Get Mystery Box with random crypto!

Tarmoq va tizim administratorligi

Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi T
Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi
Channel address: @tarmoq_tizim
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1.39K
Description from channel

admin: @blackroot
Cisco and Fortinet instructor

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 5

2021-03-11 11:48:40 Assalomu alaykum. Tarmoq va tizim administratorligini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun maʼlumot.

Yaqin kunlarda 2 ta guruh: Cisco va Linux bo‘yicha kurslarni ochaman. Darslarni o‘zim o‘taman. Demak kurslar quyidagicha:

Tarmoq administratorligi kursi. Cisco materiallari va real qurilmalar asosida o‘tiladi. Bu kursda Cisco sertifikatsiyasiga emas, ko‘proq amaliyotga (praktika) eʼtibor qaratiladi va asosan ish jarayonida kerakli bo‘lgan mavzular ko‘rib o‘tiladi. Kurs davomiyligi 2 oy. Kurs narxi bir oyga 800 ming so‘m. Agarda 2 oylik birdaniga to‘lansa, 1 million 600 ming so‘m emas, balki 1 million 500 ming so‘m to‘lanadi. Guruhda maksimum - 15 kishi.

Linux tizim administratorligi. Kurs davomiyligi 4 oy. Kurs 2 qismdan iborat. Dastlabki 2 oyda to‘liq Linux operatsion tizimi bilan ishlash o‘tiladi. Keyingi 2 oyda to‘liq administratorlik kursi o‘tiladi. Birinchi bosqichda o‘qimaganlar, keyingi bosqichga qabul qilinmaydi. Sababi, "Linuxni zo‘r bilaman" deb, administratorlik kursida qotib qolganlarni ko‘p ko‘rdim. Shu sababli shu qarorga keldim. Kurs narxi bir oyga 850 ming so‘m. 2 oyni to‘liq to‘laganlarga oyiga 800 ming so‘mdan. Guruhda maksimum -15 kishi.

Kurs o‘tish manzili: TATU, D blok, O‘zbek-Hind AT markazi.

Instruktor-trener:
Toshev Sanjar

Guruh to‘lishi bilan qabul to‘xtatiladi:


Qisqa savollarga qisqa javoblar:

Probniy dars bo‘ladimi?

Yo‘q. Probniy dars bo‘lmaydi. Shu sohada 7 yildan beri dars berib kelaman. Bu sohada pedagogik mahoratim yetarli. Tarmoq sohasida nafaqat xalqaro sertifikat, balki shu kurslarda dars o‘tish bo‘yicha ham chet elda mutaxassislar oldida imtihon topshirganman. Bu haqida ushbu postda batafsil maʼlumot olishingiz mumkin. Buni manmanlik yoki kibr deb tushunmang, baʼzi insonlar kelib shu darajada ezmalanadi yoki asabga o‘ynaydiki, bunaqa toifadagilar uchun dars o‘tish shart emas.

Pulini keyinroq to‘lasam bo‘ladimi?

Yo‘q. To‘lov boshidan to‘liq kurs uchun yoki har oy uchun boshidan amalga oshiriladi.

Dasturlashni eplolmadim. Administratorlikni eplay olamanmi?

Shuncha yillik dars o‘tish jarayonida quyidagi holatlar kuzatilgan. Dasturlashga qiziqmagan yoki qiziqqan bo‘lsada lekin eplay olmagan tinglovchilar, administratorlik kursi oson deb o‘ylashsa, bu xato fikr. Administratorlik kursida undanda qiynaladi. Cisco kursida ham Linux kursida ham to‘liq buyruqlar satri bilan ishlaymiz. Linux kursida dasturlash qismi bor.

Kurslarda qatnamoqchi bo'lganlar ushbu post ostidagi izohlarda yoki manga (@blackroot) Ism va familiyangiz, telegram user name va kurs nomini qoldiring. Misol uchun: Van Dam, @vandamuzbekman #cisco yoki #linux

P.S. Postda ba'zi imloviy xatolar ketgan bo'lsa uzr :)

@tarmoq_tizim
344 viewsedited  08:48
Open / Comment
2021-02-21 15:51:40 Sizlar uchun yana bir foydali kanalimiz bo‘lmish - @qiziqfan kanalimizni tavsiya etaman. Har kuni berib boriladigan qiziqarli fakt va maʼlumotlarga ega bo‘ling. Bizning kanal quyidagi manzilda @qiziqfan . Kanalga aʼzo bo‘lishni unutmang!


@tarmoq_tizim
669 viewsedited  12:51
Open / Comment
2021-02-21 13:52:28 Kerio Control bo‘yicha maslahat

Ko‘pchilik Youtubeni Kerio Controlda bloklay olmay xunob bo‘ladi. Web filter yordamida URLga YouTube kabi qism so‘zlarni yozgani bilan foydasiz. Bu amal Firefox, IE, Opera kabi brauzerlar uchun ishlashi mumkin. Lekin, Google Chromega tishi o‘tmaydi. Sababi, Google Chromeni o‘zi Youtubega bog‘lanishda QUIC protokolidan foydalanadi. QUIC protokoli UDP protokollari toifasiga kiradi. Kerio Control Web filtrda transport darajasidagi TCP protokollarini bloklaydi. Shu sababli Trafic rules qismida UDP protokolining 443 portini yopish samaraliroq usul sanaladi.

Kerio Controlni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun manba https://taplink.cc/admintarmoq/p/1da263/

@tarmoq_tizim
1.0K viewsedited  10:52
Open / Comment
2021-02-20 18:39:41
WiFi to‘lqinlarning xonada tarqalishiga eʼtibor bering

@tarmoq_tizim
871 views15:39
Open / Comment
2021-02-06 21:11:13 Cisco instruktorlari haqida

Ko‘plab kanal aʼzolari tomonidan yana Cisco kurslari bo‘yicha savollar kelib tushmoqda.

Hozir mana shu jarayonda dars o‘tuvchi Cisco o‘qituvchi-instruktorlari haqida maʼlumot bermoqchiman.

Cisconing birorta sertifikatiga ega inson shu sohada dars bera olish huquqi borligini bildirmaydi. Misol uchun, CCNA kursi bo‘yicha dars o‘tmoqchi bo‘lgan o‘qituvchida kamida CCNA sertifikati bo‘lishi bilan birgalikda unga Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi berilishi lozim. Bu huquq esa albatta imtihon topshirib olinadi. Lekin, bu CCNA sertifikatini olish jarayonidagi imtihondan butunlay farq qiladi.

CCNA sertifikatini olish uchun topshiriladigan imtihonlar belgilangan markazlardagi kompyuterda maxsus tizimlar orqali topshiriladi. O‘zbekistonda bu kabi test topshirish markazi faqatgina uchta: GBRS, Softline Edusation va Misros. Siz faqat shu 3 tadan bittasini tanlashingiz mumkin. Va bu imtihon jarayonida faqatgina bitta kuzatuvchi sizni nazorat qilib turadi. Sabab, tashqi resurslardan (telefon, kitob, shpargalka) foydalanmasligingiz uchun.

CCNA instruktorlik imtihoni esa butunlay farq qiladi. CCNA sertifikatiga ega shaxs CCNA Intruktorlik uchun yana boshqa kursni o‘qiydi. Oraliq imtihonlarni topshiradi va Cisco laboratoriyasida qurilmalardan foydalangan holda berilgan muammoli masalalarni yechish orqali imtihon topshiradi. Bunda har bir vazifa bir yoki undan ortiq odam tomonidan nazorat qilinishi va tekshirilishi mumkin. Ham nazariy ham amaliy imtihonlardan o‘tgandan keyingina Cisco kompaniyasi tomonidan dars o‘tish huquqi beriladi va bu huquqni olgan instruktor birorta Cisco akademiyasiga biriktiriladi. Cisco intruktorligini olish huquqini olish uchun topshiriladigan imtihon markazlari O‘zbekistonda mavjud emas (agarda oxirgi oylarda ochilmagan bo‘lsa). Man o‘zim ham instruktorlik huquqini olish uchun Gruziyada imtihon topshirganman.

Sizga kimdir Cisco kursini taklif etmoqdami, demak dastlab siz u insonni tekshirib ko‘ring, Cisco bo‘yicha sertifikatga egami, agar yo‘q bo‘lsa, xayrlashavering. Agar mavjud bo‘lsa, unda dars o‘tish huquqi bor yoki yo‘qligini tekshiring, rasmiy birorta Cisco akademiyasiga biriktirilganmi yoki yo‘qmi uni ham tekshiring, yaʼni sizni o‘qitmoqchi bo‘lgan CCNA kursi uchun tizim o‘qituvchini familiyasini chiqarib berishi zarur. Agar tizim o‘qituvchini familiyasini ko‘rsatmayaptimi, demak ehtiyot bo‘ling. "Anavi palonchi akademiyada ishlayman" degani bilan unda huquq bo‘lmasligi mumkin. Agar unda huquq bo‘lmasa Cisco tizimiga uni hech kim instruktor sifatida qo‘sha olmaydi, u hattoki akademiya direktori bo‘lsa ham. Instruktorlar butun dunyo bo‘yicha Cisco kompaniyasi tomonidan markazlashtirilgan holatda boshqariladi. Mana shu tomonlarni ham hisobga oling.

@tarmoq_tizim
1.2K views18:11
Open / Comment
2021-02-04 12:31:27 Cisco Packet Tracer 8.0 (Windows OS, 64 bit)

@tarmoq_tizim
1.6K views09:31
Open / Comment
2021-02-04 12:28:59 Cisco Packet Tracer 8.0 (Windows OS, 32 bit)

@tarmoq_tizim
1.5K views09:28
Open / Comment
2021-02-04 12:25:16 Cisco Packet Tracer simulyator dasturining yangi 8.0 versiyasi chiqdi. Ushbu versiyada qanday yangiliklar bor? Javobini ushbu video orqali bilib olishingiz mumkin.

@tarmoq_tizim



1.3K views09:25
Open / Comment
2021-02-03 16:12:28 GNS3 dasturi (Mac OT tizimi uchun)

@tarmoq_tizim
1.2K views13:12
Open / Comment
2021-02-03 16:11:01 GNS3 dasturi (Windows OT tizimi uchun)

@tarmoq_tizim
1.2K views13:11
Open / Comment