Get Mystery Box with random crypto!

Wordpress Developers

Logo of telegram channel wordpress_uzb — Wordpress Developers W
Logo of telegram channel wordpress_uzb — Wordpress Developers
Channel address: @wordpress_uzb
Categories: Technologies , Catalogs
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 106
Description from channel

21-asrda biznesingizni internetda ko`rmayapsizmi? demak sizda brend darajasiga intilish va mijozlarga hizmat ko`rsatish yaxshi rivojlanmagan O'z biznesingizni bizga ishoning biz sizni yuqori cho'qqilarga olib chiqamiz Sayt yaratish xizmati @excellend_boy

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


The latest Messages 4

2021-06-23 21:40:13
Windows 11 beta developer lar uchun yuklab olish uchun pastdagi torrent faylni qoldirdim
@wordpress_uzb
169 viewsHayotbek, 18:40
Open / Comment
2021-06-23 09:43:16 https://eduon.uz/ saytni sizlarga tafsiya qilaman sayt da kurslar mavjud bizning kurslar ham tez orada saytdan joy oladi kirib ko'rishingiz mumkin bu reklama emas shunchaki maslahat
155 viewsHayotbek, 06:43
Open / Comment
2021-06-22 11:56:16
UZTELECOM ishonchli aloqa operatori
@wordpress_uzb
140 viewsHayotbek, edited  08:56
Open / Comment
2021-06-21 05:52:16
Motivator
@wordpress_uzb
139 viewsHayotbek, 02:52
Open / Comment
2021-06-15 21:15:50
Diqqat fribgarlar

Ehtiyot bo'linglar kimgadur shunaqa silka yuborishsa ehtiyot bo'linglar

Cherez fargo orqali kartezga pul tushadi dostavshik ovoladi narsezi keyin kartezi kirgizinglar desa ishonmanglar

Kimdur silka yuborib hamma joyni to'ldiring desa aslo to'ldirmang

Pastda silka qoldirdi bu o'shalar yuborgan silka

https://tracking-world.com/fargo/buy49130710

Tarqatvoringlar qolgan insonlarham adashib qolmasin!!!!
131 viewsHayotbek, 18:15
Open / Comment
2021-02-08 14:21:57
saytingizni himoyalash uchun wp-admin | wp-login.php va wp-content papkalariga parol o'rnatishni tafsiya qilaman bu biroz bo'lsa da foyda beradi deb o'yladim
212 viewsHayotbek Samandarov, 11:21
Open / Comment
2021-02-02 13:27:58 Salom kanalimiz azolari anchadan beri post tashlanmayotgan edi wordpress ga tushunmaganlar uchun maqolamniIstalgan turdagi saytimizni yaratamiz ortiqcha kodlarsiz kirib comment qilib @wordpress_uzb dan salom deb yozsangiz hursan bo'lardim like esdan chiqmasin
142 viewsHayotbek, edited  10:27
Open / Comment
2021-01-20 15:56:45 Sizga ko'p narsa taklif qilmayman, hozir o'zbek bozorida 2–3ta rivojlanayotgan frameworklarni sanab o'taman.

Bular — Django, Laravel, va Node.js, Expresslardir.

Avval nimadan boshlay desangiz, Djangoni o'rganing va keyin Node / Express-ni o'rganishingizni maslahat bergan bo'lardim.

Nega aynan Django desangiz, yana o'sha mashhur ibora. Hayot oson, uni qiyinlashtirib nima qilasiz. O'zingizni osonroq bo'lgan texnologiyalar bilan sinab ko'ring. Eplay olyabsizmi, qolganlarini ham o'rgana olasiz.

Demak Djangodan keyin Node.js, Expressni maslahat berdim. Tariflarga, imkoniyatlarga ko'p to'xtalmadim. Shu joygacha kelgan bo'lsangiz, tepadagi barcha texnologiyalarni o'rgangan bo'lsangiz. Siz o'zingiz mustaqil ravishda savollaringizga javob topishingizga meni ko'zim yetib turibti )).

Backendga sayohat qildik. Ozmi ko'pni, mohiyatan tushungan bo'lsak. Endi navbat Frontend Frameworklariga.

7 — Frontend Frameworklari

Agar siz HTML / CSS / JS va biror bir backend texnologiyalarni bilsangiz siz veb saytlarni yaratish qobiliyatiga ega junior veb dasturchi bo'lishingizga oz qolibti. Oldinda ozroq bosib o'tadigan yo'l qoldi. Junior Full-Stack dasturchisi frontend frameworklaridan birini o'rganishi kerak bo'ladi.

Uzoq vaqt davomida Frameworklar olamida juda ko'p raqobat bo'lgan, ammo siz ushbu maqolani o'qiyotgan ekansiz, React JavaScript kutubxonasini o'rganing.

React — Foydalanuvchi interfeyslarini yaratish uchun JavaScript kutubxonasi. React dokumentatsiyasi allaqachon o'zbek dasturchilar tomonidan, o'zbek tiliga tarjima qilindi https://uz.reactjs.org/.

Sizga Node va React / Redux texnologiyalardan foydalanib veb-saytlarini yaratishingizni maslahat beraman, chunki bu texnologiyalar sizga oson usullar bilan REST API-larini qanday yaratishni va ulardan foydalanishni tushunishga yordam beradi va barcha texnologiyalarni kuchli va foydali bir dasturda birlashtiradi.

8 — DevOps bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish (Dev) va axborot texnologiyalari operatsiyalarini (Ops) birlashtirgan amaliyotlar to'plami bo'lib, ular tizimlarni ishlab chiqish muddatini qisqartiradi va dasturiy ta'minotning yuqori sifati bilan uzluksiz yetkazib berishni maqsad qiladi.

Shunaqa gaplar )) Oxiriga yetib qoldik.

Junior dasturchi albatta DevOpsni bilishi kerak.

Hozircha, siz shunchaki veb saytlarni yaratish va joylashtirish orqali ko'p narsalarni bilib olgan bo'lishingiz mumkin. Ehtimol siz veb saytlaringizni joylashtirish uchun github va ba'zi CI vositalaridan va ularga xizmat qilish uchun Nginx-dan foydalandingiz.

Endi siz o'rganishingiz kerak bo'lgan eng katta narsa bu Docker. Docker — bu veb ilovalarni joylashtirish uchun sanoat standarti bo'lib, u butun jarayonni tez, oson va qulay boshqara olish imkoniyatlarini beradi.

Nihoya

Ushbu maqola siz uchun foydali bo'ldi deb umid qilaman. Shubhasiz, ushbu chuqur, murakkab va tez rivojlanayotgan ushbu sohaga oid hamma narsani bitta maqolada yoritib bo'lmaydi. Ammo ishonamanki, yuqoridagi mavzular va manbalar sizga oldinga boradigan yo'lni aniq tasavvur qilish va foydali yo'l xaritasini tuzib olishda yordam beradi.

Manba: Muhammadxalil
245 viewsHayotbek, 12:56
Open / Comment
2021-01-20 15:56:45 2021 – yilda Junior Full Stack dasturchi bo’lish yo’l xaritasi
2021 – yilda Junior Full Stack dasturchi bo’lish yo’l xaritasi
Web dasturlashni o'rganish kerak. Nimadan boshlash kerak? Nima qilish kerak? Nimalarni o'rganish kerak? degan savol o'rtaga chiqadi. Bu maqolada siz bilan biz, junior Full Stack dasturchi bo'lish yo'l xaritasini ko'rib chiqamiz. Oldingi maqolalarimizdan farqli o'laroq, bu maqola orqali bizning maqsadimiz dasturlash olamida o'z yo'lingizni topishga yordam berish.

1 — HTML, CSS va JavaScript dan boshlaymiz.

Veb dasturlashga kirishda 3ta asosiy texnologiyani o'rganish kerak. Juda ham kam vaqt sarflagan holda, asosiy urg'uni natijalarga qaratib HTML, CSS va JavaScriptni o'rganamiz.

HTML va CSS texnologiylarini o'rganish uchun Youtubeda birqancha kurslar bor, shulardan Saidbek va Muhammadjavohirlarni mutlaqo bepul kurslarini taklif qilaman.

JavaScript bo'yicha ham Farxod akani kurslarini ko'rib chiqishni maslahat beraman.

O'quv markazlarga borib, dasturlashni o'rganishni rejalashtirganlarga esa, Najot ta'lim tashkil qilgan Veb dasturlash va Backend kurslarini taklif qilgan bo'lardim.

2 — Frameworklar

Frameworklar — bu barcha umumiy funksiyalarni ancha tez va oson bajarishga imkon beradigan vositalardir. Frameworklar orqali biz hayotimizni ancha osonlashtiramiz. HTML, CSS va JSni o'rgangandan keyin, endi navbat CSS frameworklari va JavaScript kutubxona va frameworklariga keladi.

Bootstrap — bu oson sozlanadigan interfeys elementlaridan iborat va sizga veb-saytlarni tezda yaratishga imkon beradigan CSS Frameworkidir. Bootstrapni o'rganing va CSS imkoniyatlaridan osonlikcha foydalaning.

Materialize —Materialize Design ham CSS frameworki bo'lib. CSS imkoniyatlaridan osonlikcha foydalanish imkonini beradi.

Ingliz tilini bilsangiz sizga Udemyda quyidagi kursni taklif qilgan bo'lardim.

3 — jQuery

jQuery — HTML DOM faoliyati va manipulyatsiyasini soddalashtirish uchun yaratilgan JavaScript kutubxonasi, shuningdek voqealarni boshqarish, CSS animatsiyasi va Ajaxlar bilan ishlashni ham soddalashtiradi.

Nega jQuery? Bu axir juda eski texnologiya dersiz. Ammo hozir ham aksar veb sahifalar aynan jQueryda yozilganligicha qolib ketgan. Bu texnologiyani o'rganishingiz sizga zarar bermaydi. jQuery juda sodda kutubxona bo'lib, u taqdim qiladigan boshlang'ich imkoniyatlardan foydalanib ko'ring. Keyinchalik, React, yoki Angularga o'tsangiz ishlash muhiti osonlashadi.

4 — WordPress

Qo'limiz kelishib qoldi. Endi biz natijalar ko'rishni istaymiz. Dasturlashdan chiqib ketish, depressiya aynan qiyinchiliklarga uchradingiz keyin boshlanadi. Ya'ni natijasiz, consoleda kodlar yozish joningizga tegadi. Shu joyda hech qayerga ketmasdan, burilmasdan, maqsad sari intilamiz.

WordPressni o'rganamiz.

WordPress — bu chiroyli veb-sayt, blog yoki dastur yaratish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan ochiq manbali(open source)dastur.

Butun dunyoning 25% dan ortiq vebsaytlari aynan WordPressda qilingan bo'lib. Blog veb sahifadan boshlab, korporativ veb sahifalargacha aynan shu open source dasturdan foydalanib tuzishingiz mumkin.

Bir-ikki kun vaqt sarflab WordPressda o'z veb sahifangizni yarating.

Oddiy misol, shu siz o'qib turgan blog(muhammadxalil.uz sayti nazarda tutilmoqda) veb sahifa ham aynan WordPressda qilingan.

5 — Domen nomlari va xosting

Siz domen va xostinglar bilan ishlay olishingiz kerak. O'zingiz tuzgan veb sahifa, dasturlarni deploy qilishingiz uchun ham aynan xostinglar bilan ishlay olishingiz kerak.

Domen nomlarini va xostinglarni ro'yxatdan o'tkazish uchun aHostga murojat qilamiz. Taqdim qilingan, o'zimizga kerakli tariflarni belgilab xosting va domen ro'yxatdan o'tkazib, veb sahifamizni olamga taqdim qilamiz.

6 — Backend va Frameworklar

Shu yergacha siz asoslarni bilib oldingiz va yuqorida sanab o'tilgan vositalardan foydalanib, bir nechta oddiy veb-saytlarni yaratganingizdan so'ng, siz IT olamida yanada ko'proq natijalarga erishishni xohlab qoldingiz va veb-saytlarni qanday qilib professional ravishda yaratishni o'rganish mumkin degan!? Savolga javob izlab maqolani davomini o'qishni boshladingiz.
199 viewsHayotbek, edited  12:56
Open / Comment