🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi Chet tilini bilish d | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tili imtihoni sanalari belgilandi

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi. (@nsfla_uz)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat