Get Mystery Box with random crypto!

Maʼrifat.

Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat. M
Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat.
Channel address: @ustozlarga
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.76K
Description from channel

📆 2019-12-20 ⏰15:36
📚 Yillik konspektlar
📚 Dars ishlanmalar
📚 Test toplami
📚 Media mashgʻulotlar
📚 Ssenariylar
📚 Koʻrgazmalar
«Билимга элтувчи ягона йўл бу - фаолиятдир»
📬 Faqat takliflar uchun;
🔵👉 @Messengerse1_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages 40

2021-11-10 12:33:04 #Tilchilar_bormisiz

Mana maktablarda yana darslar boshlandi. Siz kanalimiz orqali barcha fanlardan metodik yordam olishingiz va hamkasblaringizga o‘z metodik tajribalaringizdan ulashishingiz mumkin. Nomozov Asliddin muallifligidagi adabiyotdan testlarni taqdim etmoqdamiz.

Bizni kuzating https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
661 viewsedited  09:33
Open / Comment
2021-11-10 12:19:01
Qoraqalpog'istonda manzilli metodik xizmat ko'rsatish bo'yicha metodik-tur o'zining samarali natijasini berdi

Oʼquv yili davomida Qoraqalpog'istondagi 9 ta maktabda Nukus shahridagi Prezident maktabining chet ellik tajribali oʼqituvchilari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi fan metodistlari, “IT-markaz” tashkiloti hamda Rossiya davlatidan kelgan “Klass” loyihasi ishtirokchilari tomonidan manzilli metodik xizmat koʼrsatilib kelindi. 

Xo'sh, natijalar qanday bo'ldi?

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
567 views09:19
Open / Comment
2021-11-10 09:35:16
Kimyo, fizika va biologiya fani oʻqituvchilari malakasini oshirish boʻyicha ilmiy-amaliy seminar oʻz yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, STEM ta’limini rivojlantirish maqsadida fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini olib borish yuzasidan o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻtkazilgan 4 kunlik oʻquv-treningni o'z yakuniga yetdi.

Shuni qayd etish joizki, ITSM, Cambridge International School, Oxbridge International School hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya ishlari boʻyicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.

Marosimda seminarda ishtirok etgan oʻqituvchi-pedagoglarga hamda kitob va qoʻllanmalarni yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan mutaxassislarga umumiy hisobda 90 ga yaqin sertifikat topshirildi. Shu bilan birga, yana 3 nafar ishtirokchi “Xalq ta’limi a’lochisi” medaliga ega boʻldi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
596 viewsedited  06:35
Open / Comment
2021-11-10 09:33:44
#Kasaba_uyushmalari_kuni


Sport - tanaga quvvat

Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayxontohur tuman boʻlinmasi Kengashi tashabbusi bilan 39-maktabda tizimdagi Boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun “Sport-sogʻlik garovi” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi.

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Shayhontohur tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Axror Sultonov,tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlim mudiri Fotima Zohidova va boshlangʻich kasaba uyushma raislari ishtirok etdilar.
Tadbirni Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shayhontohur tuman boʻlinmasi kengashi raisi Dilnora Ulmasova ochib berdi.
Eʼtirof etilganidek, mamlakatimizdagi eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,8 ming boshlangʻich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
514 views06:33
Open / Comment
2021-11-05 16:33:50
Эроннинг чекка қишлоғидаги мактаб ўқитувчиси Али Моҳаммадиан, баъзи ўқувчилари касаллик сабабли сочлари тўкилган синфдошини масхара қилганини кўрибди. Ўқитувчи кулган болаларга танбеҳ бериб, жазолаш ўрнига ўз сочларини олдириб, касал ўқувчисини қўллашга қарор қилибди.

У «Ўқувчим Маҳан сочларидан айрилгач, дўстларидан узоқлашди ва доим хомуш юрадиган бўлиб қолди. Дарсларга ҳам қизиқиши камайди. Биргина истагим, унга яқин бўлиб, дарсларга эътиборини қайтариш эди» - дейди.

Бундан таъсирланиб синифидаги 23та ўқувчи ҳам, қиш бўлишига қарамай худди устози каби сочларини олдирибди...

Агар ўқитувчи идеалист бўлса, нураётган биноларни ҳам, сўнаётган қалбларни хам қутқара олади!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
912 viewsedited  13:33
Open / Comment
2021-11-03 08:16:51
#1_sinf_darsligi_uchun_AR_ilovasi
Tasviriy san'at darsligi uchun AR ilovasini yuklab oling!

Mobil ilova 2021-2022-oʻquv yili uchun chop etilgan yangi 1-sinf Tasviriy san'at darsligi uchun ishlab chiqilgan. Ilova bolalarga tasvirlarni harakatlanayotgan holda ko'rish va chizishni o'rganish imkonini beradi.

Dastur android bazasida faoliyat yurituvchi qurilmalarda foydalanishga moʻljallangan.

Dasturni yuklab olish

Interaktiv dasturni yuklab olishni yuqoridagi video-qoʻllanma asosida oʻrganib olishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
953 viewsedited  05:16
Open / Comment
2021-11-02 23:17:50
#Xabardormisiz


Endi boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish ruxsat berildi.
Bizni kuzating
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
1.2K views20:17
Open / Comment
2021-11-02 20:03:22
Isroil Tillaboyev Respublika taʼlim markazi direktor o'rinbosari lavozimiga tayinlandi

Taniqli matematika o'qituvchisi Isroil Roziqovich Tillaboyev Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi direktori o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xalq taʼlimi tizimida uzoq vaqt davomida faoliyat yuritib kelgan oʻqituvchining Xalq taʼlimi tizimi tashkiloti boshqaruv tizimiga masʼul etib tayinlanishi ramziy maʼnoga ega.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
775 viewsedited  17:03
Open / Comment
2021-11-02 09:59:45
Fakt 24 | Kembridj Universitetining 45 nomdagi oʼquv adabiyotlar majmuasi oʼzbek tiliga tarjima qilindi

Kanalga obuna bo'lish:

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
849 viewsedited  06:59
Open / Comment
2021-11-02 09:59:45
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
796 viewsedited  06:59
Open / Comment