🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bbh

Logo of telegram channel abituriyents — Bbh B
Logo of telegram channel abituriyents — Bbh
Channel address: @abituriyents
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

ABITURIYENTS - eng kuchlilar safida bo'l!
• Biz orqali rasmiy yangiliklar, eng muhim ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun —
@talim_reklamasi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 2

2021-08-18 21:50:45 Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@abituriyents
44 viewsedited  18:50
Open / Comment
2021-08-18 21:50:45 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
@abituriyents
40 viewsedited  18:50
Open / Comment
2021-08-18 21:45:51 2021-yil, 4-iyul: Koronavirusga qarshi emlangan, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

2021-yil, 17-avgust: 1-sentabridan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari talabalarining to‘lov-kontraktlari 10 foizga oshadi.

Xullas, chuchvara «atmen», xom sanagansizlar, endi lag'mon bu yog'i :)

Kanalga ulanish.

@abituriyents
42 viewsedited  18:45
Open / Comment
2021-08-18 21:44:34 Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy bayonoti

«Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi».

Kanalga ulanish:
@abituriyents
46 viewsedited  18:44
Open / Comment
2021-08-18 12:06:11
Talabalarning kontrakti ham 1-sentyabrdan oshirilishi mumkinmi ?

1-sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda

2021-yilning 1-sentyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Prezident Farmonidan kelib chiqib, OTM talabalarining toʻlov-kontraktlari ham 1-sentyabrdan 10% oshishi mumkin. Chunki kontraktlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga bogʻlab qoʻyilgan.

Maʼlumot uchun joriy yil 1-fevralda ish haqlari va stipendiyalar oshirilganda, pandemiya munosabati bilan kontraktlar narxi oshmasligi belgilangan edi. Sentyabr oyida ham shunday qaror qabul qilinadimi yoki yoʻq, hozircha bu nomaʼlum.

Barcha abituriyentlarga ulashing!


t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
54 viewsedited  09:06
Open / Comment
2021-08-18 11:58:35
#Тезкор

Жорий ўқув йили анъанавий (оффлайн) тарзда бошланади

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
54 viewsedited  08:58
Open / Comment
2021-03-11 08:33:51 Shoshilinch xabar!

Davlat komissiyasi bu yilgi kirish imtihonlarida bir qator mavzular va ularni baholash mezonlarini tasdiqladi.

Demak, bu yilgi abituriyentlar 5 ta fan bo'yicha imtihon topshirishadi.

3 ta fan barcha test topshiruvchilar uchun majburiydir. Mumkin bo'lgan maksimal ball - 94,5 ball.

1. Ona tili (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) - 15 savol, to'g'ri javob uchun - 2,1 ball. Maksimal ball - 31,5.
2. Matematika - 15 ta savol, to'g'ri javob uchun - 2,1 ball. Maksimal ball - 31,5.
3. O'zbekiston tarixi - 15 savol, to'g'ri javob uchun - 2,1 ball. Maksimal ball - 31,5.

Bakalavr dasturiga oid 2 ta fan bo'yicha savollar. Mumkin bo'lgan maksimal ball - 186 ball.

1-mavzu - 30 ta savol, to'g'ri javob uchun - 3,1 ball. Maksimal ball - 93.
2-mavzu - 30 savol, to'g'ri javob uchun - 3,1 ball. Maksimal ball - 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fan bo'yicha jami 105 ta savolni berishadi. Maksimal ball - 280,5

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
10.6K views05:33
Open / Comment
2021-03-10 09:01:58
Yangilik! O'zbekistonda turk universitetining filiali ochilishi mumkin

Bugun Toshkentda O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li bilan uchrashdi va ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Majlisda Turkiyadagi Baxchisaray universitetining filialini O'zbekistonda ochish, shuningdek Xo'ja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Farg'ona oliy turizm maktabini tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
2.5K views06:01
Open / Comment
2021-03-08 06:17:02
10.0K views03:17
Open / Comment
2021-03-05 09:32:26 Milliy test tizimi nima?
Portsional ball nima?
Agar siz baldan norozi bo'lsangiz, yana test topshirishingiz mumkinmi?
Bu sertifikat asosiy blokga o'tadimi?
Test narxi qancha turadi?
Testga borish uchun Toshkentga borishim shartmi?

Bu va boshqa savollarga javoblarni audio orqali tushuntirishga harakat qildim.

Manba:@xushnudbek

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
10.5K views06:32
Open / Comment