Get Mystery Box with random crypto!

TELERADIO.UZ / Kelajak teleradiosi ®

Logo of telegram channel teleradiouz_official — TELERADIO.UZ / Kelajak teleradiosi ® T
Logo of telegram channel teleradiouz_official — TELERADIO.UZ / Kelajak teleradiosi ®
Channel address: @teleradiouz_official
Categories: News
Language: English
Subscribers: 145
Description from channel

"Kelajak internet teleradiokompaniyasi" muassisligidagi TELERADIO.UZ internet teleradiosining telegramdagi rasmiy kanali.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 7

2022-05-28 22:24:54
"Liverpul" futbolchilari bo'lgan avtobus ancha vaqt tirbandlikda qolib ketgan. Bu ham o'yin boshlanish vaqti kechikishiga sabab bo'lgan.
72 views19:24
Open / Comment
2022-05-28 22:24:43
O'yin kechikishiga asosiy sabab esa stadionga kirishda kelib chiqqan muammolar. Minglab chiptasiz muxlislar stadionga kirishga uringan va ko'pchiligi bunga erishgan ham.
74 views19:24
Open / Comment
2022-05-28 17:40:17 Samarqanddagi 11 qavatli "mashhur" mexmonxona buziladigan bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro o'zboshimchalik bilan uyiga 11 qavatli mehmonxona qurib olganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish vazirligi matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand tumani Joyi Soy mahallasida fuqaro F.Xalilov o‘z uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr o‘lchamdagi 11 qavatli 2 qavat yerto‘lali mehmonxona binosini qurgan.

Vazirlik xabariga ko'ra, bu binoda qurilish ishlari hech qanday rasmiy hujjatlarsiz amalga oshirilgan. Xususan, bir qancha noqonuniy qilingan ishlar bo'yicha batafsil ma'lumotlar e'lon qilindi:

 - Qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish boʻlimining ruxsatnomasi mavjud emas;
- Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (APZ) mavjud emas;
- Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
- Belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan oʻtmagan;
 -Mehmonxona majmuasi obyekti bosh rejasini naturaga koʻchirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (SHNK 3.01.01-03ning 2.4 bandi bajarilmagan);
 -Qurilish obyektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmadi;
-SHNK 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmadi.

Yuqoridagi kamchiliklar mavjud boʻlsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlangʻich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan soʻng ”Konstant proyekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari toʻliq ishlab chiqilmagan.

"Triumf Proyekt" MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan to‘liq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yo‘q. Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsada fuqaro F.Xalilov tomonidan ish o‘zboshimchalik bilan davom ettirilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, binoning seysmik holati o‘rganib chiqilib, “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi o‘z tasdig‘ini topgan hamda binoni buzish bo‘yicha xulosa berilgan.

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
84 views14:40
Open / Comment
2022-05-28 17:39:43
Samarqanddagi 11 qavatli "mashhur" mexmonxona buziladigan bo'ldi

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
72 views14:39
Open / Comment
2022-05-28 17:35:46 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanoma berish jarayonlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 402-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va ayollar masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2022-yil 25-maydagi 18-sonli qarori Toshkent shahar Oila va ayollar masalalari boshqarmasi buyrug‘i bilan davlat grantlari bo‘yicha tavsiyalar berish jarayoni boshlanadi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar qildi.

Tavsiyanoma olishga talabgorlar:

- Kam ta'minlangan oilalar ayollari (bir oila a'zosiga to'g'ri keladigan o'rtacha oylik daromad, umumiy daromad aniqlangan davrda eng kam ish haqining 0,527 baravaridan oshmaydi);

- To‘liqsiz oilada tarbiyalangan, ya’ni otasi yoki onasi yoki ikkalasi vafot etgan qizlar ijtimoiy himoyaga muhtoj;

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, agar turmush o'rtog'i vafot etgan va voyaga etmagan farzandlarini yolg'iz tarbiyalayotgan bo'lsa;

- Nogiron bolali kam ta'minlangan oilalar ayollari;

- Ijtimoiy himoyaga muhtoj, 14 yoshgacha ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari;

- Ota-onadan biri yoki ikkalasi birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo'lgan muhtoj oilalar ayollari.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarning hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 30 mayidan 8 iyuniga qadar “Women-uz” platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
71 views14:35
Open / Comment
2022-05-28 17:35:36
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga davlat granti uchun tavsiyanoma berish jarayonlari boshlanadi

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
64 views14:35
Open / Comment
2022-05-28 17:31:22 Путин армияни кенгайтиршни осонлаштиришга оид қонунни имзолади

Россия Президенти Владимир Путин россияликлар ва чет элликлар учун Россия Федерацияси Қуролли Кучларида (ҚК) хизмат қилиш учун биринчи шартномани тузишда энг юқори ёш чегарасини бекор қилувчи қонунни имзолади.

Жорий йилнинг 25 май куни Давлат Думаси тегишли қонун лойиҳасини бир вақтнинг ўзида учта ўқишда қабул қилди, худди шу куни у Федерация Кенгаши томонидан маъқулланди.

Илгари ҳарбий хизматни ўташ шартномасини “18 ёшдан 40 ёшгача бўлган фуқаролар ва 18 ёшдан 30 ёшгача бўлган чет элликлар” тузиши мумкин эди. Янги қонун меҳнатга лаёқатли ёшдаги фуқароларга (хорижий фуқаролар) ҳарбий хизмат учун биринчи шартнома тузиш ҳуқуқига эга бўлган ёш чегарасини бекор қилди.

Қонун муаллифларининг фикрича, юқори ёш чегарасининг бекор қилиниши талаб қилинадиган соҳаларда, биринчи навбатда, фуқаролар билан боғлиқ бўлган, шу жумладан алоқа, муҳандислик ва тиббий ёрдам соҳасида шартнома асосидаги мутахассисларни ишга олиш имконини беради.

Қонун лойиҳасининг тушунтириш хатида қурол-яроғ ва ҳарбий техникадан фойдаланиш, шунингдек, юқори аниқликдаги қуроллардан фойдаланиш учун юқори малакали мутахассислар зарурлиги қайд этилган. Ташаббус муаллифларининг таъкидлашича, тажриба шуни кўрсатадики, бундай маҳорат даражасига 40-45 ёшда эришилади.

Давлат котиби – Россия Федерацияси Мудофаа вазирининг ўринбосари Николай Панков ҳужжатни Федерация Кенгашида кўриб чиқиш чоғида маълум қилишича, россияликлар ва чет элликлар 50 ёшга тўлгунга қадар ҳарбий хизматни ўташ учун шартнома тузишлари мумкин.

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
66 views14:31
Open / Comment
2022-05-28 17:31:14
Путин армияни кенгайтиршни осонлаштиришга оид қонунни имзолади

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
64 views14:31
Open / Comment
2022-05-28 17:30:52 Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Осиё кубоги учун якуний таркиби эълон қилинди

ЎФА Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Осиё кубоги учун якуний таркибини эълон қилди.

Тимур Кападзе мазкур рўйхатдан бир қатор ўзгаришларни амалга оширди. Жумладан, жароҳати борлиги айтилган ИброҳимҲалил Йўлдошев якуний таркибдан ўрин олмади. 

Дарвозабонлар: 1.Абдувоҳид Неъматов ("Насаф"), 12.Владимир Назаров ("Олимпик"), 21.Ҳамидулло Абдунабиев ("Олимпик").

Ҳимоячилар: 2.Саидазамат Мирсаидов ("Олимпик"), 3.Достонбек Турсунов ("Олимпик"), 4.Абубакр Ризо Турдиалиев ("Олимпик"), 5.Муҳаммадқодир Ҳамралиев ("Олимпик"), 13.Элдорбек Бегимов ("Олимпик"), 15.Одилбек Абдумажидов ("Ордабаси", Қозоғистон), 16.Алибек Давронов ("Насаф"), Шаҳзод Тоиров ("Олимпик"), Жалолиддин Содиқов ("Олимпик").

Ярим ҳимоячилар: 7.Ҳожимат Эркинов ("Пахтакор"), 8.Иброҳим Ибрагимов ("Металлург"), 9.Улуғбек Ҳошимов ("Нефтчи"), 10.Жасурбек Жалолиддинов ("Қайрат", Қозоғистон), 14.Аббосбек Файзуллаев ("Пахтакор"), 17.Диёр Ҳолматов ("Пахтакор"), 23.Абдурауф Бўриев ("Олимпик").

Ҳужумчилар: 11.Отабек Жўрақўзиев ("Олимпик"), 19.Русланбек Жиянов ("Олимпик"), 20.Ҳусайн Норчаев ("Насаф"), 22.Алишер Одилов ("Олимпик").

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!

https://t.me/teleradiouz_official
77 views14:30
Open / Comment
2022-05-26 20:40:05 YouTubeda tomosha qiling: Ko'chatlarni kuni bitdimi...


26 views17:40
Open / Comment