Get Mystery Box with random crypto!

Mavzuni davom ettirib... Tarixdan bilganimcha saboq berganim | Matters

Mavzuni davom ettirib...

Tarixdan bilganimcha saboq berganim uchun (jadidlar, Magadanga surgunliklar, bizniki bo'lmagan urush uchun qilgan qurbonlarimiz, qul o'laroq pahta, umuman hamma milliy boyliklarimizni qo'shqo'llab sovet hukumati, aniqrog'i Moskvaga 70 yildan oshiq vaqt davomida topshirib yurib, Orol dengizi kabi fojealar qurboni bo'lganimiz kabi) o'tgan yildayoq shu o'g'lim 'Rossiya' yozuvi bor o'zi avval judayam yoqtirgan 'sportivkasini' kiyishdan bosh tortdi. Urush boshlanganida farzandlarimga holatni tushuntirish qiyin bo'lmadi. Avvaldan sobiq Ittifoq odamlariga o'zining qarolidek nazar bn qaragan bu hukumatning shu insonlarga nisbatan bosqinchilik ishlari hayron bo'ladigan holat emas.

Ha, boshqa katta davlatlarning siyosiy qilmishlari har doim ham to'g'ri emas va bo'lmagan. Ularga nisbatan ham fikrlarim qat'iy. Ammo, hozirgi vaziyat aynan bizga, bizning davlatimiz va odamlarimizga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri borligi uchun, to'g'ri baxoimiz va fikrlarimiz juda ham zarur.

#ourstancematters