Get Mystery Box with random crypto!

Tarmoq va tizim administratorligi

Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi T
Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi
Channel address: @tarmoq_tizim
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1.39K
Description from channel

admin: @blackroot
Cisco and Fortinet instructor

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2022-03-26 20:02:31 Keyingi post Linux kursi haqida
972 views17:02
Open / Comment
2022-03-26 19:57:18
DevOps bilim xaritasi. DevOps uchun nimalar kerak?

@tarmoq_tizim
985 viewsedited  16:57
Open / Comment
2022-03-26 19:56:47 Tarmoq administratorligi kursi

Tarmoq administratorligi kursi Cisco qurilmalari asosida o‘rganiladi. Nima uchun 2 oy ? Kursda asosiy amaliyotga eʼtibor qaratiladi va ish jarayonida kerak bo‘ladigan boshlang‘ich asosiy bilimlar beriladi. Dastlabki 4-5 hafta simulyator dasturi orqali tarmoqlar haqida dastlabki bilimlar, IPv4, IPv6 bilan ishlash, tarmoq protokollari va tarmoq texnologiyalari o‘rganiladi (mavzularni birma-bir yozmadim). Qolgan 3-4 hafta real Cisco qurilmalar bilan laboratoriyada amaliyot ko‘rib o‘tiladi.

Dars kimlar uchun mos keladi?

Bo‘lajak tarmoq administratorlari uchun. Ushbu kurs kelajakda tarmoq administratori bo‘lish istagida bo‘lgan, lekin nimadan boshlashni bilmasdan boshi qotib turgan va hech bo‘lmaganda boshlang‘ich turtki bilan kelajakda o‘zi bemalol olib ketadigan yoshlar uchun. Agar haqiqatda iqtidoringiz bo‘lsa, mana shu 2 oylik kurs bilan sohaga kirib, qolganini o‘zingiz bemalol eplab keta olishingiz ham mumkin. Haqiqatda iqtidoringiz bo‘lsa, o‘z faoliyatim jarayonida bunday tinglovchilarga duch kelganman.

Kelajakda Cisco sertifikatiga tayyorlanmoqchi bo‘lganlar uchun. Tarmoq haqidagi bilimlari mavjud bo‘lmagan inson Cisco CCNA sertifikatiga yaxshilab tayyorlanish uchun odatda 8-12 oy talab qilinadi. Bu sohada umuman tushunchasi yo‘q insonlar uchun mana shu kurs soha haqida umumiy tasavvur shakllanishiga yordam berishi va Cisco CCNA sertfikatsiya kursida o‘qish istagi paydo bo‘lishi mumkin (6 oylik Cisco CCNA kurslarini keyinchalik ochish rejalashtirilgan). Baʼzi insonlarda esa, aksincha yuqorida aytib o‘tib ketilganidek, iqtidori bo‘lsa shu 2 oylik kurs bilan ham turtki olib, balki qolgan bilimlarni o‘zi o‘rgangan holda sertfikatsiyaga o‘zi tayyorlanishi ham mumkin.

DevOps sohasida ishlash istagidagilar uchun. Hozirgi kunda DevOps mutaxassislari uchun ham talab kuchayib bormoqda. Bu sohada nafaqat dasturlash tillari yoki qaysidir texnologiyalar balki ko‘plab sohalardan bilimlarni talab qilinadi, hech bo‘lmaganda boshlang‘ich bilimlarni. Mana shu bilimlar orasida tarmoq texnologiyalari haqida ham tushunchaga ega bo‘lish talab qilinadi. Quyida DevOps uchun bilim xaritasi keltirib o‘tilgan (rasm). DevOps sohasiga kirish istagida bo‘lgan va manda individual darslar olgan va har bir soati uchun 25-30$ to‘lagan tinglovchilar ham bo‘lgan.

Kurs davomiyligi: 2 oy

Dars o‘tish kunlari: har seshanba va payshanba kunlari. Har 2 haftada bitta shanba kuni ham dars bo‘ladi. Yaʼni, bir oyda umumiy 10 ta dars o‘tiladi.

Dars o‘tish vaqti: 18:30 dan 21:00 (21:30 gacha ham davom etishi mumkin)

Dars o‘tish manzili: TATU, O‘zbek-Hind AT markazi

Kurs uchun to‘lov: oyiga 700 ming so‘m. To‘lov har oyning boshida to‘lanadi. Agar 2 oy oldindan to‘lansa, 1 million 300 ming so‘m.

Kursga yozilish uchun manga (@blackroot) murojaat qilasiz.

P.S. Bir narsani yoddan tuting kurslar taxminan 5 apreldan boshlanishi rejalashtirilgan. Va bilasiz aprel oyi Ramazon oyi. Agar ro‘za sababli darsga ulugura olmasangiz, bu holatlarni ham hisobga oling.

@tarmoq_tizim
1.1K viewsedited  16:56
Open / Comment
2022-03-26 19:01:13 Assalomu alaykum

Tarmoq administratorligi
(2 oy) va Linux (2+2+2) kursiga qabul boshlanganini eʼlon qilmoqchiman. Endi har bir kurs haqida batafsil maʼlumot berib o‘tmoqchiman.

davomi keyingi postlarda ...

@tarmoq_tizim
1.1K views16:01
Open / Comment
2022-03-15 12:22:24 Linux kursida o‘qimoqchi bo‘lganlar soni 100 tadan oshibdi. Demak 4-5 ta guruh shakllantirilsa ham bo‘ladi. InshaAlloh yaqin kunlarda Linux kurslarini ochamiz.

@tarmoq_tizim
1.4K views09:22
Open / Comment
2022-03-11 20:59:02
Linux bo‘yicha kurslarni so‘rashmoqda. Kurs offlayn rejalashtirilgan. To‘lov oyiga 800-900 ming so‘m. Manzil hozircha TATU, Hind markazi. Darslar kechqurun mo‘ljallangan.

Linux bo‘yicha 4-6 oylik offlayn kurs tashkil qilinsa, siz ishtirok eta olasizmi?
Anonymous Poll
34%
Ha
66%
Yo’q
435 voters2.0K views17:59
Open / Comment
2022-03-09 15:30:49 Shunday qilib, Windows Server 2019 bo‘yicha darslarimiz hozircha shu.

Videolarning Youtube linklarini boshqalar bilan share qilasiz degan umiddaman

@tarmoq_tizim
1.9K viewsedited  12:30
Open / Comment
2022-03-09 05:02:05 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars

Mavzu: 24. Windows Server 2019 - Guruh qoidalari bilan ishlash - Brauzer va undagi proxy serverlarni boshqarish

Video ko'rish:



1.9K views02:02
Open / Comment
2022-03-07 15:57:46 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars

Mavzu: 23. Windows Server 2019 - Guruh qoidalari bilan ishlash - Foydalanuvchilar uchun Internet tarmogʻini cheklash (bloklash)

Video ko'rish:



1.9K views12:57
Open / Comment
2022-03-04 15:08:28 Windows Server 2019 kursidagi navbatdagi dars

Mavzu: 22. Windows Server 2019 - Guruh qoidalari bilan ishlash - Foydalanuvchilar uchun tizim boshqaruv imkoniyatlarini cheklash

Video ko'rish:



2.0K views12:08
Open / Comment