Get Mystery Box with random crypto!

Maʼrifat.

Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat. M
Logo of telegram channel ustozlarga — Maʼrifat.
Channel address: @ustozlarga
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 1.76K
Description from channel

📆 2019-12-20 ⏰15:36
📚 Yillik konspektlar
📚 Dars ishlanmalar
📚 Test toplami
📚 Media mashgʻulotlar
📚 Ssenariylar
📚 Koʻrgazmalar
«Билимга элтувчи ягона йўл бу - фаолиятдир»
📬 Faqat takliflar uchun;
🔵👉 @Messengerse1_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


The latest Messages 44

2021-10-21 11:05:05
O'zbekistonda o'zga millat vakillari: ruslar, tatarlar, hatto, "rusiyzabon o'zbeklar" ham o'zbek tilini o'rganmoqda.

Sizchi? Davlat tilida qanchalik so'zlasha olasiz?

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo'lsin!

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
577 viewsedited  08:05
Open / Comment
2021-10-20 20:55:34
Bugun O‘zbek tili bayrami kuniga atab nafaqat barcha maktablarda bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda, balki bizning tashabbuskor xodimlarimiz tomonidan ham o‘ziga xos ijodiy lavha tayyorlanibdi. Ona tilimizni hurmat qilishda o‘zimiz namuna bo‘lishimiz kerak, shundagina farzandlarimiz ham O‘zbek tilida ravon gaplashib, tilimiz barhayot bo‘ladi.

Ona tilini o‘rganish, boshqa tillarni o‘rganishga ham faqatgina yordam beradi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
512 viewsedited  17:55
Open / Comment
2021-10-20 19:28:27
4-ролик.
Келажагимиз сайловларга боғлиқ. Бефарқ бўлманг!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
565 viewsedited  16:28
Open / Comment
2021-10-20 18:52:00
Пойтахтимизда замонавий ва кўркам умумтаълим муассасалари сони яна биттага кўпайди. Бугун Чилонзор туманидаги 131-сонли ихтисослаштирилган давлат умумтаълим мактаби Давлат Инвестиция дастури асосида тўлиқ мукаммал таъмирланиб, тантанали равишда фойдаланишга топширилди.

Айни пайтда мазкур таълим муассасасида 1256 нафар ўғил-қиз таълим олмоқда. Етмиш беш нафар педагог-ўқитувчи фаолият олиб бораётган мактаб информатика ва ахборот технологияларига ихтисослаштирилган. 39 та синфхона, 38 та фан кабинети, кутубхона, фаоллар зали, ошхона, спорт заллари замонавий жиҳозланиб, мактаб жамоаси ихтиёрига берилди.

Тантанали очилиш маросимида Халқ таълими вазири ўринбосари Иброҳим Жўраев, Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармаси бошлиғи ўринбосари Суҳроббек Киргизбаевлар иштирок этди.

Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
517 views15:52
Open / Comment
2021-10-20 17:23:27
Barcha talabalar grantda o‘qiydi — Yangi O‘zbekiston universitetida ilk o‘quv yili boshlandi

18-oktabr kuni Yangi O‘zbekiston universiteti ilk talabalarini qabul qildi. Oliygoh talabalari o‘qishni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshladi.

Xpress.uz universitetda yangi o‘quv yili qanday boshlanayotgani, keyingi o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar kutilayotgani haqida mas'ullardan ma'lumot oldi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
548 viewsedited  14:23
Open / Comment
2021-10-20 11:59:16
Odamlarning gap-soʻzlari:
— Seryozna, konechno, da, atak, vopshe, fkusi yoʻq, uje, prosta, normalniy...

Bunday gap-soʻzlarga chidolmagan kishining hayqirigʻi:
— Tak, stop!

Oʻz tili chin himoyachisining chaqirigʻi:
— Toʻxtating! Bas, yetar!

Boshqa til soʻzlarini aralashtirib gapirish zamonaviylik belgisi emas. Oʻzbekcha soʻzlar bilan fikrini toʻliq, tushunarli ifoda etish ona tiliga boʻlgan hurmat belgisi.

Tilimizga hurmatsizlik qilmaylik!

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
776 viewsedited  08:59
Open / Comment
2021-10-20 11:27:37
Сайловчи сайлов бюллетенини суратга олиб ижтимоий тармоқларга жойласа бўладими?

Сайловчининг ушбу хатти-ҳаракатлари қатъиян тақиқланади. Сайлов бюллетенини овоз бериб бўлгач суратга олиб ижтимоий тармоқларга жойлаштириш сайловнинг яширин овоз бериш принципини бузиш демакдир. Ҳозирги кунда барча сайлов участкаларидаги овоз бериш кабиналарига суратга олишни тақиқлаш тўғрисидаги плакатлар жойлаштирилмоқда.

Ҳурматли фуқаролар сайловнинг яширин овоз бериш принципини сақлаган ҳолда, сайлов бюллетенини овоз бериб бўлгач суратга олиб ижтимоий тармоқларга жойлаштирмаслигингиз сўралади.

Обуна бўлинг:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
758 viewsedited  08:27
Open / Comment
2021-10-20 09:34:00
Oʻquvchilarni oʻz fikr-mulohazalari haqida oʻylashga undovchi 50 ta savol
(1-qism)

“Bolalarni tanqidiy fikrlashga undash yoʻllari. Oʻqituvchilarga ayrim maslahatlar!” mavzusidagi maqolani e’tiboringizga havola etgan edik va keyinchalik bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga undaydigan asosiy savollar roʻyxatini taqdim etishni ham va’da qilgandik.

Ushbu maqolada siz oʻquvchilarni oʻz firk-mulohazalari haqida oʻlashga undovchi savollar bilan tanishasiz.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
669 viewsedited  06:34
Open / Comment
2021-10-20 09:29:41
Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига 4 кун қолди.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 4 дня.

Обуна бўлинг:
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
569 viewsedited  06:29
Open / Comment
2021-10-20 09:27:58
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni saralash tartibi aniq bo‘ldi

O‘qituvchilar 1-iyuldan 1-avgustgacha 2 bosqichda saralanadi.

1-bosqichda o‘qituvchining diplomi, malaka toifasi, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabda ishlashdan maqsadi va qilmoqchi bo‘lgan rejalari o‘rganiladi.

2-bosqichda o‘qituvchilar suhbatdan o‘tadi. Har yili 10-avgustgacha saralashdan o‘tgan o‘qituvchilar ro‘yxati XTV saytida e’lon qilinadi.

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
732 viewsedited  06:27
Open / Comment