Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida so'zlashish

Logo of telegram channel ingiliz_tilida_s — Ingliz tilida so'zlashish I
Logo of telegram channel ingiliz_tilida_s — Ingliz tilida so'zlashish
Channel address: @ingiliz_tilida_s
Categories: Languages
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 24.63K
Description from channel

✏ Ingliz rus ozbek tilida kundalik sozlar
🎧 Audio va matnli mavzular
📚 Eng sara kitoblar
😀 IELTS
🎶 Qoshiqlar matni bilan
✔ Abiturent testlar
Creator: @Aloqa_admin1_bot
Admin: @smart2644
Reklama @rek_info

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 7

2023-03-24 16:17:52
Qarang, bugun havo juda ham issiq bo'lyapti

Знаете, сегодня очень жарко

You know, it's awfully hot today


@ingiliz_tilida_s
711 views13:17
Open / Comment
2023-03-23 15:04:37 Answer by Simon

The first picture shows the layout of an art gallery, and the second shows some proposed changes to the gallery space.

It is clear that significant changes will be made in terms of the use of floor space in the gallery. There will be a completely new entrance and more space for exhibitions.

At present, visitors enter the gallery through doors which lead into a lobby. However, the plan is to move the entrance to the Parkinson Court side of the building, and visitors will walk straight into the exhibition area. In place of the lobby and office areas, which are shown on the existing plan, the new gallery plan shows an education area and a small storage area.

The permanent exhibition space in the redeveloped gallery will be about twice as large as it is now because it will occupy the area that is now used for temporary exhibitions. There will also be a new room for special exhibitions. This room is shown in red on the existing plan and is not currently part of the gallery.

@ingiliz_tilida_s
1.7K views12:04
Open / Comment
2023-03-23 15:04:29
Writing Task 1

You should spend about twenty minutes on this task

The diagrams below are existing and proposed floor plans for the
redevelopment of an art gallery.

Write at least 150 words

@ingiliz_tilida_s
1.6K views12:04
Open / Comment
2023-03-23 13:59:01 ​Welcome!

Yupiterga xush kelibsiz, xalq.
Ko'p narsa va'da qilmayman, lekin 1 yarim yillik yozilgan postlar orasidan bitta bo'lsa ham foydalisini, o'zingizga tegishlisini topasiz degan umiddaman.
Bu yerda academic, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi rasmiy va zerikarli postlar bo'lmaydi, grantlar haqida ham yozmayman, chet elga o'qishga ham jo'natmayman, IELTS haqida ham yozmayman. Bu yerda erkinman birmuncha, qolipga sig'magan mavzular shu yerda aralash.

Quyida bir nechta postlarga havola berib o'taman:

Men haqimda bilmoqchi bo'lsangiz

Til o'rganish uchun manbalar izlayotgan bo'lsangiz

Xato qilishdan qo'rqsangiz

Yaqinda blog yuritishni boshlagan bo'lsangiz yoki endi boshlamoqchi bo'lsangiz

Hayotingizda ko'p kerak bo'ladigan maslahatlarga muhtoj bo'lsangiz

Yolg'onni aniqlash usullari haqida bilmoqchi bo'lsangiz

Nutq so'zlashga qiynalsangiz

Hammamiz his qiladigan, lekin tushuntirib berolmaydigan emotsiyalar haqida bilmqochi bo'lsangiz

Meni o'zgartirgan kitob, siz ham o'zgarishni istasangiz

Xoxish va majburiyatlaringiz o'rtasida qolib ketgan bo'lsangiz

Dangasalikdan qiynalsangiz, qat'iyatingiz biroz yetishmasa

Tegishli emaslik hissini tuysangiz

Taslim bo'lishingizga bir qadam qolganida

O'zingizni bekor qolib ketgandek his qilsangiz

Til o'rganish uchun manbalar, 2-qism

Haqiqatdan ham hayratlanarli psixologik faktlarni bilmoqchi bo'lsangiz

30-kunlik shaxsiy rivojlanish uchun planner kerak bo'lsa

Depressiya haqida ma'lumotga ega bo'moqchi bo'lsangiz

O'zim tuzgan va odamlarga 3 haftada 6.0 dan 7.0 ga chiqishiga yordam bergan IELTS uchun weekly self-study planner.

Shaxsiy rivojlanish uchun ultimate maslahatlar qidirayotgan bo'lsangiz

Shunchaki hayotingizda as qotadigan tavsiyalarni izlayotgan bo'lsangiz

Qolganlarini o'zingiz topib olasiz)

Hammaga ulashing.

@yupiterlik
1.9K views10:59
Open / Comment
2023-03-21 20:13:00 FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 21.03.2023 yil, Toshkent vaqti bilan 21:47 da (21.03.2023 yil, Grinvich bo'yicha 16:47 da) Аfg'onistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=6,6. Chuqurlik 220 km. Zilzila episentri Toshkentdan 561 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 5-6 ball, 342 km.
Farg'ona viloyatida 5 ball, 447 km.
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 493 km.
Jizzax viloyatida 5 ball, 496 km.
Andijon viloyatida 5 ball, 500 km.
Samarqand viloyatida 5 ball, 504 km.
Namangan viloyatida 5 ball, 514 km.
Qashqadaryo viloyatida 5 ball, 532 km.
Toshkent shahrida 5 ball, 561 km.
Navoiy viloyatida 5 ball, 639 km.
Buxoro viloyatida 5 ball, 684 km.
Xorazm viloyatida 4-5 ball, 1060 km.
Qoraqalpog'iston Respublikasida 4 ball, 1184 km.


@ingiliz_tilida_s
2.6K views17:13
Open / Comment
2023-03-21 19:45:24 LUCK AND MISFORTUNE.
УДАЧА И НЕУДАЧА.
OMAD va OMADSIZLIK.

You're lucky.
Вам везет.
Omadlisiz.

You're in luck.
Вам повезло.
Omadingiz keldi.

Lucky dog!
Счастливец!
Omadlisiz-a!

Lucky dog you are!
Ну и везет же тебе!
Rosa omadingiz keldi!

What a stroke of luck!
Вот это удача!
Buni omad desa bo'ladi. Ana sizga omad!

I want to try my fortune.
Я хочу попытать счастья.
O'z omadimni sinab ko'rmoqchiman.

One success after another.
За успехом следовал успех.
Omad ketidan omad.

Some people have all the luck!
Везет же людям!
Odamlarning omadi keladi-da!


@ingiliz_tilida_s
2.6K viewsSevinch , 16:45
Open / Comment
2023-03-21 18:46:13
Ingliz tili sizga nima beradi?

Til sertifikatini olib, chet el yoki mahalliy TOP universitetlarda grant yuta olasiz;
Bitirib gigant kompaniyalarda ishlay olasiz;
Va yaxshi HAYOT!

Uning uchun sizga ishonchli General English kursi kerak. “EduWeb” bunda sizga yordam berishga tayyor!

— jonli, Zoom darslar;
IELTS 7 va undan yuqori ustozlar;
— haftada 3 kun, yakshanba bonus darslar.

22-martgacha bepul sinov darsiga ro’yxatdan o’ting va foydali kitobchani sovg’a tariqasida qo'lga kiriting!

Ro'yxatdan o'tish: www.eduweb.uz

@EduWeb_online
2.8K viewsReklama menejeri, 15:46
Open / Comment
2023-03-18 18:30:46 ​​​​​​​​​​

​​​Present Continuous — Hozirgi davomli zamon

Xayrli kun, azizlar!
Bugun sizlar bilan ingliz tilidagi davomli zamonlarni o'rganishni boshlaymiz.

Present Continuous — so’zlovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi.

Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan:

Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman);

Temur futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Temurning futbol o’ynashi davom etib turibdi);

Biz suhbatlashayapmiz (suhbatlashishimiz hozirgi vaqtda davom etib turibdi).

"Present Continuous" darak shaklining yasalishi

Hozirgi davomli zamonning darak shakli to be yordamchi fe'lining hozirgi zamon shakllari (am, is, are) va -ing qo'shimchasini o'ziga olgan fe'l orqali yasaladi. Formuladagi ko'rinishi:

EGA+TO BE+FE’L+ING
ya'ni
I am + fe'l + V ing
He/She/It is + fe'l + V ing
They/We/You are + fe'l+ V ing

Misollar:
Temur is playing football – Temur futbol o’ynayapti.

(Bu yerda «Temur»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)

Boshqa misollar

I am reading a book
- Men kitob o’qiyapman.

I am speaking now
- Men hozir gapiryapman.

She is speaking now
- U hozir gapiryapti.

We are speaking now
- Biz hozir gapiryapmiz.

They are speaking now
- Ular hozir gapiryaptilar.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlayabman.
U kino ko'ryabdi.
Biz ovqatlanyabmiz.
Siz eshityabsiz.
Ular (piyoda) sayr qilishyabdi.


@ingiliz_tilida_s
1.0K viewsSevinch , 15:30
Open / Comment
2023-03-18 17:59:01ERTAGA ONLAYN TEST! YUTUQ: 700 MING SO'M!

Ertaga, 19-mart kuni Oliygoh.uz platformasida barcha fanlardan Respublika miqyosidagi 33-DIAGNOSTIK IMTIHON bo'lib o'tadi.

Onlayn imtihon Davlat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasida 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Ishtirok etish bepul!
Imtihonda ishtirok etish

Sovrin: 700 ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Imtihon afzalliklari:

Pul yutib olish imkoniyati;
Davlat standartidagi savollar;
Barcha fanlardan blok test
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Test yakunida maxsus sertifikat
To'g'ri javoblar tahlili kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Eng muhimi, imtihon yakunlangandan keyin natijalar hamda javoblar platformada umumiy mandat shaklida e'lon qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar qaysi oliygohga kirishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlarga ega bo'lishadi.

Testda ishtirok etish:
@OLIYGOH_TEST_BOT
@OLIYGOH_TEST_BOT
1.3K viewsReklama menejeri, 14:59
Open / Comment
2023-03-14 19:45:44 Dars #1 Ingliz tilida zamon tushunchasi

Dunyodagi deyarli barcha tillarda zamon kategoriyasi mavjud.
Ingliz tilida zamon tushunchasi “tense” atamasi bilan ifodalanadi.
Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon quyidagicha izohlangan:

tense – a form of verb used for showing when something happens. For example, ‘I goʻ is the present tense and ‘I went’ is the past tense.
Ya'ni, zamon- bu biror ish-harakatning qachon sodir boʻlganligini koʻrsatadigan fe’l shaklidir, Masalan “Men boraman” - bu hozirgi zamon, “Men bordim” esa oʻtgan zamondir.
Demak, zamon ish-harakatning qachon bajaril(ayot)ganligi nazarda tutadi.

Xulosa: Ish-harakat qachon bajarilayotganligi yoki bajarilganligiga qarab oʻzimizga kerak boʻlgan grammatik qoliplarni (zamonlar shakli) tanlaymiz.

Ingliz tilida zamonlar 4 ta katta guruhga boʻlinib oʻrganiladi:
Present Tenses: (Hozirgi zamonlar guruhi):
Present Continuous Tense
Present Simple Tense
Present Perfect Tense
Present Perfect Continuous Tense

Past Tenses (Oʻtgan zamonlar guruhi):
Past Continuous Tense
Past Simple Tense
Past Perfect Tense
Past Perfect Continuous Tense

Future Tenses (Kelasi zamonlar guruhi):
Future Continuous Tense
Future Simple Tense
Future Perfect Tense
Future Perfect Continuous Tense

Future in the Past Tenses (Oʻtgan kelasi zamonlar guruhi)
Future Continuous in the Past Tense
Future Simple in the Past Tense
Future Perfect in the Past Tense
Future Perfect Continuous in the Past Tense

E’tibor bergan boʻlsangiz, har bir zamon guruhidagi zamonlarda harakatning qay tarzda bajarilishini ifodalashda umumiylik mavjud:

continuous – davomiy zamonlarda ish-harakatning davomiyligi ta'kidlanadi.
I am working – Men ishlayapman. (Present continuous)
I was working - Men ishlayotgan edim. (Past continuous)
I will be working - Men ishlayotgan bo'laman. (Future continuous)

simple- oddiy zamonlarda ish-harakatning sodir boʻlishi yoki boʻlganligi ta'kidlanadi.
I work every day– Men har kuni ishlayman. (Present simple)
I worked yesterday - Men kecha ishladim.(Past simple)
I will work tomorrow - Men ertaga ishlayman. (Future simple)

perfect – tugallangan oddiy zamonlarda ish-harakatning tugallanganligi va natijasi mavjudligi ta'kidlanadi.
I have finished the book – Men kitobni tugatdim. (Present perfect)
I had finished the book - Men kitobni tugatgan edim.(Past perfect)
I will have finished the book - Men kitobni tugatgan bo'laman. (Future perfect)

perfect continuous – tugallangan davomiy zamonlarda ish-harakatning qancha muddat davom etganligi ta'kidlanadi.
I have been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayapman.(Present perfect continuous)
I had been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayotgan edim. (Past perfect continuous)
I will have been working for four hours – Men toʻrt soatdan beri ishlayayotgan bo'laman.(Future perfect continuous)

@ingiliz_tilida_s
1.2K viewsSevinch , 16:45
Open / Comment