2022-05-28 10:00:50
#Ustozlar_uchun
Darsni motivatsiya berishdan boshlang
Oʻqituvchi oʻquv jarayonini oʻquvchilarga motivatsiya berishdan boshlashi kerak. Darsning kirish qismi uchun foydalanish mumkin boʻlgan motivatsiyani 2 turga ajratish mumkin:
1. Intrinzik motivatsiya
2. Ekstrinzik motivatsiya
Oʻqituvchi motivatsiya berishni intrinzin motivatsiyadan boshlashi zarur. Bu oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻquv materialini, mavzuni, topshiriqni qabul qilishga yoʻnaltirilgan motivatsiyadir.
Agar bunga erishishning hech iloji boʻlmasa, unda ekstrinzin motivatsiyadan foydalanish kerak. Bu bilvosita aynan oʻquv materiali, mavzu, topshiriqlarga emas, balki ularning oʻquvchiga kelajakda keltirishi mumkin boʻlgan foydali jihatlariga qaratilgan motivatsiya. Kimki muayyan mehnat sohasidagi koʻnikmalarni oʻrganishi kerak boʻlsa, unga aynan mana shu mavzu yordam berishi haqida misollar keltirish kerak. Bunga oʻxshash qisqa oʻquv suhbati har bir nazariy yoki amaliy darsning boshlanishida oʻtkazilishi kerak. Lekin bu suhbat oʻquvchilarga “majburiy ravishda uqtirilishi” kerak emas. Afzalliklar yoki qulayliklarni ular oʻzlari anglab yetishlari kerak. Masalan, kutilayotgan aniq natijalarni maʼlum qilish orqali berilgan ekstrizin motivatsiya intrinzin motivatsiyaning uygʻonishiga olib kelishi mumkin.
Oʻqituvchi oʻtilgan mavzuga moslab biror qiziqarli hikoya yoki latifa aytib bersa, bu jarayonda ham oʻquvchida motivatsiya paydo boʻlishi mumkin. Bu oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini qoʻzgʻatadi va maʼlum vaqt davomida konsentratsiya kuchayishiga sabab boʻladi.
Jarayonda shuningdek “eshikni ochib beruvchi savollar” muhim rol oʻynaydi. Ular yangi mavzu boshlanishida oʻquvchilarning qiziqishini ongli ravishda uygʻotadigan yoki diqqat bilan tinglashga undaydigan savollardir. Yaʼni, bu savollar motivatsiyani dars davomida saqlab qolinishi uchun kerak boʻladi.
Kanalga obuna bo'lish: https://telegram.me/joinchat/AAAAAEDksFCx3UHCy2rNlA
674 viewsedited 07:00