bugungi kunning eng qiziqarli mavzusi. Vaqtdan samarali foydalanish haqida ma'lumot olmoqchi bo'layotganlarga bir talay kitob, kasseta, foydali jurnal va seminarlar taklif etilyapti. Vaqtdan unumli foydalanishni o'rganmoqchi bo'lganlar quyidagini eslab qoling: «Agar sizda aniq maqsadlar bo'lmasa, vaqtingizni samarali boshqara olmaysiz» Samara - bu aniq ifodalangan maqsadlar natijasi.

Agar maqsadlaringiz miyyangizda aniq va ravshan aks etmagan bo'lsa, vaqtni taqsimlash hal qiluvchi omil bo'lolmaydi. Bu oddiy holat. Shuning uchun maqsadlarni qog'ozga tushirish ham katta ahamiyatga ega.

@kimdiraytganedi
144 views17:53
Open / Comment