Get Mystery Box with random crypto!

Maʼrifat.

Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat. M
Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat.
Channel address: @ustozlarga
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.76K
Description from channel

📆 2019-12-20 ⏰15:36
📚 Yillik konspektlar
📚 Dars ishlanmalar
📚 Test toplami
📚 Media mashgʻulotlar
📚 Ssenariylar
📚 Koʻrgazmalar
«Билимга элтувчи ягона йўл бу - фаолиятдир»
📬 Faqat takliflar uchun;
🔵👉 @Messengerse1_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages 41

2021-11-01 21:23:06
Qahramonlar — bu...

Baʼzida mahalladagi meni taniydigan ota-onalar hali maktabga chiqmagan farzandlarini ham “Xudo xohlasa, Siz oʻqitib berasiz!”-deyishadi. Bularni eshitib, toʻgʻri yoʻlda ketayotganimni anglayman.

Andijonlik Ona tili va Adabiyot fani o'qituvchisi Gulbahor Qosimova bilan suhbat.

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
94 viewsedited  18:23
Open / Comment
2021-11-01 21:19:29
Fan oyligi yakunlandi


Tumanda faoliyat yuritayotgan barcha maktablarning fan o‘qituvchilari o‘tgan oyni qiziqarli va foydali o‘tkazish uchun tinimsiz izlanishdi.

Jumladan, 66-maktab jamoasi tomonidan aynan shu fan oyligiga mo‘ljallangan seminar tashkil etildi. Seminarda hududimizdagi barcha maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari qatnashdi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Abdullayeva tayyorlagan ochiq dars va sahna asarlari musiqiy kecha barcha o‘qituvchilarning olqishiga sabab bo‘ldi.

batafsil

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
110 views18:19
Open / Comment
2021-11-01 21:10:15
Янгиликлар 24 | «Китобхонлик ҳафталиги» доирасида ташкил этилган танловларнинг ғолиб ва совриндорлари аниқланди
#1nov #uzbekiston24

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
112 viewsedited  18:10
Open / Comment
2021-11-01 11:43:45
Yunusobodning lider qizlari aniqlandi

“Men iste’dodman”, “Sport malikasi”, “Texno tashabbus”, “Kitobning do‘stiman”, “Daromadli oshxona” kabi yangicha shartlar ostidagi bellashuvlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.
Ayniqsa, qizlarning kitoblar bilan qanchalik do‘stligini yaqqol ko‘rsatib bergan 4-shart bugunning dolzarb masalasi ekani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
4 ta seksiyaga bo‘lingan holda bellashgan qizlar orasidan 1-o‘rin 12-maktab o‘quvchisi Fotima Ismoilovaga, 2-o‘rin 70-maktab o‘quvchisi Nikita Yuldasheva hamda 9-maktab o‘quvchisi Ruxshona Ravshanovaga, 3-o‘rin 17- maktab o‘quvchisi Diyora Abduraxmonova hamda 58-maktab o‘quvchisi Muslima Yormatovaga nasib etdi.


batafsil

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
87 views08:43
Open / Comment
2021-11-01 07:02:55
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
319 viewsedited  04:02
Open / Comment
2021-10-31 15:18:37 Yaxshi hayot kechirish uchun insonga zarur bo'lgan 5 fazilat

Mahatma Gandining fikricha, munosib umr kechirish uchun har bir insonda quyidagi besh fazilat bo'lishi kerak:

1) Oʼzgarmoqlik:
«Sen dunyoni qanday koʼrishni xohlasang, shunga qarab, avvalo
oʼzing oʼzgar».

2) Savolni toʼgʼri bermoqlik:
«Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir».

3) Muntazam harakatda boʼlmoqlik:
«Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu- qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʼz imkoniyatimizni bilishga boʼlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan
rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin».

4) Kechirimlilik:
«Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi».

5) Eʼtiqodni mustahkamlamoqlik:
«Sizning eʼtiqodingiz – oʼy-hayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʼzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʼra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi».

"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan.

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
634 viewsedited  12:18
Open / Comment
2021-10-31 14:21:39 #Yakshanba_mutolaasi

Goʻzallik va Xunuklik
Soʻz yaratilgan davrlar… Sarvari Olam har kuni yer yuziga nedir tuhfa etardi. Bir kuni U Goʻzallik bilan Xunuklikni tanladi. Ular jannatdan yerga ayni subhidamda kelib, koʻl boʻyiga qoʻndilar. Yer oʻzining changi bilan yangi mehmonlarni obdon siylagan, choʻmilmasa boʻlmasdi. Yerdagi hayot haqida na Goʻzallikning, na Xunuklikning tasavvuri bor. Hech ikkilanmasdan kiyimlarini yechishadi-da, shir yalangʻoch koʻyi koʻlning sovuq suviga sakrashadi… Quyosh koʻtarilgan, odamlar uygʻongan. Yer isini tezda olgan Xunuklik bilsa hazil, bilmasa chin oʻyida qaltis oʻyinga qoʻl uradi. Hamrohi koʻlning ichkarisiga qadar suzib ketganida qirgʻoqqa chiqadi-da, Goʻzallikning libosini kiygancha juftakni rostlaydi. Sohilga qaytgach, Goʻzallik oʻzining tang ahvolda qolganini anglaydi: “Odamlar nega yigʻilgan? Ha, men yalongʻochman-ku!» — ming bir istihola bilan, ohista qadam tashlagancha kiyimlarini izlay boshlaydi, afsuski, topa olmaydi! Xunuklik qayoqqadir gʻoyib boʻlgan. Goʻzallik quyoshning sharmsiz nuri ostida kiyimsiz qoladi… Tomoshaga oʻch daqqifahm toʻda ayovsiz qah-qah otar, hiringlar, qoʻllarini bigiz qilgancha nelarnidir pichirlardi. Olam odamlarning shivir-shiviri, tussiz tovushiga toʻladi. Xoʻrlangan Goʻzallik noiloj qirgʻoqdagi kir-chir kiyimni egniga tashlaydi-da, xoʻrsingancha oʻz libosini qidira ketadi…
Goʻzallik hanuzga qadar oʻz libosini, oʻz oʻrnini izlagani izlagan… Ming yillardirki, sarsonu sargardon. Hali ham topa olgani yoʻq. Xunuklik esa hech tutqich bermayapti. Negaki, biladi: Goʻzallikning kiyimisiz yerda unga kun yoʻq. Hozir ham xuddi avvalgidek barkamollikning ortida yashiringancha hayotdan oʻzi nomunosib ulushni olyapti. Agar Xunuklikning asl qiyofasiga duch kelib qolsang bormi, bir necha soniya boʻlsin, toqat qila olmaysan. Shuning uchun ham asl basharasini — badbin yuragini yashirishga majbur.
Osho
Iqbol Qoʻshshayeva tarjimasi

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
575 viewsedited  11:21
Open / Comment
2021-10-30 19:15:27 Бағдодлик болажонлар ҳам “Меҳржон” ҳосил байрамини нишонлашди

"Бағдод туманидаги 14-сонли мактабгача таълим ташкилотида “Меҳржон” ҳосил байрами нишонланди", — дея хабар бермоқда Бағдод тумани МТБ раҳбари Озодахон Зияева.

Маълум қилинишича, олтин куз саховати, бободеҳқоннинг ундаги меҳнати, “Пахтаой” хирмони – буларнинг барчаси жажжи ширинтойлар томонидан саҳнада гавдалантирилган.

Тадбир болалар қалбида она ватанга муҳаббат, унинг бетакрорлиги ва муқаддаслигига ишонч, буюк мустақиллигимизга садоқат руҳини мустаҳкамлаб келаётган тарбиячи-педагоглар фарзандлар тасаввурини жаннатий ўлкамизнинг тароватли куз фасли, унинг зийнати ҳақидаги маълумотлар билан янада бойитган.

Таъкидланганидек, Дилобатхон Қорабоева раҳбарлик қилаётган 14-ДМТТда ўтказилган байрам тадбири ҳам тарбияланувчиларда бой таассурот қолдирган.

"Дунёда бола кулгусидек беғубор манзарани ҳали кўрмадим. Яқин 20 йилдирки, болажонлар тарбияси билан машғулман. Уларнинг бахтиёр нигоҳидан, шод-ҳуррамлигидан, ёрқин келажак ҳақидаги тасаввурларидан ўзимга куч, илҳом оламан. Боғчамизда ҳар қандай тадбир зўр уюшқоқлик ва юқори савияда ташкилланади. Бунда тарбиячи ходимларимизнинг, жажжи ўғил-қизларимизнинг ҳиссаси, фаол иштироки сезилиб туради. Куни кеча Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан ташкилланган тадбир намойиши ҳам меҳмонларга жуда маъқул келди. “Меҳржон” ҳосил байрамини ҳам ана шундай кайфиятда ўтказдик.", — демоқда опа.

Тадбирда шунингдек, ҳар бир гуруҳ ўз иқтидори ва салоҳиятидан келиб чиққан ҳолда олтин куз саховатини кўз-кўз қилувчи мева-сабзавотлар кўргазмасини намойиш қилган. Бунда тайёрлов ва катта гуруҳ тарбияланувчиларининг ижодкорлиги яққол ажралиб турди. Болажонлар кўргазмадан ўрин олган мева-сабзавотлар ҳамда полиз экинлари ҳақида тўлиқ маълумотлар берилган.

"Тадбир давомида турли эртаклар саҳнада жонлантирилди, қўшиқлар куйланди, рақслар ижро этилди. Гўзал юртимизнинг беқиёс табиати, боғларимизда, бепаён далаларимизда етиштириладиган сархил мевалар-у сабзавотлар тўғрисидаги маълумотлар болалар тилида янада жилоли бўлди. Энди тарбияланувчиларимиз билан 8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси кунига қизғин тадорик кўришни бошлаймиз", — дея ўз таассуротлари билан ўртоқлашди ташкилот методисти Моҳирахон Сиддиқова.

Қайд этилишича, ҳозирда 240 нафар бола тарбияланадиган мазкур мактабгача таълим ташкилоти бир неча бор “Энг обод маскан” сифатида эътироф этилган.

Фарғона вилояти мактабгача таълим бошқармаси ахборот хизмати.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
647 viewsedited  16:15
Open / Comment
2021-10-30 19:15:27
512 views16:15
Open / Comment
2021-10-30 17:25:25
Ўқитувчилар учун Президент томонидан тайинланган махсус қўшимча тўлов нега унутилди?

Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаев ва Халқ таълими вазири Шерзод Шерматов жавобгар бўлган Президент фармони, афсуски, ҳалигача тўлиқ бажарилмаяпти…

Батафсил manba


https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
905 viewsedited  14:25
Open / Comment