Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal

Logo of telegram channel pharmi_uz — Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal T
Logo of telegram channel pharmi_uz — Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal
Channel address: @pharmi_uz
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 1.75K
Description from channel

Toshkent farmatsevtika instituti veb-saytining rasmiy telegram kanali
🌎 www.pharmi.uz
🌎 facebook.com/TFI1937
🌎 twitter.com/TFI1937
🌎 instagram.com/TFI1937
🌎 @pharmiUz_Bot
📬 info@pharmi.uz
☎️ (71) 256-37-38
📍 100015, Toshkent sh., Oybek ko‘chasi, 45

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


The latest Messages 2

2021-08-15 08:34:06 Sirtqida o‘qiydiganlar ham ta’lim kreditini olsa bo‘ladimi?

Savol:
Men ta’limning sirtqi shaklida o‘qiyman. Men ham ta’lim kreditini olsam bo‘ladimi?

Javob:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun taʼlim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bunda, ta'limning sirtqi, kechki shakllarida va ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladigan talabalar yoki xorijiy davlatlar fuqarolari nazarda tutilmagan.

Manba: edu.uz

@pharmi_uz
913 views05:34
Open / Comment
2021-08-07 19:08:21
#Diqqat_elon

Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi va Kosmetsevtika bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari bitiruvchilarini Farmatsiya bakalavriat taʼlim yoʼnalishi boʼyicha qayta tayyorlov kurslariga qabul boshlanganligini va ushbu jarayon 2021 yil 6 avgustdan 21 avgustga qadar davom etishini maʼlum qilamiz.

Аrizalar www.pharmi.uz. saytidagi “Qabul–2021” rukni orqali onlayn qabul qilinadi.

Kirish sinovlari yozma ish shaklida quyidagi fanlardan oʼtkaziladi:

- Farmatsevtik texnologiya;
- Farmatsevtik kimyo;
- Farmakognoziya;
- Farmakologiya.

Imtihon biletlarida har bir fandan 1 tadan savol boʼladi (jami 4 ta savol). Har bir savolga maksimal 25 balldan beriladi. Talabgor yigʼishi mumkin boʼlgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.

Imtihon bileti savollariga javob yozishga 120 minut vaqt ajratiladi.

Kirish sinovlarida 55 balldan kam toʼplaganlar kursga qabul qilinmaydi.

@pharmi_uz
14.8K views16:08
Open / Comment
2021-07-20 13:32:24
Аssalomu alaykum aziz va hurmatli doʼstlar, hamkasblar, qadrli talabalar! Barchangizga ulugʼ va muqaddas bayram – Qurbon hayit muborak boʼlsin!

Dunyo musulmonlarining eng aziz bayrami munosabati bilan sizga va siz orqali barcha oila aʼzolaringizga, butun vatandoshlarimiz xonadoniga qut-baraka, sogʼliq-salomatlik va tinchlik – xotirjamlik tilab qolaman.

Tez orada, bir yildan ortiq vaqt mobaynida barchamizni tashvishga solib kelayotgan koronavirus kasalligini butkul yengib o'tib, barchamiz sog'-salomatlik, tinchlik-hotirjamlikda o'z mehnatlarimiz orqali yurtimiz ravnaqi yo'lida munosib hissamizni qo'shib yuraylik! Ushbu tabbaruk ayyom bilan barchangizni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!!

Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d., K.S.Rizayev!!
@pharmi_uz
1.0K views10:32
Open / Comment
2021-07-06 10:30:18
​#Қабул_2021 |#Абитуриентлар_диққатига |#Магистратура

Диққат, магистратурага қабул бошланди!

2021 йил 5 июлдан Республика ОТМ магистратура мутахассисликларига қабул қилиш учун ҳужжатларни онлайн рўйхатдан ўтказиш жараёни бошланди.

2021/2022 ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига ўқишга кириш учун ҳужжатларни топшириш жараёни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий http://magistr.edu.uz веб-сайти орқали амалга оширилади.

Эслатма:

Магистратурага қабул имтиҳонлари икки босқичда, мутахассислик фанидан ОТМ томонидан белгиланган тартиб бўйича ва чет тили фанидан ДТМ томонидан тест ўтказиш орқали Ўзбекистон Республикаси Президенти қарори билан тасдиқланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади.
edi.uz

@pharmi_uz
1.1K views07:30
Open / Comment
2021-07-06 07:51:21 #Қабул_2021 |#Абитуриентлар_диққатига

2021/2022 ўқув йилига эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар учун ОТМга ажратиладиган давлат грантлари сони ҳудудлар кесимида тасдиқланди

Унга кўра, тавсияномага эга бўлган хотин-қизлар учун бакалавриатнинг кундузги таълим шакли бўйича 2 000 та қўшимча грант ўринлари ажратилди.

Шунингдек, тавсияномага эга хотин-қизларга рўйхатдан ўтиш жараёнида танланган бакалавриат таълим йўналишлари устуворлигига қараб дастлаб давлат гранти, кейинчалик тўлов-контракт асосида танловда иштирок этиш бўйича қўшимча имконият берилади.

@pharmi_uz
1.0K views04:51
Open / Comment
2021-05-13 04:08:55
Hurmatli institutimiz jamoasi!
Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.
Siz azizlarni va yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlarni, qolaversa butun xalqimizni Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati

@pharmi_uz
1.5K views01:08
Open / Comment
2021-02-04 14:28:07
Фармацевтика институти қошида янги Ўқув тажриба ишлаб чиқариш маркази очилгани ҳақида хабар берган эдик.

Саноат корхоналарига етук мутахассис кадрларни тайёрлаш, доривор ўсимликлар етиштириш ва қайта ишлашни янада ривожлантириш учун қулай муҳит яратиш, соҳанинг экспорт салоҳиятини ошириш, шунингдек, таълим, илм-фан ва ишлаб чиқариш жараёнларини интеграциялаш мақсадида яратилган мазкур комплекс очилиш маросимидан тасвирга олинган лавҳаларни эътиборингиз ҳавола этамиз.

#Highlights

Биз ижтимоий тармоқларда
:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
12.9K views , 11:28
Open / Comment
2021-02-04 10:21:19
Тошкент фармацевтика институти ўқув-тажриба ишлаб чиқариш комплексининг очилиш маросими бўлиб ўтди

Батафсил: https://human.uz/site/inner/9891

Каналга уланинг: @humanuzofficial
11.7K views , 07:21
Open / Comment