Get Mystery Box with random crypto!

Bbh

Logo of telegram channel abituriyents — Bbh B
Logo of telegram channel abituriyents — Bbh
Channel address: @abituriyents
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

ABITURIYENTS - eng kuchlilar safida bo'l!
• Biz orqali rasmiy yangiliklar, eng muhim ma'lumotlarni birinchilardan bo'lib xabardor bo'ling.
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun —
@talim_reklamasi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 6

2021-01-22 07:33:13
"Yetti kishi kvartirada yashaydi" - talabalar qanday yashaydilar?

BBC News o'zbek jurnalistlari tomonidan tayyorlangan videoni tomosha qiling!



ABITURIYENT info | rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ

Telegram | #Instagram | #Fecebook
9.4K views04:33
Open / Comment
2021-01-21 08:33:40
Matbuot safari davomida EITI etakchisi Majid Karimov 2021 yilgi imtihonlarning rejalari haqida ma'lumot berdi

Unga ko'ra, maqsad abituriyentlarga tegishli ta'lim yo'nalishini tanlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratish, abituriyentlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini, muammo va misollarni echish qobiliyatini baholaydigan test topshiriqlarini ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, yil davomida testlarni o'tkazish uchun 2021 yilda mamlakatning barcha hududlarida xorijiy tillarni bilish darajasi va binolar va inshootlarni qurish bo'yicha testlarni ko'p bosqichli tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Ko'pchilik DTM faoliyatini faqat bankomatga kirish imtihonlarida test topshirishdan iborat deb o'ylashadi, lekin aslida markaz ko'plab tashkilot va muassasalar xodimlari uchun test sinovlarini ham o'tkazadi. Masalan, o'tgan yili test sinovlarining 28 turi o'tkazilgan bo'lsa, bu yil 35 turdagi sinovlar rejalashtirilgan.

ABITURIYENT info | rasmiy kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ

Telegram
8.2K views05:33
Open / Comment
2021-01-20 16:43:20
# Qonuniy_yangiliklar

Yaponiyaning etakchi universitetlarida o'qish uchun stipendiyalar beriladi

Hukumat "O'zbekiston Respublikasi vakillarini o'qitishni tashkil etish uchun Yaponiya hukumatining grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi (18.01.2021 y., 26-son).

Qarorga binoan har yili o'zbekistonlik vakillarning Yaponiyaning etakchi universitetlarida magistratura va doktoranturada o'qishini tashkil etish uchun almashinuv yozuvlari va grant shartnomalari imzolanadi.

Yaponiyaning etakchi universitetlarida ham stipendiyalar mavjud.

Yaponiya hukumatining 291 million yapon iyenasi (2,6 million AQSh dollariga teng) miqdoridagi granti 2021-2022 yillarda foydalanish uchun taqdim etiladi..↑↓(batafsil)




ABITURIYENT info | rasmiy kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ

Telegram | Instagram | Fecebook | Web sahifa
9.4K views13:43
Open / Comment
2021-01-20 11:03:09
#Tezkor #Rasman
8 fevraldan O‘zbekiston milliy universiteti kredit-modul tizimiga o‘tadi. Tizim joriy qilingach:

Talaba bir universitetda o‘qib turib, ixtiyoriy fanni boshqa universitetda o‘qishi mumkin bo‘ladi;

Qaysi professor o‘qituvchida qaysi-qaysi fanni o‘qish tanloviga ega bo‘ladi;

Agar biror fanni "yopa olmasa", «ochisleniya» qilinmaydi. 8 yilgacha talaba bo‘lib qolishi mumkin. Faqat to‘lov kontraktlarini amalga oshirgan holda.

ABITURIYENT info | rasmiy kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ

Telegram | Instagram | Fecebook | Web sahifa
9.2K views08:03
Open / Comment
2021-01-18 18:06:23 Chet tili imtihonlari 24-25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash
bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanasi belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 24-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni esa 25-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (https://dtm.uz/page/cefr) dan shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.

ABITURIYENT info | rasmiy kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ
9.0K views15:06
Open / Comment
2021-01-18 18:04:27 #Соҳа_янгиликлари

Фарғона политехника институти жамоасига янги ректор тайинланди, олий таълим тизимининг долзарб масалалари муҳокама қилинди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномасида олий таълим тизимида мавжуд бўлган камчиликлар қайд этилиб, соҳада амалга оширилиши лозим бўлган долзарб вазифалар белгилаб берилган эди.

Жорий йил 18 январь куни Олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов Фарғона политехника институти (ФарПИ) ректори сифатида Ўктам Саломовни институт жамоасига таништириш, вилоятдаги олий таълим муассасалари раҳбарлари билан тизимда мавжуд бўлган муаммоларни бартараф этиш юзасидан фикр алмашиш мақсадида Фарғона вилоятида бўлди.

А.Тошқулов раислигида танқидий руҳда ўтган йиғилишда маълум қилиндики, Фарғона вилоятида жойлашган 7 та олий таълим муассасасида 51017 нафар талаба таҳсил олади, 2002 нафар профессор-ўқитувчи илмий-педагогик фаолият олиб боради. Уларнинг 548 нафари илмий унвонга эга бўлиб, шундан 74 нафари фан доктори ва 474 нафари фан номзоди. Вилоятда илмий салоҳият 27,4 фоизни ташкил этиб, республика бўйича ўртачага (38%) нисбатан анча паст кўрсаткичга эга.

Ҳудуддаги ОТМларнинг халқаро ҳамкорлик масалалари ҳам талаб даражасида эмас. Жумладан, хорижлик мутахассисларни жалб этиш масаласига деярли эътибор қаратилмаган. Натижада фақат ФарДУ ва ТАТУ Фарғона филиалида таълим жараёнига 1 нафардан хорижлик мутахассислар жалб этилган бўлса, қолган ОТМларда умуман хорижлик мутахассислар мавжуд эмас.

Хорижлик талабаларни жалб қилиш масаласида ҳам (экспорт хизматлари) сезиларли ишлар амалга оширилмаган. Бунинг натижасида Қўқон давлат педагогика институтида атига 5 нафар, ФарПИда 4 нафар ТАТУ Фарғона филиалида 3 нафар хорижлик талаба таҳсил олмоқда.

Батафсил: https://edu.uz/uz/news/view/2390

ABITURIYENT info | rasmiy kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAFlOtoGRdxWRzlFsfQ
9.0K views15:04
Open / Comment