Get Mystery Box with random crypto!

Bbh

Logo of telegram channel abituriyents — Bbh B
Logo of telegram channel abituriyents — Bbh
Channel address: @abituriyents
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

ABITURIYENTS - eng kuchlilar safida bo'l!
• Biz orqali rasmiy yangiliklar, eng muhim ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun —
@talim_reklamasi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 3

2021-02-27 13:24:42
11.6K viewsedited  10:24
Open / Comment
2021-02-27 12:44:17 O'zbekiston oliy o'quv yurtlari qoshidagi texnik kollejlar bitiruvchilarini bakalavriat dasturlariga oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish:

to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, bu erda o'qitish to'lovi miqdori talabani o'qitish xarajatlariga asoslanadi;

Texnik maktab bitiruvchilari tasarrufidagi oliy o'quv yurtining sirtqi, kechki va masofaviy o'qitishlari amalga oshiriladi. Agar tegishli oliy ta'lim muassasasida ma'lum bir yo'nalishda (kursda) masofaviy, kechki va masofaviy o'qitish shakli mavjud bo'lmasa, kunduzgi ta'limga kirish amalga oshiriladi.

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
10.5K views09:44
Open / Comment
2021-02-21 09:38:50 Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar

2021-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazida Davlat test markazi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkaziladi.

Yozish va gapirish ko‘nikmasini baholash mezonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

yozish va gapirish ko‘nikmasini to‘g‘ri baholash;
turli baholash mezonlaridan to‘g‘ri foydalanish;
baholashning ishonchliligini ta’minlash.

Mazkur seminar ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ishtirok etish istagini bildirgan barcha o‘qituvchilar qatnashishlari mumkin.

Seminar 19-fevral kuni 10:00 da Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Seminarda qatnashish uchun havola: https://us02web.zoom.us/j/85286420501?pwd=M0JKRDUvRlVwTGZHM1dzTldkbnl0dz09

Konferensiya IDsi: 852 8642 0501
Parol: 483913

t.me/abituriyents | Rasmiy Xabarlar
13.1K viewsedited  06:38
Open / Comment
2021-02-20 19:12:02
ALDANIB QOLMANG!!

@gohanguk_bot sizga Janubiy Koreya Universitetlariga topshirish va Viza olishdagi muommolaringizni hal qilishga yordam beradi!

- Telex vizali universitetlar
- Universitetlar rasmiy sahifalari
- Kontrakt narxlari
- Yo'nalishlar
- Hujjat topshirish muddati
- Grant yutish
- Koreys tili kurslari
- Yotoqxona
- Universitet va Universitet Til Kursi bilan bog'lanish aloqalari
- Universitetlar manzili

@gohanguk_bot - O'zingiz istagan Universitetingizni 10sekund ichida toping


LINK @gohanguk_bot
11.7K views16:12
Open / Comment
2021-02-17 17:12:55 2021 yilda kirish imtihonlari qanday bo‘ladi

Joriy yilda 5 ta fandan test bo‘ladi

Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol
, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5
ball. Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Taʼlim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186
ball. Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi (imtiyozli balla qoshilmaganda);

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha taʼlim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Barcha abituriyentlarga tarqating


@Abituriyents | Rasmiy xabarlar kanali
9.5K viewsedited  14:12
Open / Comment
2021-02-15 09:59:34 ​​Yangi oʻquv yilida Oʻzbekiston tibbiy OTMlarida 10 ming xorijlik tahsil oladi

Oʻzbekistonda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirda yurtimiz tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida 16 ta mamlakatdan 1500 nafarga yaqin xorijlik talaba tahsil olmoqda.

Yurtimizda qisqa vaqt ichida bakalavriat va magistratura bosqichlari qabul kvotalari 25 foizga, klinik ordinatura kvotalari esa 30 foizga oshirildi. 6 ta yangi taʼlim yoʻnalishi, 17 ta yangi mutaxassislik tashkil etildi.
SSV xabariga koʻra, sogʻliqni saqlash sohasiga kadrlar tayyorlash borasida xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan keng hamkorlik, ularning fakultetlari va filiallarining ochilishi, ikki tomonlama diplom berish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Rossiyaning 17 ta, Italiyaning 2 ta, Koreya Respublikasining 2 ta oliy taʼlim muassasasi, shuningdek, Germaniya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Hindiston oliy taʼlim muassasalari bilan shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

2021-2022 oʻquv yilida Oʻzbekistonda 50 dan ortiq davlatdan 10 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar tahsil olishi kutilmoqda.

@Abituriyents | Rasmiy xabarlar kanali
9.9K viewsedited  06:59
Open / Comment
2021-02-13 09:13:34 Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga nomzodlar uchun test sinovlari

2021-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslariga nomzodlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida o‘tkazildi.

Unda jami ishtirok etishi belgilangan 512 nafar talabgordan 459 nafari ishtirok etdi.

Test topshiruvchilarga O‘zbekiston tarixi, iqtisodiyot nazariyasi va huquqshunoslik fanlarining har biridan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i berildi.

Har bir test topshirig‘ining to‘g‘ri javobi uchun O‘zbekiston tarixi va huquqshunoslik fanlarida 1,5 balldan, iqtisodiyot nazariyasi fanida esa 1,6 balldan beriladi.

Test sinovi natijalari bo‘yicha 49,5 va undan yuqori ball olgan nomzodlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi.

@abituriyents | Rasmiy Xabarlar kanali
10.0K views06:13
Open / Comment
2021-02-12 12:34:17
200 nafar abituriyentga prezident granti beriladi. U qanday tartibda ajratiladi?

Batafsil
: https://oliygoh.uz/abituriyent/qabul2021

@abituriyents | Rasmiy Xabarlar kanali
10.1K views09:34
Open / Comment
2021-02-11 19:57:00
10.0K viewsedited  16:57
Open / Comment
2021-02-11 10:24:48 ​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2021 yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.

Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kirish imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

Bu yil 5ta fandan imtihon olish rejalashtirilmoqda
Bu yil kirish imtihonlari 5ta fandan o‘tkaziladi. Prezident qarorida kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

Tanlov imkoni cheklanmasligi mumkin
DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yo‘nalishni emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, bilimli yoshlarning talaba bo‘lish imkoni yana oshadi.

Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi
Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti bo‘lgani uchun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinlik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.

Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.

@Abituriyents | axborot portali rasmiy sahifasi
https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ
10.2K views07:24
Open / Comment