🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

C1 sertifikati bilan imtiyozga ega bo'lgan pedagoglar attestat | School English Teachers

C1 sertifikati bilan imtiyozga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiya imtihoniga borishlari shartmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori 3-bob 36-bandiga ko'ra, Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet tili fani o‘qituvchilariga NAVBATDAGI MAJBURIY attestatsiyada o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etilishi belgilangan.
Lekin yaqinda o'tkazilgan jonli muloqotda pedagog birinchi bosqich imtihonidan ozod etilishi lekin 2-bosqich ya'ni ped mahorat imtihonida ishtirok etishi kerakligi aytildi.
Ya'ni siz imtiyozga ega bo'lgan taqdiringizda ham 2-bosqichga qatnashishingiz shart bo'ladi. 2-bosqichga qatnashmasangiz attestatsiyaga to'liq qatnashmadi deb 0 ball berilishi va attetstatsiyadan o'tmadi deb salbiy qaror chiqarilishi mumkin. Shu sabab attestatsiya imtihoni 2-bosqichida 10ta savolni ishlab chiqishingiz kerak bo'ladi. Ushbu savollardan to'plagan balingiz natijangizga hech qanday salbiy ta'sir qilmaydi. Imtiyozingiz bo'yicha imtihondan o'tgan hisoblanaverasiz.

@uzteachers