🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Halal Japan

Logo of telegram channel halaljapan — Halal Japan H
Logo of telegram channel halaljapan — Halal Japan
Channel address: @halaljapan
Categories: Religion
Language: English
Subscribers: 612
Description from channel

Halal gourmet Japan
Halal products
Halal Restaurants
Mosques
Nashidas
Facebook page: https://www.facebook.com/pg/japanhalal
Contact with us: @HalalJapanbot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 2

2020-11-14 09:06:12 ​​ Bilasizmi? No.42

Yaponiyada musulmon qabristonlarining yetishmasligi va dafn marosimi bilan bog’liq muammolar.

Yaponiyaga ishlash uchun kelayotganlar orasida musulmonlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Hozirgi kunda Yaponiyada istiqomat qilayotgan musulmonlar soni taxminan 200-300 ming kishi. Hamda ushbu musulmonlar uchun eng asosiy muammolardan biri bu-qabristonlarning yetishmasligidir.
Islom dini ta’limotiga ko’ra musulmon kishi vafotidan so’ng jasad qabrga qo’yiladi. Ammo ularni dafn etish uchun Yaponiyada qabristonlar soni cheklangan. Bundan tashqari musulmonlarning diniy urf odatlari yapon odatlaridan tubdan farq qilganligi sababli, mahalliy aholi orasida tushunmovchiliklarga sabab bo’lmoqda; va bu musulmonlar qabristonlari qurilishini qiyinlashtirmoqda. Bunga yaqqol dalil sifatida quyidagi muammoni keltirishimiz mumkin.

Mahalliy aholi qarshiligi sababli rejalarning ortga surilishi.

Tochigi prefekturasining Ashikaga shahrida 2008-2010-yillar oralig’ida musulmonlar qabristonini qurish rejalashtirilgan edi. Yaponiya Islom madaniy markazi(Tokio) Itakura hududida tog'laridagi yerlarni xavfsiz holatga keltirib, 500 ga yaqin jasadni dafn etish mumkin bo'lgan qabriston qurishga harakat qildi.
Yaponiyada dafn qilishni taqiqlovchi qonun yo'q va dafn etish usuli mahalliy hokimiyatning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Xo’sh unda muammo nimada?
Markaz mahalliy aholiga bir necha bor tushuntirish bergan bo'lsa-da, aholi qabriston qurilishiga qarshilik bildirdi. Jami 663 kishidan qabriston qurilishiga qarshi imzo to’planib hukumatga topshirilgandan so’ng, hukumat "qurilish aholining roziligini olgandan keyin amalga oshirilishi kerak" deya markazga xabar yo’lladi. Shundan so’ng qurilish rejasi amalga oshmay qoldi. 
Mahalliy aholining noroziligiga asosiy sabab, Itakura shahri tog'li hudud bo'lib, u yerda azaldan mahalliy aholi istiqomat qilib keladi. Bundan tashqari, o’zlariga yot bo’lgan dafn marosimlarini o’tkazish xavotirlarga sabab bo’lmoqda.
Ilgari Yaponiyada ham dafn qilish odatiy hol edi, ammo endi vaziyat butunlay o'zgargani aytiladi. Sog'liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2017-yildagi statistik ma'lumotlariga ko'ra, qariyb 99.97% holatda jasad kuydiriladi. 
Musulmonlar qabristoni qurilishi rejalashtirilgan hudud yaqinida yashovchi 60 yoshdan oshgan ayol mahalliy aholi o’sha vaqtda nega qabriston qurulishiga norozilik bildirganini quyidagicha izohladi. "Yaqin Sharqda terror sodir bo’layotgani sababli Islomga nisbatan qo’rqinch hissi bilan qarash shakllanib qolgan edi. Men ko'mish urf-odat ekanligini tushunaman, ammo bunday sokin joyda qabriston qurib, keyinchalik uni kengaytirishni xohlamayman”. 
O'shandan beri qabriston qurish rejasi qayta tiklanmadi va oppozitsiya harakati ancha susaymoqda. Qurilishi rejalashtirilgan tog’ etagiga osib qo'yilgan qurilishga qarshi ko'plab belgilar hozirda deyarli olib tashlangan. 
Yaponiya Islom madaniyati markazining ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi paytda Yaponiyada musulmonlar uchun mo’ljallangan yettita qabriston mavjud. Qabriston qurish uchun bo’sh joylar hali ham mavjud. Lekin mahalliy aholi orasida norozilik va tarafkashlik hali ham davom etmoqda. Bundan tashqari, qabriston soni cheklanganligi bois, mayyitni uzoq joydan qabristongacha olib borish kerak bo'ladi va bu har doim jasadlarga zarar yetkazish xavfini tug’dirishdan tashqari, transport harajatlarini ham oshirmoqda.
Shu sababli Yaponiyaning barcha hududlarida musulmon qabristonlarini qurish maqsadga muvofiqdir. Ammo madaniyatlar o’rtasidagi farq va mahalliy aholining roziligini olish qiyinligi sababli ushbu muammolar haligacha o’z yechimini topa olmayotgani aytilmoqda. Yaponiyada musulmonlar soni tobora ko'payib borayotganligi va kelajakda qabristonlarning tanqislik muammosi yanada jiddiylashishi mumkinligi to’g’risida markaz o’z xavotirlarini bildirmoqda. 
 

#Bilasizmi

Yaponiya haqida faktlar kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
935 views06:06
Open / Comment
2020-09-24 12:18:47 ​​Onigiri (おにぎり)

Onigiri – Yaponiyada mashhur yengil tamaddilardan biridir. Onigiri yaponlar uchun xuddi amerikaliklar uchun hotdog, inglizlar uchun esa sendvich kabidir. Uning tarixi eramizdan avvalgi III asrga borib taqaladi. 1987 yili Ishikava prefekturasidagi xarobalarni qazish paytida arxeologlar yoshi 2000 yilga teng guruch bolagini topib oladilar. Shundan kelib chiqib mutaxassislar eng birinchi onigiri Yayoy davriga (e.a. III asr) tegishli deb hisoblashadi. Arxeologlar fikriga ko'ra, u davrda odamlar guruchni hozirgidek qaynatib emas, balki qovurib va dimlab, bambuk yaproqlariga orab istemol qilishgan deb hisoblashadi.

To’yimli va mazali bo’lgan onigirining Yaponiya oziq ovqat dokonlarida turli xillari mavjud: har xil turdagi baliq goshti bilan, baliq ikrasi bilan, mayonez va baliqli, tuxumli, sabzavotli, joxorili,... va ho kazo.

Bu taomni tayyorlash juda oson va tez. Shuning uchun yapon bekalari bento sifatida onigirini ko’p tayyor-lashadi.
Onigiri tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar:
- pishgan guruch;
- xohlagan turdagi tozalangan baliq go’shti;
- Nori varaqlari (nori - suv o’tidan quritib tayyorlangan maxsus varaqlari;
-(Xohishga qarab makka jo’xori, bodring bo’lakchalari, rayhonning quritib maydalangani, guruchli taomlar uchun sepib yeyiladigan qo’shimchalar bilan ham tayyorlab ko’rsa bo’ladi).

Biror to’rtburchak yoki uchburchak shakldagi idishcha (rasmda maxsus onigiri tayyorlashda qo’llaniladigan idishcha, lekin xohlagan kichikroq turdagi to’rtburchak idishdan ham foydalansa bo’ladi. Misol uchun kichik konteynerlardan).
Onigiri yasaydigan idishga avval ozroq guruch solinadi. O’rtasiga tozalangan baliqni, ustidan yana guruch solib, qopqog’ini yopib bosiladi. Orqa tarafini o’girib likopchaga sekin tushiriladi. Tayyor onigirini nori bn o’rab yeyiladi.(Bu jarayonni maxsus qoliplarsiz, qo’lda ham bajarsa bo’ladi).

Onigiri turli joylarda turlicha nomlanishi mumkin. Misol uchun Kanto-Tokaydo viloyatida onigirini omusubu (おむすび) yoki nigirimesi (握り飯) deb ham nomlashadi. Lekin bu sozlar bir biridan farq qiladi. Misol uchun omusubu guruchli uchburchak bolib, tog shaklini eslatadi.
Onigiri esa nafaqat uchburchak shaklda balki boshqa korinishda ham bolishi mumkin. Nigirimesi (握る) “nigiru” felidan olingan bolib “siqmoq” manosini beradi va onigiri tayyorlanish jarayonini izohlaydi.

Yaponiyaning 100¥ do'konlarida (Daiso, Seria) onigiri yasash uchun turli xil qoliplar mavjud. Bundan tashqari nori varaqlarini har xil shaklda kesish uchun va onigirini bezatish uchun turli xildagi kesuvchi qolipchalardan ham qo'llaniladi.

#YaponOshxonasi
#Onigiri
#QiziqarliYaponiya
#YaponiyaSadosi

Yaponiya haqida foydali ma'lumotlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
1.4K views09:18
Open / Comment
2020-09-11 10:17:04
Faqat Yaponlarga xos boʻlgan madaniyat

Yaponlarning ovqatlanishdan oldin "itadakimasu" deb aytishi haqida koʻpchilik eshitgan boʻlsa kerak.

Xoʻsh buning maʼnosi nima?
Musulmonlar va xristianlarning ovqatlanishdan oldin aytadigan Yaratganga minnatdorchilik bildiradigan soʻzlaridan qanday farq qiladi?

Ovqatlanishdan oldin "men buni olaman" yaʼni "itadakimasu" deyish aslida Yaponiyaga xos madaniyatdir. Yaponlar "Itadakimasu" deb aytish orqali, taomni tayyorlagan odamlarga, taom tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlarga va mahsulotlarni yetishtirgan odamlarga nisbatan oʻz minnatdorchiligini bildirish uchun aytishar ekan.

Musulmonlar va xristianlarning taomlanishdan oldin aytadigan gaplari Yaponlarning "itadakimasu" deb aytishidan farq qilib, bu orqali musulmonlar va xristianlar Xudoga minnatdorchilik bildiradilar.


#QiziqarliYaponiya
#Bilasizmi
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli ma'lumotlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
1.3K views07:17
Open / Comment
2020-09-07 06:48:34 ​​ JLPT test sinovining kuni va unga hujjat topshirish muddati aniq bo’ldi.

Yapon tilidan qobiliyat sinovi (JLPT-日本語能力試験) kuni aniq bo’ldi. 2020 yil 6-Dekabr kuni butun Yaponiya bo’ylab va dunyoning ko’plab shaharlarida bo’lib o’tadi. Albatta, COVID-19 tufayli chet elda o’tkazilmaydigan joylar borligi ham rad etilgani yo’q. Aytish kerakki, bu yilning 5-Iyul kunida o’tishi kutilgan 1- JLPT imtihoni COVID-19 tufayli bekor qilingan. Tabiiy ravishda, 6-Dekabr kunida o’tkaziladigan obro’si baland bu imtihonga topshiruvchilarning har yilgidan ham ko’p bo’lishi kutilmoqda.

Diqqat qiling, hujjat topshirish muddatlari 2020 yil 4-17 Sentabr kunlaridir. Imtihon tashkilotchilari pandemiya tufayli Yaponiya ichidagi ba’zi shaharlarda imtihon joylari o’zgarishi yoinki imtihonning butunlay bekor qilinishini ham inkor etishgani yo’q. Shu sababli, ushbu imtihonda qatnashuvchi yurtimiz vakillaridan JLPT rasmiy web sahifasini doimo kuzatib borishlarini so’raymiz.

#JLPT
#YaponiyaSadosi
#YaponTili

Yaponiya yangiliklari kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
1.1K views03:48
Open / Comment
2020-09-01 11:02:45 Yaponiya haqida tezkor yangiliklar endi o'zbek tilida o'qish mumkin!

Kanalni tavsiya qilamiz

https://t.me/yaponiya_sadosi
1.3K views08:02
Open / Comment
2020-08-12 12:17:57 Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Seven elevenning ushbu maxsulotlari musulmonlar uchun OK, Inshaallah! AJMA Halal guruhi tomonidan tekshirilgan!

Kanalimizni Yaponiyada yashovchi yaqinlaringizga tavsiya qiling!

Halal Japan kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAE0vRTCBPWznb2XPkg
2.0K viewsedited  09:17
Open / Comment
2020-08-12 12:17:51
1.3K views09:17
Open / Comment
2020-08-12 12:17:48
1.3K views09:17
Open / Comment