Get Mystery Box with random crypto!

Tarmoq va tizim administratorligi

Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi T
Logo of telegram channel tarmoq_tizim — Tarmoq va tizim administratorligi
Channel address: @tarmoq_tizim
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1.39K
Description from channel

admin: @blackroot
Cisco and Fortinet instructor

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 6

2021-02-03 16:04:44 Ko‘pchilik "Tarmoq texnologiyalarini o‘rganishda qaysi dastur qulay?" deb so‘rashadi. Bu sohani endi o‘rganmoqchi bo‘lganlarga Cisco Packet Tracer simulyator dasturini tavsiya etaman. Bu sizning tarmoq texnologiyalarini o‘rganishingiz uchun dastlabki bosqich ehtiyojlaringizni bemalol qondira oladi. Keyingi bosqichda tavsiya bera olishim mumkin bo'lgan dasturlardan biri bu - GNS3 emulyator dasturidir. Ushbu emulyator dastur murakkab tarmoqlarning simulyatsiyasini shakllantirishda qo‘l keladi. Buning afzallik tomoni ushbu dasturdagi virtual qurilmalarni real qurilmalar bilan integratsiyasini amalga oshirish mumkin.

@tarmoq_tizim
910 views13:04
Open / Comment
2021-02-01 19:08:32 Kuchli bilim berish uchun nafaqat bilim, balki pedagogik qobiliyat talab etiladi. Kuchli pedagogik qobiliyat bo‘lib, bilim bo‘lmasa u ham foydasiz. Eng yaxshi ustoz bilimi ham, pedagogik qobiliyati ham bor ustoz sanaladi. Agarda qo‘shimcha ravishda amaliy ko‘nikmalar bo‘lsa, undanda zo‘r.

Hayotiy tajribamda ko‘p bilimli insonlarni ko‘rdim, haqiqatda bilimi kuchli, berilgan vazifalarni aʼlo darajada bajaradi. Lekin, bu turdagi insonlarning hammasi ham bilimni boshqalarga yetqazib bera olmaydi. Sabab pedagogik qobiliyat yo‘q. Shu sababli ustoz tanlashda albatta o‘sha ustozda sizdan oldin taʼlim olganlardan maslahat so‘rang.

@tarmoq_tizim
292 views16:08
Open / Comment
2021-01-25 17:20:51 Telegram proflingizdagi ism familiyangizni Saved Messages deb o'zgartirib ko'rganmisiz? Faqat ism familiyangizni o'zini yozib ko'ring. Hech qanday bio, nickname ma'lumotlarini yozish kerak emas. Qiziq holat yuz berar ekan.
746 viewsedited  14:20
Open / Comment
2021-01-12 23:26:15 Cisco vs Huawei
Tarmoq sohasida ko‘pincha Cisco, Huawei yoki boshqa vendorlarni solishtirganda qaysi biri ustun deyishadi? Bir narsani tan olish kerak bu sohada AQSh vendorlari ancha oldinda turadi. Sabab nimada? Sabab, AQShdagi vendorlar doimiy ilmiy izlanishda va ilmiy izlanish natijalarining implementatsiyasi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Va bu bir necha yillardan beri takrorlanib kelmoqda. Barcha kompaniyalarning qurilmalarida qo‘llaniladigan protokollar va texnologiyalarning tarixi va hozirgi holatini solishtirsak ham AQSh kompaniyalari oldinda. Misol uchun, Cisco tomonidan 1990 yillarda ishlab chiqilgan PAGP protokolining ochiq standartlardagi prototipi LACP 2000 yilda chiqqan. Ya’ni farq 10 yil. Bunaqa holatlar ancha ko‘p. Cisco doim ancha oldin yurishga intiladi va uddalamoqda ham. Bularning barchasi IMHO.

@tarmoq_tizim
1.2K viewsedited  20:26
Open / Comment
2021-01-08 21:22:34 ​​ Keng ko‘lamli hakerlik hujumlari ortidan AQSHda kiberxavfsizlik byurosi tashkil etiladi

AQSHda kiberxavfsizlikni yaxshilash maqsadida yangi byuro tashkil etiladi. Bu haqda 7 yanvar kuni Davlat departamenti maʼlumot tarqatdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga AQSHdagi hukumat idoralari va xususiy shirkatlar tarmoqlari misli ko‘rilmagan hakerlik hujumi nishoniga aylangani turtki bo‘ldi. Hujum ortida rus hakerlari turgani aytilmoqda.

Davlat departamenti saytida eʼlon qilingan bayonotda qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Kiberxavfsizlik va rivojlanayotgan texnologiyalar byurosini (CSET) tashkil etish taklifini rasman maʼqullagan.

Bayonotda keyingi oylarda Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va boshqa dushmanlar AQSH milliy xavfsizligiga solayotgan tahdid kuchaygani taʼkidlangan.

Shu yilning 5 yanvar kuni AQSH hukumati mamlakatdagi davlat va xususiy shirkatlar tarmoqlariga qilingan yirik hakerlik hujumi ortida, dastlabki xulosalarga ko‘ra, Rossiya turganini ochiqlagan edi. Moskva bu ayblovlarni rad etgan.

@tarmoq_tizim
7.7K views18:22
Open / Comment
2020-12-26 11:38:16 Najot ilmdadir

Siz ilm-fanga va turli xil qiziqarli faktlarga qiziqasizmi? Aynan shu mavzuda o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi @qiziqfan kanalimizni tavsiya etamiz. Har kuni o‘zingiz uchun bu dunyoning siz bilmagan ilmlaridan boxabar bo‘ling, qiziqarli fakt va maʼlumotlarni kuzatib boring. Barcha faktlar bilan tanishib chiqish uchun kanaldagi barcha maʼlumotlarga hech bo‘lmaganda bir eʼtibor berib chiqing.

Kanalga hoziroq aʼzo bo‘ling: @qiziqfan
1.1K views08:38
Open / Comment
2020-12-23 13:20:55
Tarmoqchilarning bayram uchun bezatgan archalari

@tarmoq_tizim
1.6K views10:20
Open / Comment
2020-12-16 20:43:20
Kerio Control va WindoWs Server administratorligi bo‘yicha o‘zbek tilidagi video darsliklar uchun navbatdagi chegirmalarni eʼlon qilamiz.

Bu Tizim administratorligi kursini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao.

Siz faqatgina 26 dekabrga qadar video darsliklarni quyidagi chegirmalar asosida qo‘lga kiritishingiz mumkin:

Kerio Control darsligi aksiya doirasida 750 ming so‘mga emas, balki 399 ming so‘m. Bu imkoniyatdan faqatgina 18 kishi foydalana olishi mumkin.

Windows Server darsligi aksiya doirasida 450 so‘mga emas, balki 299 ming so‘m. Bu imkoniyatdan faqatgina 8 kishi foydalana olishi mumkin.

Kerio Control darsligi mavzulari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga kiring: https://taplink.cc/admintarmoq/p/1da263/

Windows Server darsligi mavzulari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga kiring: https://taplink.cc/admintarmoq/p/1da269/

Kursni sotib olish uchun aloqa: @blackroot

@tarmoq_tizim
1.8K views17:43
Open / Comment
2020-12-13 23:21:50
RJ-45 uylari

Bu uyni tarmoq administratori loyihalagan bo'lsa kerak

@tarmoq_tizim
1.4K views20:21
Open / Comment
2020-11-19 18:01:09
Bu rasmning ma'nosini tarmoq administratorlari juda yaxshi tushunishadi. Siz bu rasmni tushunmadingizmi, demak hali tarmoq bo'yicha bilimlaringiz juda past

@tarmoq_tizim
1.6K views15:01
Open / Comment