Get Mystery Box with random crypto!

23-27 aprel kunlari vazir jamg'armasi ustamasiga davogar pedag | School English Teachers

23-27 aprel kunlari vazir jamg'armasi ustamasiga davogar pedagoglar uchun suhbat bo'lib o'tadi

Suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan pedagoglarga 9 oy mobaynida 5.775.000 so'm qo'shimcha ustama to'lanadi.


Suhbat jarayoni qay tartibda o'tkaziladi?

Suhbat Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy-amaliy psixologlar markazi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi rahbar va xodimlari hamda jamoatchilik vakilidan iborat Suhbat komissiyalari tomonidan o'tkaziladi.

Suhbat jarayonlari o'tkazilayotgan joyda komissiya a'zolari va nomzoddan tashqari begona shaxslarning bo'lishiga ruxsat berilmaydi.

Suhbat bosqichida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan 1-bosqich test sinovlari natijasiga ko'ra maksimal ballning 80 foizi va undan yuqori natija ko'rsatgan nomzodlar bilan kasbiy faoliyatiga doir tayyorlangan taqdimoti bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Suhbat komissiyasi suhbat jarayonlarini baholash ishlarini elektron platformadan foydalangan holda amalga oshiradi.

Taqdimot hamda savol-javob uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Suhbat natijalari bo'yicha baholash maksimal 10 ballik tizimda amalga oshiriladi. Bunda, 2-bosqichga chiqqan hamda nomzodning kasbiy mahoratini baholash bo'yicha suhbatdan 4 (to'rt) balldan kam ball olgan nomzodlar g'oliblikka tavsiya etilmaydi.

Suhbat natijasi bo'yicha nomzodlar tomonidan to'plangan ball Suhbat komissiyasi a'zolarining nomzodlarga qo'ygan jami ball miqdorlarining o'rtachasidan kelib chiqib belgilanadi.

Saralash natijalariga ko'ra har oylik ustama belgilangan pedagog kadrlar ro'yxatini tasdiqlash va ularga Jamg'arma hisobidan ustamalarni to'lash bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug'i qabul qilinadi.

@uzteachers