Get Mystery Box with random crypto!

Davlatjon Uz | Rasmiy Blog

Logo of telegram channel davlatjon_uz — Davlatjon Uz | Rasmiy Blog D
Logo of telegram channel davlatjon_uz — Davlatjon Uz | Rasmiy Blog
Channel address: @davlatjon_uz
Categories: Blogs
Language: English
Subscribers: 139
Description from channel

Hello everyone, you are on the official blog page @Davlatjon_Uz, on this channel you can learn
—————————————————————
Assalomu alaykum barchaga sizlar @Davlatjon_Uz rasmiy blog sahifasidasizlar bu kanalda sizla ingliz tilini 0dan o'rganishingizlar mumkin

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 3

2021-08-28 16:24:43 22-dars. What/Which

Narsalarni rangi, razmeri, sana va soat vaqtlari, poytaxtlarga o'xshash (tanlash varianti yo'q) bitta bo'ladigan narsalar, nima qilyapdi, nimani yoqtiradi, nima bo'lyapdi, nomi nima, nomeri nechchi kabi so'roqlarda "What" ishlatiladi.
What colour is your car? - Sizning mashinangiz rangi qanaqa?
What size is this shirt? - Bu ko'ylakning razmeri qanaqa?
What time is it? - Soat nechchi bo'ldi?
What is your telephone number? - Sizning telefon nomeringiz nechchi?
What kind of music do you like? - Siz qanaqa musiqani yoqtirasiz?
What is the capital of Uzbekistan? - O'zbekiston poytaxti qayer?
Tanlash imkoni bor holatlarda "Which" ishlatiladi. Bu bilan savol berilganda bir nechta javob varianti bo'lishi kerak.
There are four umbrellas here. Which is yours? - U yerda to'rtta soyabon turibdi. Qaysi biri sizniki?
Which is bigger - Canada or Australia? - Qaysi biri katta, Kanada yoki Avstraliya?
Agar variantlar odam bo'lsa "Which" o'rnida "Who" ishlatiladi.
Who is taller - Bobur or Akmal? - Qaysi biri uzun, Bobur yoki Akmal?



Share and join us
@Davlatjon_Uz
90 views13:24
Open / Comment
2021-08-28 13:00:04 Questions (2) Question - savol. Questions - savollar. So'roq so'zi gapda ega bo'lib kelsa, bunday yoziladi: Who saw you? - Kim sizni ko'rdi? (Bu yerda "Who" ega). So'roq so'zi gapda ega bo'lib kelmasa, bunday yoziladi: Who did you see? - Siz kimni ko'rdingiz?…
83 views10:00
Open / Comment
2021-08-28 12:59:40 21-dars. Questions (1) Oddiy gapni savolga aylantirish uchun "To be" yoki yordamchi harakat (have, can, will va hokazo) so'zlarini gapning egasidan oldinga o'tkazamiz. Agar gapda who - kim, what - nima, how - qancha, when - qachon, where - qayer, why - nimaga…
71 views09:59
Open / Comment
2021-08-28 10:58:25 21-dars. Questions (1)

Oddiy gapni savolga aylantirish uchun "To be" yoki yordamchi harakat (have, can, will va hokazo) so'zlarini gapning egasidan oldinga o'tkazamiz. Agar gapda who - kim, what - nima, how - qancha, when - qachon, where - qayer, why - nimaga, which - qaysi kabi so'zlari bo'lsa bular gapning eng avvalida keladi.
"To be" questions:
1. Hozirgi zamon (am/is/are).
You are working - Siz ishlayapsiz.
Are you working? - Siz ishlayapsizmi?
2. O'tgan zamon (was/were)
She was angry - U jahli chiqqan edi.
Was she angry - U jahli chiqqanmidi?
Yordamchi harakat so'zlari: have/has, will, would, can/could.
David has gone - David (biroz avval) ketdi.
Where has David gone - David qayerga ketdi?
You have got a car - Sizning mashinangiz bor.
Have you got a car - Sizning mashinangiz bormi?
They will be here - Ular shu yerda bo'lishadi.
When will they be here - Ular qachon shu yerda bo'lishadi?
Tom can swim - Tom suzishni biladi.
Can Tom swim - Tom suzishni biladimi?
You would like a drink - Siz ichimlik xohlaysiz.
Would you like a drink - Siz ichimlik xohlaysizmi?
Oddiy hozirgi zamondagi gapni savolga aylantirish uchun do/does ishlatamiz:
He lives in London - U Londonda yashaydi.
Does he in London - U Londonda yashaydimi?
He/she/it da "live" kabi harakat so'zlariga "s" qo'shiladi, savol berganda esa doim "does" ishlatamiz va "s" qo'shmaymiz. Boshqa holatlarda faqat "do" ishlatiladi.
They smoke - Ular chekishadi.
Do they smoke - Ular chekishadimi?
Oddiy o'tgan zamonda did ishlatamiz:
They worked hard - Ular qattiq ishlashdi.
Did they work hard - Ular qattiq ishlashdimi?
O'tgan zamonda "worked" kabi harakat so'zlariga qo'yiladigan "ed" qo'shimchasi "did" ishlatilganda qo'yilmaydi.
"And you?" - sizchi degani bo'ladi.
I don't smoke, and you? - Men chekmayman, sizchi?




Share and join us
@Davlatjon_Uz
82 views07:58
Open / Comment
2021-08-28 08:04:00 20-dars. Present and past tenses

O'tgan darslarda kelgan shu mavzudagi qoidalarni takrorlab, bir biridan ajratib olishimiz kerak bo'ladi.
Present continius - davomli hozirgi zamon.
Past continius - davomli o'tgan zamon.
Ikkalasida ham harakat so'zlariga "ing" qo'shiladi. Egadan so'ng present continiusda am/is/are, past continiusda was/were, ya'ni "To be" qo'yiladi.
Bir ish sodir bo'lgan, lekin uni kim qilgani noma'lum. Yoki gapda unga ishora qilinmagan. Bu holat passiv deb atalib, u ikkiga bo'linadi:
1. Present passive - hozirda ham davom etayotgan ish.
The room is cleaned every day - Bu xona har kuni tozalanadi.
Kim tozalashi noma'lum, lekin hozirda ham tozalanadi.
2. Past passive - o'tgan zamonda qolib ketgan ish.
The room was cleaned yesterday - Bu xona kecha tozalangan.
Ikkala passive'ga ham "To be" qo'yiladi, doimgidek presentga am/is/are, pastga was/were. Ikkalasida ham to'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi, noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi.
Agar ish bajaruvchiga ishora bor bo'lsa, "passive" emas, "active" bo'ladi, "To be" qo'yilmaydi.
Somebody cleaned the room yesterday - Bu xonani kecha kimdir tozaladi. [active]
Have/has + past participle = present perfect.
Present perfect - ish o'tgan zamonda sodir bo'lganini biz hozir ko'rib turgan holat. Buni have/has bilan ifoda qilamiz.
I have cleaned my room - Men xonamni tozaladim.
Biz tozalayotganini ko'rmadik, lekin tozalangan xonani ko'rib turibmiz. Mana shu holat "present perfect" bo'ladi. Bunda "To be" qo'yilmaydi, to'g'ri fe'lga "ed" qo'yiladi, noto'g'ri fe'l 3-formatda yoziladi.
Present simple - oddiy hozirgi zamon. Savol berishda do/does, inkor qilishda don't/doesn't ishlatiladi.
Past simple - oddiy o'tgan zamon. Savol berishda did, inkor qilishda didn't ishlatiladi. To'g'ri fe'lga "ed" qo'yiladi, no'to'g'ri fe'l 2-formatda yoziladi. Did/didn't ishlatilganda "ed" qo'yilmaydi, noto'g'ri fe'l 1-formatda yoziladi.



Share and join us
@Davlatjon_Uz
86 views05:04
Open / Comment
2021-08-28 08:03:17
Regular and Irregular verbs list

Share and join us
@Davlatjon_Uz
77 views05:03
Open / Comment