Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Abdulla Qodiriy tug'ilgan kuni ekan. Quyidagi videodagil | Matters

Bugun Abdulla Qodiriy tug'ilgan kuni ekan. Quyidagi videodagilar kabi mening ham bu buyuk ajdodlarimiz hayoti haqidagi bilimlarim juda ham sayoz. Tarixni, ayniqsa jadidlarimiz tarixini bilmaslik nafaqat uyat, balki bugungi kunimizdagi ko'p muammolarimiz sababi hamdir.

Farzandlarimga imkon qadar tushuntirishga, o'rgatishga harakat qilish yo'lida tez-tez eslataman, bilganlarimni gapirib beraman. Ko'rgazmalardan bilganlarim Adiblar hiyoboni (metroning Milliy Bog' bekati), Abdulla Qodiriy uy-muzeyi (hali bormaganmiz), inkuzartning mana shu asari bor.

Yaqinda esa Adib Halid qalamiga mansub Making Uzbekistan kitobining o'zbek tilidagi nashri taqdimotiga olib bordim. Baraka topsin, kitob Sardor Salim tomonidan tarjima qilingan.

Hali ko'p o'rganishimiz kerak bu mavzuni. Hali ko'plab ochilmagan arhivlar, aytilmagan gaplar bor. Nasib qilsin.
https://t.me/c/1309005724/118780