🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ustama haq belgilash uchun o‘tkazilgan test sinovlarining nati | MILLIY SERTIFIKAT

Ustama haq belgilash uchun o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari e’lon qilindi

Chet tillar o‘qituvchilarining oylik maoshlariga ustama haq belgilash uchun 2021-yil 26-28-dekabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarinig uchta tarkibiy bo‘limi (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar) bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi.

O‘qituvchilar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Hozirda test sinovi natijasiga muvofiq tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlarining har biridan 50 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilarning yozma ishlari tekshirilmoqda. (@nsfla_uz)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat