Get Mystery Box with random crypto!

EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

Logo of telegram channel everestofficial — EVEREST OFFICIAL 🏔🚀 E
Logo of telegram channel everestofficial — EVEREST OFFICIAL 🏔🚀
Channel address: @everestofficial
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.77K
Description from channel

🏔 EVEREST - Natija va ta'lim sifati bo'yicha O'zbekiston birinchi raqamli o'quv markazi!
🚀 2019, 2020, 2021 va 2022 Yil Brendi!🏆
🚀 Toshkentda 12 manzil: @everestmanzillari
🚀 Mock: @mockateverest
🚀 Kids: @everest_kids
🚀 Textbooks: @everesttextbooks

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


aripjonov_m
aripjonov_m

Everest is the best


The latest Messages 8

2023-04-29 05:23:30 https://t.me/everestjahontillari

Yangi manzilimizga uje qiziqayotgan bo'lsangiz linkka bosing! Men esa bir oz turib postlarni davom etaman! Hali hamma muhim gaplar va syurprizlar oldinda, azizlar! Ungacha tepadagi 3-4ta postni erinmasdan o'qing va hazm qilib turingizlar, XOOOOP! ;)
5.1K viewsedited  02:23
Open / Comment
2023-04-29 05:01:18 UCHINCHI SAVOL - previous post continued!

Ikkinchidan, biz EVEREST JAHON TILLARI manzilimizni barcha xozirgi va kelajakdagi yangi manzillarimiz va boshqa loyihalarimiz uchun kadrlar va ta'lim programmalari tayyorlab beruvchi hubga aylantirmoqchimiz, azizlar!

Boshqa loyihalar deganda esa, ochilajak yangi manzillar bilan bir qatorda EVEREST KIDS, EVEREST SCHOOLS, EVEREST UZBEKISTAN (viloyatlardagi manzillarimiz) va EVEREST UNIVERSITY loyihalari nazarda tutilmoqda!

Ushbu branch barcha manzil va loyihalarimiz uchun ishga jalb qilinayotgan yangi kadrlar malakasini oshirish, ularni bo'lajak poziciyalariga mukammal tayyorlash va hattoki ishlab turgan kadrlar malakasini oshirish kabi strategik muhim vazifani bajaradi! Va, aynan mana shu manzilda biz mavjud tizimni takomillashtiramiz va yaxlit kadrlar tayyorlash tizimini yaratib boramiz va EVEREST ta'lim programmasini muntazam yaxshilab boramiz, in shaa Alloh!

Hattoki, EVEREST PRINT ham aynan shu manzilimizda faoliyatini boshlaydi va to'liq tizimga tushadi, nasib! Sababi, EVEREST o'z darslarida foydalanayotgan kitoblar o'quv jarayonlariga neposredstvenno bog'liq bo'lgan doim!

Xullas, tajribali va yosh kadrlarimiz uchrashadigan, yangi kadrlar o'sib ulg'ayadigan, EVEREST yillik syllabusi shakllanadigan resarch labaratoriyaga aylantiramiz, Xudo xohlasa!

EVEREST kadrlar masalasida har doim yuksak natija qayd etgan o'z bitiruvchilariga tayangan va kelajakda ham bu mexanizm saqlanib qoladi! Bitiruvchilarimiz ustoz bo'lishlaridan oldin odatda suhbatdan o'tadilar, staff traininglarda qatnashadilar va apprenticeship programda ishtirok etadilar! Ustoz bo'lganlaridan so'ng esa xalqaro mutaxassislar tomonidan tashkil qilinadigan mahorat darslari va traininglarda muntazam qatnashadilar! Ushbu manzilimiz esa aynan shu mavjud tizimni keyingi levelga olib chiqish bilan shug'ullanadi!

P.S. Supergeroylar tarbiyalaydigan, ularga qurol-aslahalar tayyorlab beradigan, supergeroyskiy kostyum tikib beradigan va ular superpowerlarini to'g'ri napravit qilib beradigan afsonaviy manzilimiz bo'ladi, nasib!

Ishonavering, bunaqa tizim xozirda faqat EVERESTda mavjud i biz uni yanada kuchaytimoqchimiz! Qolganlar faqat ko'chadan kadr jalb qilish bilan ovvora, reklamalari aylanib yotadiku "Bizga siz keraksiz" degan, hehe! Bu eng katta kamchilik aslida, hamma tavakkal bilgan kuyini chalib yotadigan tizim u, orkestrni hech kim dirijirovat qilmaydi! Natija pastligi tugul, total chaosni keltirib chiqaradida e xullas unaqa qilish!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
5.0K viewsedited  02:01
Open / Comment
2023-04-29 04:11:33 UCHINCHI SAVOL - Nima uchun The Game Changer deb tahallus berdik ushbu manzilimizga?

Ushbu yangi branch 11 - EVEREST manzili bo'ladi va keyingi o'quv yili boshida ya'ni kelayotgan Sentyabr oyida Toshkent shaxrida 14 manzilda faoliyat yuritayotgan bo'lamiz, Xudo xohlasa! Xozirda uch yangi manzil aniq va ularda ta'mir ishlari ketmoqda, azizlar! Bu yangi manzillar haqida yoz oylari mobaynida batafsil bilib olasiz! ;)

Ammo, aynan EVEREST JAHON TILLARI manzilimiz bizga muhim strategik vazifalarni bajarishga va bozordagi pozitsiyamizni mustahkamlab olishimizga eng ko'p ko'maklashadi deb o'ylayman!

Ochiqchasiga aytadigan bo'lsak, shaxarning aynan shu tochkasidagi EVEREST faoliyati bizning biznes interesimizda har doim bo'lgan! U EVEREST visioni amalga oshishida muhim richag bo'lib xizmat qilishi kutilgan! Buni amalga oshirish uchun bizda hamma priemushestvolar bor bu ex-to'yxonada qurilgan gigant manzilimizda, xullas!

Birinchidan, EVERESTni bitirib IELTS 7.0+ achiever natija qayd etayotgan o'quvchilar soni ancha sezilarli tarzda ko'payadi! O'ylaymanki, Jahon Tillari Universiteti talabalariga sharoit yaratib bersak bo'ldi, ular bizni yuzlab yuksak natijalar bilan siylashadi, Xudo xohlasa! Ehtimol haddan ziyod ko'p ishonib yuborayotgan bo'lishim mumkinkuya, lekin ushbu universitet talabalari o'zi allaqachon yarim tayyor kadrlar chamamda, ozgina tolchok kerak xolos!

Aynan shu faktorni o'ziyam, konkurentlarimizni qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin sababi xozirni o'zida eng yaqin ta'qibchi ham bizdan to'rt barobar kam natija chiqarmoqda! Endi u farq 5-6 barobarga ko'tariladi va yaqqol sezilishni boshlaydi!

Xozirgi taktikalari ish bermay boshlaydi, xullas! Chunki, xozir "bizdayam natija bor, biz prosto mediada e'lon qilmaymiz!" yoki "IELTS natijalari uncha muhim emas, Ingliz tilini o'zi muhim!", "Mana bu tadbirchalar muhim, mana bu mashxur wasya bilan uchrashtiryapmizku seni, shunga xursand bo'l!" mazmunidagi message berishyapti publikalariga va ommadan real IELTS natijalari soni achinarli ahvolda ekanini xozircha yashira olmoqdalar yoki xalqni zablujdeniyega sola olishmoqda, afsuski!

Ushbu manzil chiqaradigan qo'shimcha natijalar, maskalarni ancha elaborate qilishlariga majbur qiladi, xullas! E maskalarni sindirib yuboradi, Xudo xohlasa! Hamma yavno biladigan bo'ladi aslida kim nechi pullik ekanligini, tushuniyapsizlarmi haloyiq!

(continued below)

O'zimga o'zim gapirib yotimman kimdir o'qiyaptimi o'zi rebyata!? ;)

@urokovkhurshid

P.S. Nimaga THE GAME CHANGER deb atayotganimiz tepmoqdami, o'rtoqLAR?!

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
4.3K viewsedited  01:11
Open / Comment
2023-04-29 03:30:42 IKKINCHI SAVOL - Nima uchun butun O'zbekistonimiz uchun manfaatli bo'ladi ushbu manzilimiz aynan shu lokaciyada ochilishi va keyingi faoliyati?

Jahon Tillari Universitetida barcha kurslar, fakultetlar, smenalar va ta'lim shakllarini hisobga olganda chamasi 24 000 nafar talaba xozirda tahsil olmoqda! Universitet oxirgi ikki yil ichida o'z talabalari sonini va sig'imini deyarli ikki barobarga oshirishga muvaffaq bo'ldi!

Ya'ni, xozirda ushbu universitetda tahsil olayotgan yosh kadrlarning chamasi 75%i oxirgi ikki-uch yil ichida qabul qilingan potenciali va ilm salohiyati yuqori bo'lgan yoshlardan iborat!

Eng muhimi, ushbu yoshlarimizning aksariyati, kamina kabi Respublikamiz viloyatlaridan, chekka-chekka tuman va qishloqlaridan poytaxtga kelib tahsil olmoqdalar! Ular oilasi va talabalarning o'zlari uchun ham bu ham moddiy, ham emotsional mashaqqatlar tug'diradi! Xullas, ular vaqtini uvol qilmay o'qishni bitirgunlariga qadar, avval IELTS imtihonlariga tayyorlash undan keyin esa agar ularda o'qituvchilikka qiziqish va qobiliyat bo'lsa IELTS instruktorlik sirlarini o'rgatish o'ta muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman!

Bor yo'g'i bir yildan keyin bizning sa'y-harakatlarimiz o'z mevasini bera boshlaydi, in shaa Alloh! Ya'ni, ushbu talabalarning aksariyati o'z viloyatlariga qaytib borib, olis manzillardagi IELTS imtihonlariga yoshlarni tayyorlash va umuman olganda Ingliz tilini o'rgatish jarayonlari saviyasini ko'taradilar!

Millatni turmush farovonligi, rivojlanishi va hattoki kundalik qilayotgan daromadida ham Ingliz tilini yaxshi bilishning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligi haqida esa ortiqcha va'z o'qib o'tirishning xojati yo'q menimcha!

P.S. Biz imenno strategik muhim ahamiyatga ega tochkaga borib, har tarflama qulay pozitsiyadan turib Jahon Tillari Universiteti talabalari saviyasiga hissa qo'shmoqchimiz va o'zimizda bor salohiyatni ularga yuqtirmoqchimiz, azizlar! Bir-ikki yil o'tib ular butun Respublikaga tarqalishadi va EVEREST ta'lim sifatini O'zbekistonimiz barcha hududlariga olib borishadi, Xudo xohlasa! Vatan-millatni birgalikda ko'taramiz, nasib!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
4.1K viewsedited  00:30
Open / Comment
2023-04-29 03:03:48
BIRINCHI SAVOL - Nega uzoq kutilgan va rejalashtirilgan? Aynan kim va nimaga eng uzoq kutgan ushbu manzilimizni?

Uzoq kutilgan manzil deganda biz eng avvalo EVEREST TEAM har bir a'zosi va shaxsan o'zimni nazarda tutmoqdamiz, azizlar!

Sir emaski, EVEREST jamoasi o'qituvchi sostavi asosiy qismini Jahon Tillari Universitetida Bakalavr yoki Magistr bosqichida xozirda tahsil olayotgan yoki ushbu dargohni bitirgan yosh o'g'il-qizlarimizdan iborat! Uzoq vaqt mobaynida bu jamoadoshlarimiz EVEREST ulashayotgan ilmga bu hududda katta talab bor ekanligini ta'kidlab kelishgan! Qolaversa, ushbu universitet talabalari katta qismi uchun mavjud manzillar uzoqlik qilayotgani va ular uchun qulaylik yaratishimiz kerakligi ta'kidlangan!

Kaminaga kelsak, garchi o'zim ushbu universitet bitiruvchisi bo'lmasamda, undagi muhitni yaxshi o'rganib chiqqanman!

Universitet kuchli va tajribali professor ustozlardan iborat jamoaga ega, va shu tufayli, darslar saviyasi va sifati yuksak darajada ekanligiga shubha yo'q! Bundan tashqari, o'tgan bir necha yillar mobaynida umuman olganda ta'lim tizimi va universitetlar qabuli jarayonlaridagi korrupciyaga barham berilganligi universitet talaba kontingentini ancha kuchaytirgan! Dostoyniy va ilmi kuchli o'quvchilardan iborat muhit shakllangan, xullas!

Ammo, tan olib aytishimiz lozimki, universitet o'z tahsil oluvchilariga aynan IELTS imtihonlariga tayyorgarlik yoki ularga yoshlarni tayyorlash bilan bog'liq bilim va yo'l-yo'riqni juda kam beradi!

Garchi davlat siyosati darajasida IELTS sertifikati mutahassislardan bugungi kunda talab qilinayotgan bo'lsada, afsuski, ushbu universitet IELTSga ega kadrlar va IELTS instruktorlarini tayyorlab berayotgani yo'q, xullas!

P.S. EVEREST esa Jahon Tillari Universiteti yonginasiga ushbu bo'shliqni to'ldirish va universitet talabalari bitirgunlarigacha IELTS sertifikatiga ega bo'lishlari va hattoki IELTS instruktori darajasida ilm olishlarida ko'maklashish uchun keldi, azizlar!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
4.3K viewsedited  00:03
Open / Comment
2023-04-29 01:53:31 Yuqoridagi postimizda ta'kidlangan asterikslar ortida quyidagi olti muhim savolning batafsil javoblari nazarda tutilgan edi, azizlar: 1) Nega uzoq kutilgan va rejalashtirilgan? Aynan kim va nimaga eng uzoq kutgan ushbu manzilimizni? 2) Nima uchun butun O'zbekistonimiz…
4.8K viewsedited  22:53
Open / Comment
2023-04-26 10:06:26
Sizu-biz uchun qadrli bo'lgan o'quv markazimiz ko'magingizga muhtoj! Vaqtni boy bermaylik! EVEREST uchun ovoz beraylik, azizlar!

Ovozni quyidagi bot yordamida berish mumkin:

@makon_brand_bot

Ushbu jarayon quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

Botni ishga tushirasiz;

"Telefon raqamingiz bilan o'rtoqlashing"ni bosasiz;

Sizga maxsus kodli sms keladi;

Kelgan kodni botga kiritasiz;

Sohalar ro'yhatidan "ta'lim" yo'nalishini tanlaysiz;

Nomzodlar bilan tanishuv paneli chiqadi; Unda EVERESTni tanlaganingiz bilan ovoz bergan hisoblanmaysiz!

EVEREST tugmasini bosgach, quyida joylashgan ovoz berish tugmachasini bosasiz! Ovoz berganingiz uchun minnatdorchilik olasiz va shunda sizning ovozingiz hisobga o'tadi, azizlar!

Ovozlar soni va ayni damdagi reytingni quyidagi link orqali kuzatib borish mumkin - bu EVEREST uchun bolet' qilib turishimiz uchun kerak bo'ladi :)!

https://marketing.uz/brend-goda-2022/uz/#result

Barcha ovoz berganlarga EVEREST TEAM nomidan rahmati kalonni kvadratini oldindan yo'llab qolamiz! ;)

MAKSIMUM REPOST, EVERESTERS AND THE TEAM!

P.S. It is time to awaken the MONSTER within us once again, ladies and gentlemen!

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
21.7K viewsedited  07:06
Open / Comment
2023-04-26 09:59:28
Tahsil oluvchi va bitiruvchi EVERESTERLAR mehri, jonkuyarligi, bizga bo'lgan ishonchi hamda ilm berish yo'lidagi bizning mashaqqatli mehnatimizni e'tirof etuvchi insonlar ko'magi bilan EVEREST YIL BRENDI maqomiga 2019, 2020 va 2021 yillar uchun ketma-ket tarzida erishib kelmoqda!

Bu ulkan yutuqlar uchun biz sizlarning barchangizdan minnatdormiz va buni faoliyatimiz rivojiga qo'shgan katta hissangiz deb hisoblashingiz kerak, azizlar!

Yuqoridagi suratlarda esa siz o'tgan uch yil mobaynida tashkil qilingan tanlovlar yakuniy natijalari va ovozlar reytinggini ko'rib turibsiz!

Endigi maqsadimiz esa 2022-yil uchun ham YIL BRENDI maqomiga ega bo'lish va yana bir yutuq bilan barchangizni quvontirish, azizlar!

P.S. Siz-u biz uchun qadrdon bo'lgan - EVEREST sha'nini yana bir bor himoya qilish vaqti keldi, do'stlar! Gazini bosish kerak endi buyog'iga, xullas ;)!

@makon_brand_bot

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
7.0K views06:59
Open / Comment
2023-04-26 09:46:28
Ushbu mukofot doirasida kutilayotgan tadbirlar va tashkiliy jarayonlar borasida ma'lumot berib o'tmoqchimiz:

1) Ovoz berish 2023-yil 10-Aprel soat 00:00dan 10-May soat 00:00gacha o‘tkaziladi.

2) Ovoz berish @makon_brand_bot telegram boti yordamida tashkil qilinadi;

3) Ovoz berish natijalari marketing.uz saytida real vaqt rejimida aks etadi. Quyidagi link orqali uni muntazam kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi:

https://marketing.uz/brend-goda-2022/uz/#result

4) G'oliblar 2023 yil 21-may kuni HAYATT REGENCY TASHKENT mehmonxonasida bo'lib o'tadigan "YIL BRENDI-2022" mukofotlarini topshirish marosimida e'lon qilinadi.

5) G'olib korxona rahbarlari yoki vakillariga mukofot va sertifikat taqdim etiladi va ularga omma oldida nutq so'zlashlariga va ommaviy axborot vositalari va ishtirokchilar savollariga javob berish imkoniyati beriladi!

6) G'oliblarga O'zbekiston Monopoliyaga Qarshi Kurash Qo'mitasi tomonidan maxsus YIL BRENDI rasmiy sertifikati va maqomi taqdim etiladi! Ishtirokchilarga YIL BRENDI maqomini o'z marketing kampaniyalarida keyingi yil ovoz berish natijalariga qadar foydalanish imkoniyati beriladi!

@makon_brand_bot

P.S. EVEREST needs your support NOW, my friends!

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
5.9K viewsedited  06:46
Open / Comment
2023-04-26 09:39:24
"YIL BRENDI" loyihasi Milliy Marketing Markazi va Respublika Monopoliyaga Qarshi Kurash Qo'mitasi hamkorligida mamlakatimizda har yili tashkil qilinadi! Joriy 2023-yilda esa o'tgan yilgi ya'ni 2022-yil brendi aniqlanadi!

Ushbu loyiha doirasida, on-line ovozga qo'yish yo'li bilan turli faoliyat kategoriyalarida mamlakatimizdagi yetakchi brendlar aniqlanadi!

G'olib bo'lgan brend yoki biznes o'z faoliyati doirasida eng ko'p ovoz to'plagan bo'lsa, siz suratda ko'rib turgan YIL BRENDI mukofoti va sertifikatini o'z faoliyati turi doirasida qabul qiladi va o'z yo'nalishida mamlakatimizda eng ilg'or deb e'tirof etiladi!

EVEREST uchun g'oliblik mukofotlar uchun emas, balki fidoiy jamoamizning juda katta mashaqqatli mehnatini samarisi sifatida kerak!

EVEREST faqat natija bilan maqtanadigan o'quv markazi va buni yana bir bor isbotlash vaqti keldi, azizlar!

@makon_brand_bot

P.S. EVEREST needs your support NOW, my friends!

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams
5.5K views06:39
Open / Comment